Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 915.0715.07

  • EUR

    14 659.9064.84

  • RUB

    156.43-0.89

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 02:00

    +17 C

  • 03:00

    +17 C

  • 04:00

    +16 C

  • 05:00

    +15 C

  • 06:00

    +15 C

  • 07:00

    +17 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 05-May

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 02:00

    +17 C

  • 03:00

    +17 C

  • 04:00

    +16 C

  • 05:00

    +15 C

  • 06:00

    +15 C

  • 07:00

    +17 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +22 C

  • Dushanba, 05

    +18 +20

  • Seshanba, 06

    +18 +20

  • Chorshanba, 07

    +19 +20

  • Payshanba, 08

    +21 +20

  • Juma, 09

    +18 +20

  • Shanba, 10

    +17 +20

  • Yakshanba, 11

    +17 +20

  • Dushanba, 12

    +18 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

JADIDLAR VA KASABA UYuShMALARI

Jadidchilik harakati, jadidlar faoliyati haqida ko'p va xo'b yozilgan, tadqiqotlar qilingan, biroq ularning kasabachilik harakatidagi fao­liyati hozirgacha chuqur tadqiqotga muhtoj bo'lib kelmoqda. Bugungi maqolamizda jadidlarning kasaba uyushmasi tashkilotlaridagi faoliyatlariga muxtasar to'xtalib o'tamiz.
Jamiyat
158 11:05 | 04.05.2025 11:05

1917 yilning aprel'-may oylarida Turkistonning juda ko'p shaharlarida mahalliy mehnatkashlarning kasaba uyushmalari va tashkilotlari paydo bo'lgan edi. Masalan, Toshkentdagi ming­ga yaqin o'zbek ishchisini birlashtirgan binokorlar (Ustalar jamiyati, tashabbuskorlari: olmazorlik Ochil Bobojonov, merganchalik Sultonxo'ja Qosimxo'jaev), qora ishchilar (oxunguzarlik
A. Abdurashidov), metallistlar soyuzi (Qulmat Xolmuhamedov) shundaylardan edi1.


Avloniy ham bundan ruhlanib, «1917 yilda Toshkentda yerli xalqlar orasida boshliq bo'lib, «O'qituvchilar soyuzi» va boshqa bir necha rabochiy soyuzlar tashkil qildim», deb yozadi o'z tarjimai holida2.


1918 yilda esa Toshkentning eski shaharida «qorovullar, tunukasozlar, sobun ishlovchilar soyuzlari»ni tashkil etadi3.


Kasaba uyushmalari faoliyatining bilimdoni bo'lgan Avloniy 1920 yilda «Kasabachilik harakati» jurnalining noshiri va bosh muharriri bo'ladi.


«Kasabachilik harakati» jurnalining 1921 yil 1 apreldagi 7-sonida «Ilgarigi va hozirgi kasaba ittifoqlari» sarlavhali maqola berilgan. Unda Abdulla Avloniy «Ishchilar sinfining dastmoya (yirik ish egalari, boy, zodagonlar) bilan kurashuv uyushmalari sifatida bo'lg'on kasaba ittifoqlari bizning Rusiyada (Rossiyaga qaram bo'lgan Turkiston zaminida)1905 yilda tashkil qilinub, kasabachilik harakatining birinchi davri mana shul sanadan boshlanadur», deb yozadi4.


«Kasabachilik harakati» jurnalining ushbu sonida kasaba uyushmalari a'zolari bilim va ma'rifat olishga, o'z ustilarida ishlashga, ilm-fan cho'qqilarini zabt etishga chaqiriladi. Сhunonchi, «Jumhuriyatimizning taraqqiy va taoliysi (ravnaqi va rivojlanishi) xalqimizning bilim va maorifining taraqqiy qilmog'iga bog'liqdir», ­deyiladi5.


«Bizdagi kasaba uyushmalari» nomli maqolasi, ayniqsa, 1921 yillardagi kasaba uyushmalari a'zolarini uyg'onmoqqa, jiddiy harakat qilmoqqa undovchi tanqidiy maqolalardan biri bo'lgan. Ostida muallif sifatida Abul Fayziy taxallusi yozilgan ushbu maqola «Inqilobga (1917 yildagi Oktyabr' inqilobi nazarda tutilmoqda) ishchilarni hozirlagan va boshlarini birikturgan va siyosiy ong tarqatgan kasaba uyushmalaridir», deb boshlanadi. Muallif zudlik bilan kasaba uyushmalari tashkilotlarini tuzish, birlashib harakat qilish, uyqudan uyg'onish, kasabachilik ishlarini mukammal yo'lga qo'yishni o'sha davrning eng muhim vazifasi sifatida bayon etadi:


«Lekin biz musulmonlarg'a kelganda «Afsus ekinzorini silab olibdur, dehqonni palokat bosib, uyquda qolibdur», deganidek, hamon uyquda, g'aflatda, kasolatda, o'z oramizda shaxsiy adovatlar bilan o'ymalashib yotamiz, sinfiy kurash maydoniga botirlanub chiqmaymiz. Vaqt va zamonning taqozosi bizni uyushmoqqa, sinfiy ittifoqlarimizni jiddiy ravishda tashkilot yasamoqg'a taklif qiladur.


Hozirgi hur va ozodlik davrining eng muhim shiorindan biri «Tashkilot, tashkilot»dir. Mana bu tashkilot butun ishchi, kosib, mehnatkashlarni bir-biriga to'playdur, kuch va quvvatlarin bir-birig'a yig'adur va bu ittifoq soyasida mehnatkash xalq o'zlarining xohlagan ishlarin, lozim bo'lg'on talab­larin hukumat doiralariga anglata va yetquza oladur.


Qisqacha aytganda, ishchi xalq uchun hur va ozodlik maydonidur.


Bilmadim, bizlar qachon bu sinfiy kurash maydoniga chiqub, kasaba uyushmalarimizni chin ma'nosi bilan jiddiy ravishda yo'lga qo'yamiz?


«Bo'yla xaroba holda yoturmiz qachong'acha, Noz uyqusinda tosh­cha qoturmiz qachong'acha?!6».


«Kasabachilik harakati» jurnalida maxsus «Toshkand xabarlari» rukni tashkil etilgan. Undagi bir xabarda aytilishicha, «Kasabalar haftaligi» o'tkazib turilgan. «Kasabalar haftasi boshlandi» maqolasida bayon etilishicha, 1921 yil 25 mart kuni Toshkentning eski va yangi shaharida jumalik hashar tadbiri o'tkazilgan.


Tadbirda Eski jo'va maydonida kasaba uyushmalarining vazifalari va boshqa mavzulardagi ma'ruzalarda yevropalik mutaxassislar ham ishtirok etganligi, kechki payt esa Eski shahar ijroqo'm binosida umumiy xalq yig'ini o'tkazilgani, «Turon» binosida xalq uchun teatr spektakli qo'yilgani, Yangi shahar «Kolizey» binosida turli mavzularda ma'ruzalar qilingani, yangi texnikalar va ularning ishlab chiqargan mahsulotlari ko'rgazmasi tashkil etilib, batafsil ma'lumot berilgani, kasaba uyushmasi a'zolari hukumat idoralari va boshqa yerlardagi bino va inshootlarda obodonlashtirish ishlarini olib borganliklari bayon etilgan7.


XX asr taraqqiyparvari, noshir va matbaachi, iste'dodli publitsist, yozuvchi, davlat va jamoat arbobi bo'lgan Muhammad Said Ahroriy (1895 – 1931) kasaba uyushmasi tomonidan chop etilgan yana bir jurnal haqida ma'lumot bergan.


Muallifning yozishicha, 1923 yilning mart oyida markaz kasabalar sho'rosi huzuridagi «Nashri maorif» shu'basi tomonidan shu nomda ikki haftalik adabiy, fanniy, iqtisodiy va siyosiy jurnal chiqarilgan8.


«Nashri maorif» jurnali 1923 yil 20 martda Buxoro markaziy kasaba uyushmasi qoshidagi nashr shu'basi tomonidan chop etila boshlangan. Nashrga Xabir Abdullaev mas'ul muharrirlik qilgan bo'lsa-da, umumiy rahbarlikni Eshon Atoullaxo'ja olib borgan. Unda Said Ahroriy, Mustafo Sayfulmulukov va boshqalar o'z maqolalari bilan ishtirok etishgan. Biroq 2-3-sonlari chiqqanidan so'ng jurnal o'z faoliyatini to'xtatgan9.


Kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirishda faol ishtirok etgan jadid namoyandalaridan yana biri – shoir Tavallo (1883 – 1937)dir.


Bu shoirning ismi-sharifi To'lagan Xo'jamyorov bo'lib, XX asr boshida Toshkentda yetishgan, xalq o'rtasida katta shuhrat qozongan iste'dodlardan. U 1915 yilda Avloniylar tashabbusi bilan tuzilgan «Turon» jamiyatida faoliyat ko'rsata boshlaydi. Lekin asl kasbi – savdo ishlaridan uzilib ketmaydi. 1917 yil voqealariga qadar mazkur sohada muntazam ishlaydi. 1918-19 yillarda Toshkentning dastlab Eski shahar, so'ng Yangi shahar ijroiya qo'mitalari a'zosi, 1922 yilgacha Respublika kollegiya a'zosi, 1922-23 yillarda ushbu tashkilotning Eski shahar ijroiya qo'mitasi a'zosi, shikoyatlar byurosi a'zosi, Farg'ona revtribunal a'zosi vazifalarini bajargan.


1924 yildan ichki ishlar va davlat muhofazasi tizimidan uzoqlashadi, kasaba uyushmasiga o'tadi. Tashsoyuz (Toshkent shahar kasaba uyushmasi) boshqarmasi ­a'zosi, 1925-26 yillarda esa Toshkent sanoat birlashmasi – Kustpromsoyuz (Hunarmandchilik sanoati kasaba uyushmasi) raisi bo'lib ishlaydi.


Tavallo 1927 yil 23 oktyabrda moliyaviy kamomad aybi bilan partiyadan o'chirilib, 5 yillik qamoqqa hukm qilinadi, biroq 1928 yilning 11 yanvarida, aybi isbotlanmaganligi sababli, ozod etiladi10.


1937 yil 14 avgustda Tavallo «aksil­inqilobiy», «Turon», «Sho'royi islom», «Ittihodi taraqqiy», «Milliy ittihod», «Milliy istiqlol» tashkilotlarining a'zosi, «Millionerning o'g'li», «she'rlarida millatchilik g'oyalarini ilgari surgan»likda ayblanib, yana qamoqqa olinadi.


1937 yil 19 oktyabrda NKVD qoshidagi uchlik majlisida Tavallo otib o'ldirishga hukm qilinadi. Hukm o'sha yil 10 noyabrda ijro etiladi11. Adib 1968 yil 18 oktyabrda oqlangan.


Turkiston kasabachilik harakatining yorqin vakillaridan yana biri – o'zbek milliy romanchiligining asoschisi, pub­litsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon Abdulla Qodiriy (1894 – 1938) dir.


U oilaviy sharoit taqozosi bilan bolalikdan mahalliy savdogarlarga kotib­lik qildi. 1917 yilgi Oktyabr' to'ntarishidan so'ng Eski shahar oziqa qo'mitasining sarkotibi, «Oziq ishlari» gazetasi muharriri, Kasaba uyushmasi sarkotibi lavozimlarida ishlagan.


Abdulla Qodiriyning kasaba uyushmasi ishlariga rasman kirib kelishi uning 1918 yil boshlarida «Eski shahar oziq komiteti»ning o'zbek kotibiyatiga ishga qabul qilingandan boshlangan, ­deyish mumkin.


O'zFA Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi, f.f.n. Sanobar To'laganova «Abdulla Qodiriy publitsistikasi bilan bog'liq ayrim masalalar» maqolasida Abdulla Qodiriydan ushbu iqtibosni keltiradi: «1918 yilning boshlarida «Eski shahar oziq komiteti»ni boylar qo'lidan olinub, komitetning raisligiga o'rtoq Sultonxo'ja Qosimxo'jaev ­tayinlangan edi va men mazkur komitetning o'zbekcha sarkotibligiga kirdim». Shundan xulosa etib, olima yozuvchining bu vaqtda kasabachilik ishlari bilan shug'ullanganini qayd etadi12.


Shu o'rinda Sultonxo'ja Qosimxo'jaevning kasaba uyushmalarini tashkil etishdagi faolligi va fidoyiligini aytib o'tish joizdir. Zero, u hududlarda ishchilarning kasaba uyushmalarini tashkil etish kampaniyasi boshlangan bir davrda zavod va fabrikalarda bo'lib, ishchilar o'rtasida kasaba uyushmalariga birlashishga targ'ib qilgan shaxslardan biridir.


1917 yilning boshida S.Qosimxo'jaevning tashabbusi bilan turli kasb egalaridan iborat 17 nafar ishchi yig'ilishi chaqirilib, unda kasaba uyushmalarini tuzish masalasi ko'rib chiqilgan.


Keyingi xuddi shunday yig'ilish 1917 yilning may oyida 50 nafar ishchi ishtirokida o'tkazilib, kasaba uyushmasi tuzish to'g'risida qaror qabul qilingan. 1917 yilning iyun' oyida Toshkent Eski shahar quruvchi ishchilar kasaba uyushmasi tuzilib, Sultonxo'ja Qosimxo'jaevning o'zi unga rais, akasi Akbarxo'ja Qosimxo'jaev esa uyushma kotibi etib saylangan.


Shu bilan birgalikda, 1917 yilning avgust oyida u 13 ta tashkilotni birlashtirgan Turkiston musulmonlari kasaba uyushmalari kengashiga rais etib saylangan.


Abdulla Qodiriy sarkotibligidagi Eski shahar Oziq komiteti mavjud eski tegirmonlarni ta'mirlash, novvoyxonalar faoliyatini yaxshilash, arzon oshxona va ovqatlanish maskanlarini ochishda jonboz­lik ko'rsatadi, 47 000 aholini bepul oziq-ovqat bilan ta'minlash ishlarini olib boradi13.


A.Qodiriy 1919 yil boshida «Oziq ishlari» gazetasi muharririga aylanadi. Mazkur gazetaning 1918 yil 29 avgustdagi 13-sonida berilgan «Xalqqa gazlama beruv xususinda» maqolasi va «E'lon»dan Eski Toshkandda mavjud bo'lgan va faoliyat yuritgan 33 ta kasaba uyushma jamiyatlari haqida ma'lumot olish mumkin.


Maqolada Eski Toshkand oziq shu'basi tomonidan aholi jon boshiga chorakkam besh gazdan gazlama navbat va kartochka orqali berilishi ta'kidlanadi. «Agarda (kasaba) soyuz a'zolari navbat vaqtida gazlama ololmay qolsalar, ul vaqtda o'zlarini mahalla xalqi ila barobar olurlar14. Soyuz a'zolari gazlama olmoqqa kelganda soyuzlarning karto'chkasi ila kelmoqlari lozimdir. Gazlama beriladirg'an yer Taqachilik (mahallasida)gi «Kalid qarta» magazini binosida bo'lur».


Bu fikrdan ko'rinadiki, xalqqa gazlama yoki boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishda birinchi bo'lib, mahalla-mahalla bo'lib emas, balki kasaba soyuzlari orqali tarqatish yo'lga qo'yilgan. Kasaba uyushmalari orqali ololmay qolgan yoki kasaba uyushmasi a'zosi bo'lmagan aholi o'zi istiqomat qiladigan mahallasi navbati kelganda olganligi aniq-ravshan bo'ladi.


Abdulla Qodiriyning «Oziq komiteti»dagi sarkotiblik faoliyati kasaba uyushmalari Sho'rosi (bizningcha, Markaziy kengashi) e'tiboriga tushadi va u endi Sho'roga ishga taklif etiladi. «1920 yilda Kasabalar sho'rosiga sarkotib bo'lib ishga kirdim va Eski shahar kasabachilik harakati to'g'risida gazetalarda maqolalar yozib turdim»15, deb yozadi Qodiriy.


1 B.Qosimov va boshqalar. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti, T. «Ma'naviyat», 2004, 175-176-betlar.


2 Jadid adabiyoti namoyandalari. Abdulla Avloniy. Zabarjad Media, 2024. «Tarjimai holim», 16-bet.


3 Shu asar, 16-bet.


4 «Kasabachilik harakati» jurnali. 1921 yil 1 aprel', 7-son, 3-bet.


5 Shu jurnal, 13-bet.


6 «Kasabachilik harakati» jurnali. 1921 yil 1 aprel', 7-son, 14-15-betlar.


7 «Kasabachilik harakati» jurnali. 1921 yil 1 aprel', 7-son, 16-bet


8 S.Mirvaliev. Abdulla Qodiriy she'riyati. https://uzsmart.ru/kutubxona/asarlar/3168-abdulla-qodiriy-she'riyati-sobir-mirvaliyev.html.


9 Xamrakulov, S. (2023). Jurnali, izdannie v Turkestane v godi sovetskoy vlas­ti (1918-1924). Aktual'nie problemi istorii Uzbekistana, 400-405. https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/ view/161


10 B.Qosimov va boshqalar. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti, T. «Ma'naviyat», 2004, 200-bet.


11 B.Qosimov va boshqalar. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti, T. «Ma'naviyat», 2004, 201-bet.


12 Qatag'on qurbonlari va ularning adabiy-badiiy hamda publitsistik merosi («O'zbekistonda stalincha qatag'onga uchragan va faoliyati kam o'rganilgan madaniyat va jamoat arboblarining faoliyati hamda ilmiy-ma'rifiy, ijodiy merosining istiqlol yillarida o'rganilishi» mavzuidagi ­Respub­lika ilmiy-amaliy anjumani materiallari, 2015 yil 15 aprel'), mas'ul muharrir N.Karimov. – Toshkent: 2015. – 69 bet.


13 O'sha joy, 17-bet.


14 Shu kitob, 241-bet.


15 S. To'laganova, «O'zbekiston adabiyo­­ti va san'ati» gazetasi, 2015 yil 28-son; Qatag'on qurbonlari va ularning adabiy-badiiy hamda publitsistik merosi, mas'ul muharrir N.Karimov. – Toshkent: 2015., 71-bet.



Hayotjon ShARIPOV,
O'zbekiston kasaba uyushmalari
Federatsiyasi raisi maslahatchisi



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3943 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat