Valyuta UZS
  • USD

    12 692.42100.85

  • EUR

    14 511.24-34.54

  • RUB

    158.444.62

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +25 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 03-August

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +25 C

  • Yakshanba, 03

    +18 +20

  • Dushanba, 04

    +19 +20

  • Seshanba, 05

    +20 +20

  • Chorshanba, 06

    +19 +20

  • Payshanba, 07

    +19 +20

  • Juma, 08

    +20 +20

  • Shanba, 09

    +18 +20

  • Yakshanba, 10

    +23 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbekistonda go'sht narxi MDHda eng qimmat: bu aholiga qanday ta'sir qilmoqda?

Go'sht O'zbekistonda eng muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan biri sanaladi. Ko'p holatlarda umumiy narx-navoning oshishi go'shtga qarab ham tavsiflanadi. Aholi ko'paygan sari unga talab ham keskin oshib bormoqda.
Jamiyat
2406 16:09 | 26.03.2025 16:09

2025 yilning dastlabki oylarida mahsulot narxida sezilarni o'zgarishlar kuzatildi. Hatto internetda e'lon qilingan xabarlarga ko'ra, O'zbekiston go'sht narxi eng yuqori bo'lgan MDH mamlakati ekani ayon bo'ldi. Raqamlarga keladigan bo'lsak, Toshkent shahrida bir kilogramm lahm go'sht narxi 140-160 ming so'mgacha sotilmoqda. Vaholanki, bu narx bir necha oy avval 110-120 ming so'mni tashkil etayotgandi. Xo'sh, o'zbekistonliklar go'sht narxi qimmatlashib borishi xususida qanday fikrda? Endi go'sht iste'moli kamayadimi? Quyida aholi fikri va boshqa jarayonlarni o'rganib chiqdik.


Albatta aholi vakillari go'sht narxining qimmatlashib ketayotgani va buning ortidan iste'mol kamayishidan xavotirda. “Qo'li uzunlar olaveradi. O'rtahol kishi o'ylab sotib oladi. Kam ta'minlangan oilalar oyda bir kilo yoki go'sht o'rniga kalla, ilik suyak, ko'proq tovuq go'shtiga ahamiyat qaratadi. O'zi shundog'am qiynalgan oila sifatsiz, arzon go'sht yeyishi oqibatida kamqonlik, immuniteti pastligidan kasalliklarga moyilligi oshadi. Bozorlarda sotilayotgan tovuq go'shtining arzonligiga e'tibor bering. O'ta arzon mahsulot ham shubha uyg'otishi tayin. Demak go'shtning qimmatlashishi inson salomatligining pasayishiga ham olib keladi. Сhunki go'sht organizmni turli kerakli vitamin va boshqa mikroelementlar bilan ta'minlaydigan kuchli ozuqa hisoblanadi”, deya yozadi jurnalist Maryam Ahmedova.


Statistikaga yuzlanamiz: Statistika agentligining ma'lumotlariga ko'ra, 2024 yilda respublikamizda 2,9 mln tonna go'sht (tirik vaznda) yetishtirilgan. Go'sht yetishtirish hajmi 2023 yil bilan solishtirilganda 3,9 % ga (!) oshgan. Hududlar kesimida oladigan bo'lsak, Qashqadaryo viloyati go'sht yetishtirish bo'yicha birinchi o'rinni egallagan. Bu viloyatda o'tgan yili 345,9 ming tonna go'sht yetishtirilgani aytilmoqda. Keyingi o'rinni esa Samarqand viloyati egalladi – 326,9 ming tonna. Buxoro viloyati (312,7 ming tonna) va Toshkent viloyati (312,3 ming tonna) keyingi o'rinlarda joylashgan. Oddiy matematik hisob bilan aytadigan bo'lsak, mazkur miqdorlar 37 million aholi uchun juda kam ekani kelib chiqadi. Shu sababdan O'zbekistonda xorijdan ham katta miqdorda go'sht import qilinmoqda.


Facebook tarmog'i foydalanuvchisi Qodirjon Bo'matovga ko'ra, O'zbekistonda go'sht yetishtirish uchun sharoitlar yetarli darajada emas.


“Bizda go'shtning asosiy qismini aholi yetishtiradi. Ya'ni katta fermer va tadbirkorlar emas, oddiy aholi uyida 1-2 ta mol boqib O'zbekistonni asosiy go'sht talabini qondiradi. Bir so'z bilan aytgandi, go'sht yetishtirish qishloq xo'jaligi taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko'tarilmagan.


Bundan kelib chiqadiki, oddiy odamlar uchun mol boqish qancha qiyinlashsa, qimmatlashsa go'sht narxi ham qimmatlashaveradi. Qanaqadir “go'sht yetishtiruvchilar uchun imtiyoz”lar kabi harakatlar ish bermaydi. Go'shtni narxini tushirish uchun yem-hashakni arzonlashtirish, avvalgidek xohlagan odam molini oborib boqa oladigan yaylov va yerlarni ko'paytirish (hozir qaerga borsa u yerni “egasi” bor), uyida mol boqib, tirikchiligini qilayotgan aholini tinch qo'yish kerak. Yem-hashaklar bozorida ham narxlar beqaror. O'zi zanjir reaktsiyasi shu yerdan boshlanadi. Bir kilogramm yem narxi ming so'mga qimmatlashsa, bozorda ham go'sht narxi o'ynay boshlaydi. Masalan, bozordagi oddiy go'shtlik somsaning narxi ming so'mga oshgani qaysidir tadbirkorning yem narxini ko'targaninga bog'liq bo'lib qolmoqda...”.


Farg'ona viloyatida yashovchi Elyor Davronov yozadi: “Asosan qoramolning ichki son, lahm go'shtidan olardim, 120.000 so'mdan edi. Hozirda bu go'shtning narxi 150.000 ming so'mga ko'tarilibdi. Ilik, pay, suyak kabilarni 20 ming so'mdan olardim, hozir esa 25 ming so'mdan tortib beryapti. Iste'mol darajasi esa o'sha-o'sha. Aytishlariga qaraganda Qirg'izistondan mol olib kirish qiyinlashgan, so'yiladigan katta novvoslar topish ancha qiyinlashgan, yaxshi novvos topish muammo emish. Demak shu ketishda yana oshadi”.


Сhortoqlik Isroiljon Yusupovning yozishicha, qoramol go'shtining lahm qismi yaqingacha 100-110 ming so'm miqdorida sotilgan. “O'tgan hafta narx 130 ming so'mga chiqdi. Bir kilo bering desam, 150 ming so'mga to'g'irladim, chiroyli go'sht bo'ldi deb o'tkazvoryapti. Qassoblarning shu odatini yomon ko'raman, doim go'shtni ko'proq qo'yib, aholiga o'tkazvorishadi. Hammada sharoit har xil. Kishi bozorga tushganda, bir so'mini ham hisoblab, tejab ishlatish maqsadida tushishi mumkin”, deydi namanganlik fuqaro.


Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida istiqomat qiluvchi Komil Qarshiev esa yakka tartibda qoramol boqib, go'sht yetishtirishi va tajribalari bilan bo'lishdi.


“O'tgan yili 12,5 million so'mga bir yoshdan oshgan zotli ho'kiz sotib oldim va uni qariyb 10 oy davomida boqdim. Bahor yaxshi keldi, yem-hashak mo'l bo'ldi. Bu davrda yem va hashak narxlari ham bir qadar barqaror keldi. Yakunda ushbu qoramol go'shtini 25 million so'mdan oshiqqa sotdim. Hisob-kitoblarimga ko'ra, 4 million so'mga yaqin mablag' yem-hashak va boshqa xarajatlarga ketibdi. Munday olganda, 8 million so'mcha foyda olgandayman. Ammo buning ichida mehnat, inflyatsiya boshqa omillar ham qo'shiladi. Ko'p hollarda hatto bo'rdoqiga ho'kiz boqish egasiga deyarli foyda keltirmasligi ham mumkin. Masalan, so'nggi haftada bir xalta kepak narxi 82 ming so'mga yetibdi. Yaqindagina bu ko'rsatkich 72-75 ming so'mni tashkil qilardi. Har doim qish tugashi va kunlar isishi bilan go'sht narxi ko'tariladi. Сhunki ko'pchilik fermerlar yangi yil bayrami va qish tugashiga qadar boqib qo'ygan jonliqlarni so'yishadi. Aprelga yaqin aholi qo'lida so'yiladigan mollar soni juda kamayib ketadi”, deydi u.


Mavzuga doir deya, telegram kanalimizda “Go'sht qimmatlashib ketdi... Qanchadan olardingiz, endichi?” savoli ostida kichik so'rovnoma o'tkazdik. Natijalarga e'tibor bering: eng ko'p ulush (29 foiz)ni olgan javob “100 ming so'mdan olardik, 120 ming so'mga ko'tarildi. Lahm go'shtni 130-140 ming so'mdan olyapmiz” degan variant bo'ldi. 23 foiz ishtirokchi esa go'sht 90 ming so'mdan bo'lganini, qisqa vaqt ichida 115-120 ming so'mgacha ko'tarilganini lahm esa 130 ming so'm ekanini ta'kidladi. 17 foiz kishi esa, oddiy go'sht narxi 110 minggacha chiqib, iste'molni kamaytirishga majbur bo'lgani ma'lum qildi. 12 foiz ulushga ega bo'lganlar arzonroq tovuq go'shti olishni ko'paytirgan, 11 foiz odam esa hatto tovuq go'shtiga ham muhtoj ekanini aytgan...


Xo'sh, O'zbekiston ichkarisida go'sht yetishmovchiligi va narxning balandligi kuzatilmoqda. Import va eksport masalalari bo'yicha vaziyat qanday? Rasmiylar biron chora ko'rishga urinyaptimi?


Ma'lumotlarga ko'ra, MDH mamlakatlari ichida eng qimmat go'sht narxi O'zbekistonga to'g'ri kelmoqda. Numbeo xalqaro servisi ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yil mart oyi holatida O'zbekistonda bir kilogramm mol go'shti narxi 8,1 AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, qo'shni mamlakatlarda bu ko'rsatkich 7 dollar atrofida o'zgarib turadi. O'zbekiston mol go'shti narxi bo'yicha jahon reytingida mintaqaviy qo'shnilarini ortda qoldirib, 91-o'rinni egalladi. Eng qimmat mol go'shti Shveytsariyada (kilogrammi 44,3 dollar), eng arzoni esa Pokistonda (4,04 dollar) sotilmoqda. Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi bir yilda O'zbekistonda mol go'shti 18,5 foizga, qo'y go'shti esa 19,4 foizga oshgan. Shu bilan birga, tovuq go'shti narxi 0,8 foizga tushdi.


Mutaxassislar O'zbekistonda narx oshishini bir necha omillar bilan izohlashadi:


• Go'sht mahsulotlari narxining global o'sishi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yilning fevral oyida jahon bozorida go'sht narxi o'tgan yilga nisbatan 18 foizga oshgan, bu asosan mol go'shtining qimmatligi bilan bog'liq.


• Ozuqa va ishchi kuchi narxining oshishi, fermerlarning xarajatlari oshishi.


• Go'sht yetkazib berish zanjirida ishlab chiqarish va transport xarajatlarining oshishi.


• O'zbekistonda an'anaviy ravishda go'shtga talab yuqori.


Qozog'iston tomoni taqdim etgan statistikaga ko'ra, mamlakat eng ko'p mol go'shtini O'zbekiston eksport qilmoqda. Jumladan, 2024 yilning 11 oyida Qozog'iston 73 ming tonna mol go'shti eksport qilgan bo'lsa, shuning 31 ming tonnasi O'zbekistonga kirib kelgan. 24 ming tonnasi esa Rossiyaga chiqarilgan. Hatto 2025 yil fevral oyida Qozog'iston qishloq xo'jaligi vaziri Aydar Saparov mamlakatda go'sht mahsulotlari narxi oshishini O'zbekistonga eksportning ko'payishi bilan bog'lagandi.


O'z navbatida hukumatimiz ham go'sht narxini stabil ushlash va ichki bozorda xaos kelib chiqmasligi uchun qarorlar chiqardi. Masalan, 2025 yil 14 martda prezidentning “Mahsulotlar eksporti tartib-taomillarini takomillashtirish va qo'shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko'ra, O'zbekistonda 2025 yil 1 iyuldan boshlab 86 turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etiladi. Ular orasida go'sht mahsulotlari, bug'doy, don, guruch, mineral o'g'itlar, charm xomashyosi, tabiiy gaz va boshqa tovarlari bor. Mazkur choralar go'sht narxini barqarorlashtirishga ta'sir ko'rsatadimi, yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi.


Abror Zohidov,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 1271 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 904 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 1193 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 1196 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 10654 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 908 21:55 | 12.10.2024