+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Telefon va internet ishlamaydigan qishloq

Hazrati Sulton cho'qqisi etagida joylashgan Kitob tumanidagi olis tog'li Shut qishlog'i tarixi Turon podshosi Afrosiyob yoki Alp er To'nga, makedoniyalik Iskandar, Hazrati Sulton va Muqanna nomlari bilan bog'lanadi. Tarixchilarning fikricha bu yerlar qadimda Sug'd davlatining asosiy strategik ahamiyatga ega hududlaridan biri bo'lgan. Qishloq Kitob tumanining eng olis aholi maskani hisoblanadi. Manzil tuman markazidan 105 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bu yerda mobil telefon va internet ishlamaydi.       
Jamiyat
1017 13:47 | 06.11.2025 13:47

Afrosiyobdan Hazrati Sultongacha


Bizga shu yerlik Qurbonqul Salomov hamroh bo'ldi. U 2013 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan, qishloqdagi birinchi oliy ma'lumotga ega inson. U ona tili va adabiyotdan dars beradi.


Qurbonqul Salomovning qishloq keksalaridan o'tib kelayotgan gap-so'zlarga tayanib ta'kidlashicha, hududda taxminan IX asrlarda ikkita bozor, hunarmandchilik ustaxonasi bo'lgan. Ayni paytda ustaxonaning qoldiqlari bor. Qishloqda ko'l bo'lgan va odamlar qo'shni Panjikent, Kesh hatto Samarqanddan kelishib, qayiqlarda savdo qilishgan.


Bu kabi ma'lumotlar tildan tilga o'z-o'zidan o'tib kelmaydi. Biz ham Qurbonqul Salomovning gaplari qanchalik haqiqatga yaqin ekanini o'rganish maqsadida tarixchi olim Ahmad Shorievning “Hazrati Sulton tarixi” kitobini varaqlaymiz. Kitobda asosan Shahrisabz tumanining olis tog'li Ko'l qishlog'ining tarixi haqida so'z boradi. Biroq uning ichida Shut haqida ham ma'lumotlarga duch keldik. Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, Shut va Ko'l qishloqlari bir-biriga yonma-yon joylashgan va u yerda ham G'ut g'ori bor. mahalliy aholi uni Afrosiyob g'ori deb ataydi. Ko'lliklarning tilida yurgan qadimiy rivoyatga ko'ra ushbu g'or Afrosiyob tomonidan zindon vazifasini o'tashi uchun insonlar qo'li bilan bunyod etilgan. G'or og'zi katta harsang tosh bilan yopilgan. Ushbu tosh hozirgacha saqlanadi. Qishloq o'rni ko'l bo'lgan. Qishloqni Samarqand bilan bog'lab turuvchi 70 chaqirimli yo'l hali ham mavjud. U Shut va Panjikent orqali o'tgan. Otda bir kunlik masofani tashkil etgan ushbu yo'lning asosiy qismi ayni paytda Tojikiston Respublikasi hududida qolgani uchun qatnov to'xtaligan. Olimning ta'kidlashicha, Kitob tumanining Shut, Aspido'xtar, Matmon, Shahrisabz tumanining Ko'l va G'elon qishloqlari Turon davlati uchun ahamiyatga ega hududlardan bo'lgan.


Qolaversa, makedoniyalik Aleksandr ham Turonzamin hududlariga bostirib kirgani tarixdan ma'lum. U Kitob tumanidagi Qalandartepada to'xtaydi. Hazrati Sulton cho'qqisi o'sha paytlarda Tavba tog'i deb atalgan va Sug'd davlatining muqaddas qadamjosi bo'lgan. Iskandarga taslim bo'lishdan bosh tortgan Sug'd podshosi ushbu cho'qqiga qochib chiqqan va “Agar askarlaring uchar bo'lsa, bizni zabt etsin”, deya xitob qilgan. Bu xabarni olgach, makedoniyalik Iskandar biroz tin olib qo'shinlarini ikki qismga bo'ladi. Bir qismi G'elon darasi bo'ylab, bir qismi esa Palandara, so'ng Matmon orqali Shut qishlog'iga boradi va tongga yaqin 300 nafar tajribali askarlari cho'qqini zabt etadi.


Kitobda keltirilishicha, Shut qishlog'ida Xoliqdod deb ataluvchi joy bor. Hazrati Imom Husaynning boshini olib qochgan Hazrati Sulton otaning so'nggi janggi shu yerda bo'lib o'tgan. U kishi Tavba tog'iga chiqib ketgan va cho'qqining tepasiga Hazrati Imom Husaynning boshini dafn etgan va shu yerni maskan tutgan. Shundan so'ng bu cho'qqi Hazrati Sulton ota nomi bilan atala boshlagan. Ayni paytda Shut qishlog'ida Hazrati Sulton otaning akasi Abu Darda hamda Abu Zarif G'afforiylarning qabrlari bor. Ushbu ziyoratgohlar mahalliy aholi tomonidan obodonlashtirilgan.


Tarixiy qishloqning buguni


Tarixi qadimiy bo'lgan bu qishloq aholisi ko'p bora pastki hududlarga ko'chib o'tgan. Qishloqni tabarruk bilib, ko'chmay qolgan ikki-uch xonadon bir-biri bilan quda-anda bo'lishi natijasida yana odam ko'paya boshlagan. So'nggi ko'chish o'tgan asrning 50 yillarida ro'y bergan. Ocharchilik, yetishmovchilik aholini rizq qidirib, gavjum joyladan boshpana izlashga majbur qilgan. Ayni paytda bu tog'lar orasida 50 ga yaqin xo'jalik bor. Ular asosan dehqonchilik, bog'dorchilik va chorvachilik bilan shug'ullanadi. Shutning kartoshkasi va olmasi anchayin mashhur va xaridorgir. Shuningdek, aholi turli hunarlar bilan shug'ullanib keladi. Qishloqda kelin bo'ladigan qizning uyida ayollar yig'ilib, sarpo uchun gilam to'qishni odat qilishgan. Erkaklar orasida esa temirchi, yog'ochsoz ustalar bor.


Mutaillo Rahmatov 72 yoshda. U temirchilik bilan shug'ullanadi.


– 50 yildan beri shu hunar ortidan ro'zg'or tebrataman, – deydi temirchi bobo. – Shogirdlar ham chiqarayapmiz. Yerimiz qirliklardan iborat bo'lgani uchun maxsus texnikalarda ishlov berish qiyin. Shuning uchun qo'lbola qishloq xo'jaligi mahsulotlariga ehtiyoj yuqori. Shu yerda omoch, kapcha, ketmon, belkuraklar yasayman. Taqaga ham talab katta.


Qishloqda hayot bir maromda davom etmoqda. U yerda insonlar o'rtasidagi mehr-oqibat, xalqimizga xos azaliy fazilatlar, turli urf-odatlar saqlanib qolgan. Tog' kayvonilari esa hududning tarixi chuqur o'rganilishi, bu joylar ham rahbarlarning e'tiboriga tushib, zamonaviy infratuzilmalar yo'lga qo'yilishi, kelajakda Shut sayyohlar uchun jozibali va hayratlanarli so'lim go'shaga aylanishidan umidvor.


Bahodir HALIMOv,


Ishonch


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2357 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 2051 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2637 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2339 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat