+17C

+17C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish
Jamiyat
1822 14:01 | 19.03.2026 14:01

Ismini oshkor etishni istamagan haydovchi bilan suhbatimizda u bir kunda o'rtacha ikki marta buyurtma bekor qilinishi, bir kunda bir marta esa buyurtmachi to'lovsiz tushib ketish holatiga duch kelishini ta'kidladi. Shu bilan birga, platforma komissiyasi16–18 foizni tashkil etayotgani ham haydovchilarni qiynayotgan asosiy omillardan biri ekanini aytdi.




Raqamli iqtisodiyot davrida platformali xizmatlar hayotimizni yengillashtirmoqda. Xususan, Yandex Go kabi onlayn agregatorlar orqali taksi chaqirish juda qulay. Ammo platforma tizimida asosiy e'tibor mijozga qaratilgani ham sir emas. Buyurtma berish, bekor qilish, baholash kabi funktsiyalar ko'proq buyurtmachi manfaatiga mos ravishda ishlab chiqilgan. Shu bois bu jarayonda ishlayotgan xodimlar ko'pincha zarar ko'ruvchi bo'lib qolmoqda.


Masalan, haydovchi mijozni olish uchun manzilga yetib keladi, vaqt va yoqilg'i sarflaydi. Ammo mijoz chiqmasdan turib, buyurtmani bekor qilishi mumkin. Agar to'lov usuli naqd pul bo'lsa, haydovchi bu sarf-xarajat uchun hech qanday kompensatsiya olmaydi. Bu esa uning kunlik daromadiga ta'sir qiladi. Yana bir jiddiy muammo – to'lovni amalga oshirmasdan tushib ketadigan mijozlardir. Ayniqsa, tungi vaqtda bunday holatlar ko'proq uchraydi. Manzilga yetib kelgach, “pulim yo'q” degan bahona bilan tushib ketish holatlari buyurtmachilar orasida uchrab turadi. «Texnik ko'mak» xizmatiga murojaat qilinganda esa muammo hal etilishi va'da qilinadi, ammo amalda ko'p hollarda zarar qoplanmay qolmoqda.


Ismini oshkor etishni istamagan haydovchi bilan suhbatimizda u bir kunda o'rtacha ikki marta buyurtma bekor qilinishi, bir kunda bir marta esa buyurtmachi to'lovsiz tushib ketish holatiga duch kelishini ta'kidladi. Shu bilan birga, platforma komissiyasi16–18 foizni tashkil etayotgani ham haydovchilarni qiynayotgan asosiy omillardan biri ekanini aytdi.


Xorij tajribasi: adolatli yondashuv imkoni bor


Evropaning qator davlatlarida bu muammolar bosqichma-bosqich hal etilgan. Masalan, Frantsiya va Germaniyada platformali taksi xizmatlari dastlab xuddi shunday muammolarga duch kelgan. Biroq keyinchalik sud qarorlari va faollar harakatlari natijasida haydovchilar maqomi qayta ko'rib chiqildi. Frantsiyada ayrim holatlarda platformalar haydovchilarni mustaqil emas, balki kompaniya bilan iqtisodiy bog'liq hamkor sifatida tan olishgan. Germaniyada esa qonunchilik orqali platformalarga haydovchilar huquqini himoya qilish bo'yicha qat'iy talablar qo'yildi. Bunda mijoz buyurtmani bekor qilsa, haydovchiga kompensatsiya to'lanadi, to'lovsiz tushib ketish holatida zararni kompaniya qoplaydi, keyin esa mijozdan undiriladi. Bundan tashqari haydovchilar uchun sug'urta va ijtimoiy kafolatlar ham joriy qilingan. Kasallik yoki vaqtincha ishlay olmaslik holatida minimal daromad saqlanadi.


Bu tajriba shuni ko'rsatadiki, platformali iqtisodiyotda ham ijtimoiy adolatni ta'minlash mumkin.


Ehtiyoj va takliflar


O'zbekistonda 2025 yil iyunda 800 mingga yaqin o'zini-o'zi band qilgan taksi haydovchilari ro'yxatdan o'tgan. Bugungi kunda bu raqam 1 millionga yaqinlashgani taxmin qilinmoqda. Bu esa mazkur sohaning iqtisodiyotdagi o'rni juda katta ekanini anglatadi. Shu bilan birga, sohada huquqiy tartibga solish va mehnat muhofazasi masalalari hali to'liq shakllanmagan. Platforma orqali ishlaydigan haydovchilar na to'liq ishchi, na to'liq mustaqil tadbirkor sifatida aniq maqomga ega. Shundan kelib chiqqan holda aytmoqchimizki, platformali xizmatlarda faqat mijoz manfaatiga emas, balki xizmat ko'rsatuvchi tomon, ya'ni haydovchilar huquqlariga ham teng e'tibor qaratish zarur. Jumladan, quyidagi o'zgartirishlar kiritilsa sohayanada ishonchli va barqaror bo'ladi:


– buyurtmani bekor qilgan mijozlar uchun avtomatik kompensatsiya tizimini joriy etish;


– to'lovsiz tushib ketish holatlarida zararni avval kompaniya qoplab, keyin mijozdan undirishmexanizmini yo'lga qo'yish;


– haydovchilar uchun minimal ijtimoiy paket (sug'urta, kasallik puli) joriy qilish;


– komissiya stavkalarini qayta ko'rib chiqish yokiularni bosqichma-bosqich kamaytirish;


– haydovchilar maqomini huquqiy jihatdan aniqbelgilash.


Bugungi kunda onlayn taksi xizmatlari ko'rsatishplatformasi minglab insonlarni birlashtirgantarmoq. Shunday ekan, tizimda adolatta'minlanishiga erishish sohaga faqatgina yutuqva rivojlanish keltiradi.


Zebo Namozova
Ishonch.uz



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6344 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat