+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

O'zbekiston maktablari ijtimoiy tabaqalanishga olib kelmayaptimi?

So'nggi yillarda O'zbekistonda turli xildagi maktablar soni ortib bormoqda. Davlat va nodavlat ta'lim muassasalari, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar shular jumlasidan. Bugungi kunda respublikamizda 10 196 ta maktab faoliyat yuritmoqda, shundan 458 tasi nodavlat umumta'lim muassasalari hisoblanadi. Ushbu maktablarning infratuzilmasi, sharoitlari va joylashuviga qarab, ularning narxlari ham farq qiladi. Masalan, viloyatlarda xususiy maktablarning oylik to'lovi kamida 1 million so'mdan 2 million so'mgacha bo'lsa, Toshkent shahrida bu summa 4 million so'mdan 20 million so'mgacha yetmoqda.
Jamiyat
1394 16:09 | 02.04.2025 16:09

Toshkentdagi "Kembridj" xususiy xalqaro maktabining narxlari bilan qiziqqanimizda, 7-sinf o'quvchisi uchun bir yillik to'lov 257 million so'mni tashkil etishi ma'lum bo'ldi. Xususiy maktablar sonining ortishi talab va taklif qonuniyatlari asosida bo'lsa-da, ularning eng ko'pi poytaxtda joylashgan: Toshkentda hozirda 146 ta nodavlat umumta'lim muassasasi faoliyat yuritmoqda, eng kami esa Surxondaryoda – atigi 3 ta.


Xususiy ta'lim muassasalari ta'lim sifati va raqobatni oshirishda muhim rol o'ynaydi. Jahon tajribasida ham nodavlat maktablarning ko'payishi ta'lim tizimining rivojlanishiga hissa qo'shishi qayd etilgan. Biroq, bu tendensiyaning O'zbekiston sharoitidagi afzalliklari va salbiy tomonlari ham mavjud.


Xususiy maktablarning ustun jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: xorijiy tillar bo'yicha sertifikat olish kafolati, besh mahal issiq ovqat, tibbiy xizmat, zamonaviy sinf jihozlari va malakali o'qituvchilar tomonidan dars o'tilishi. Biroq, bu sharoitlar barcha davlat maktablarida mavjud emas. O'zbekiston iqtisodiyoti va eng kam ish haqi darajasidan kelib chiqib qaralsa, hamma bolalar ham yuqori sifatli ta'lim olish imkoniyatiga ega emasligi ayon bo'ladi.


Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar yuqori sifatli ta'limni bepul taqdim etsa-da, ularga kirish uchun bilim sinovlaridan o'tish talab etiladi. Bunday imtihonlarga tayyorlanish esa ko'pincha qo'shimcha repetitorlik mashg'ulotlarini talab qiladi, bu esa iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan oilalar uchun muammo tug'diradi. Shunday qilib, davlat ta'lim tizimi to'g'ridan-to'g'ri tabaqalanishga yo'l qo'ymasa ham, bilvosita iqtisodiy farq o'quvchilar imkoniyatlarini cheklashi mumkin.


Ta'lim bo'yicha ekspert Isroil Tillaboev bu borada quyidagicha fikr bildirdi:


“Mamlakatda turli turdagi maktablarning tashkil etilishi davlatning ta'lim tizimidagi yukini yengillashtiradi, har bir o'quvchi uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag'ni tejaydi va ta'lim sifati nazoratini xususiy maktablar zimmasiga yuklaydi. Bu jihatdan xususiy maktablar sonining ortishi davlat uchun manfaatlidir. Biroq bu oddiy aholi uchun qulaylik yaratmaydi. Xususiy maktablar eng yaxshi o'qituvchilarni jalb qilib, eng yaxshi sharoitlarni taklif etar ekan, davlat maktablarining raqobatbardoshligini pasaytiradi. Hozirda aksariyat ota-onalar farzandini qaysi xususiy maktabga berishni o'ylamoqda, ularning oylik to'lovlarini hisoblab chiqmoqda. Viloyatlarda xususiy maktablar uchun minimal to'lov 1 million so'm atrofida bo'lsa, Toshkentda bu summa sezilarli darajada yuqori. Narxlarning bunday tabaqalanishi aholining daromadiga qarab farqlanishiga olib kelishi mumkin. Ilgari ota-onalar farzandlarini 10-11-sinfda repetitorga berishgan bo'lsa, hozir bu jarayon 3-4-sinflardan boshlanib ketdi. Bu bolalarni ortiqcha bosim ostida qolishiga va kam daromadli oilalar uchun moliyaviy yuk oshishiga sabab bo'lmoqda”.


Bir tomondan bu tendentsiya, qaysidir qatlamning sifatli ta'lim olishiga turtki bo'lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatda tengsizlik ko'rsatkichlarini yuqorilashiga sabab bo'lmoqda. Xulosani esa, keng jamoatchilik ixtiyoriga qoldiramiz: Xo'sh, bu borada siz qanday fikrdasiz?


Maftuna Karimova,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2320 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 2005 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2586 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2300 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat