Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 965.34-14.82

  • EUR

    14 525.07-81.5

  • RUB

    161.34-0.29

+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+21c

  • Hozir

    +21 C

  • 07:00

    +23 C

  • 08:00

    +28 C

  • 09:00

    +31 C

  • 10:00

    +33 C

  • 11:00

    +34 C

  • 12:00

    +35 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +36 C

  • 15:00

    +36 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +32 C

  • 19:00

    +30 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 17-May

+21C

  • Hozir

    +21 C

  • 07:00

    +23 C

  • 08:00

    +28 C

  • 09:00

    +31 C

  • 10:00

    +33 C

  • 11:00

    +34 C

  • 12:00

    +35 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +36 C

  • 15:00

    +36 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +32 C

  • 19:00

    +30 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +22 C

  • Shanba, 17

    +21 +20

  • Yakshanba, 18

    +19 +20

  • Dushanba, 19

    +16 +20

  • Seshanba, 20

    +14 +20

  • Chorshanba, 21

    +19 +20

  • Payshanba, 22

    +21 +20

  • Juma, 23

    +21 +20

  • Shanba, 24

    +19 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbekistonga xususiy universitetlar kerakmi?

O'zbekistonda ta'lim tizimda  o'zgarishlar davom etmoqda. Hozirda jami 213 ta oliy ta'lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Shundan 67 tasi nodavlat (xususiy) universitetlardir. Bu universitetlar davlat tomonidan tasdiqlangan litsenziyaga ega bo'lib, talabalarga rasmiy diplom berish huquqiga ega. Xusussiy unvivrsetetlar 2018 yildan  ochila boshlagan. Biroq, oliy ta'lim sifati va kadrlarnining darajasi haqidagi xavotir tufayli 2023 yil fevral' oyidan beri  yangi xususiy universitetlar uchun letsenziya berish to'xtatilgan.
Jamiyat
1696 15:39 | 28.10.2024 15:39

2024- yilga kelib esa, O'zbekistonda bir qancha xususiy universitetlarning letsenziyasi bekor qilindi. Hozirga qadar jami beshta xususiy oliy ta'lim muassasasining litsenziyasi sud qarorlari bilan bekor qilindi.


Xo'sh, xususiy unversitetlarga letsenziyasi berish tartibi qanday? Letsenziyalar nima sabablar asosida bekor qilinadi? Letsenziyasi bekor qilgan unvirsitetda o'qiyotgan talabalarning taqdiri nima bo'ldi? Degan savollar hammada tug'ilsa kerak. Bugun shu va shu kabi savollarga javob izlaymiz.


Xususiy Unversitetlarga letsenziyasi berish tartibi o'zi qanday?


O'zbekistonda xususiy universitet ochish va litsenziya olish jarayoni avval quyidagi tartibda amalga oshirilgan. Tepada aytganimizdek letsenziya berish 2023 yildan tugatilgan. Ammo uning berish tartibini aytib o'tamiz. Talabgorlar xususiy universitet ochish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlashi kerak edi. Bu hujjatlar ichiga tashkilotning asosiy maqsadlari, ta'lim dasturlari, kadrlar tarkibi va moliyaviy rejalar kirardi. Universitet ochish uchun ariza Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etilishi zarur edi.


Arizada o'qituvchilar malakasi, o'quv dasturlari va universitetning infratuzilmasi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan bo'lishi lozim edi. Vazirlik tomonidan arizalar ko'rib chiqiladi va muassasa nazoratga olinadi. Bu jarayonda universitetning ta'lim sifati, kadrlar tarkibi va texnik bazasi baholanardi. Agar vazirlik tomonidan taqdim etilgan barcha talablarga javob berilsa, universitetga litsenziya berilar edi. Bu litsenziya universitetga rasmiy faoliyat yuritish imkoniyatini beradi. Litsenziya berilgandan so'ng, universitetlar muntazam ravishda nazorat ostida bo'lib, ularning ta'lim sifati va faoliyatlari tekshiriladi.


O'zbekistonda xususiy universitetlarning litsenziyasi qanday sabablarga ko'ra bekor qilinadi?


Xususiy universitetlar ta'lim sifatini belgilangan standartlarga muvofiq ta'minlay olmasa, litsenziyasi bekor qilinishi mumkin. Bu, asosan, o'qituvchilarning malakasi past bo'lganda yoki o'quv dasturlari yetarlicha samarali tashkil etilmaganda yuzaga kelishi mumkin. Ma'muriy va moliyaviy boshqaruvda qonunchilik talablarini buzsa, masalan, talaba qabul qilishda adolatsizlik yoki noqonuniy shartnomalar tuzilsa, litsenziyasi bekor qilinishi mumkin.


Ba'zi hollarda investorlardan keladigan tijoriy bosim ta'lim sifatiga zarar yetkazsa, nazorat organlari aralashishi mumkin. Ayrim xususiy universitetlar xalqaro talab va akkreditatsiya standartlariga rioya qilmagan holda faoliyat yuritadi, bu esa ularning faoliyatini to'xtatishga olib keladi. Bu talablar universitetda ilmiy tadqiqotlar olib borilishi va xalqaro tajribaga mos dasturlar mavjud bo'lishini ta'minlash uchun zarur hisoblanadi.


O'zbekiston Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa nazorat organlari tomonidan o'tkaziladigan tekshiruvlarda salohiyatsiz deb topilgan universitetlarning litsenziyasi to'xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Tekshiruvlar natijasida universitetning ta'lim muassasasi sifatidagi maqomini saqlab qolishi yoki yo'qotishi haqida qaror qabul qilinadi.


Letsenziyasi bekor qilgan unvirsitetda o'qiyotgan talabalarning taqdiri nima bo'ldi?


O'zbekistonda litsenziyasi bekor qilingan beshta xususiy universitetning talabalari boshqa oliy ta'lim muassasalariga o'tkazilgan. Bu jarayon quydagi tarzda amalga oshiriladi; talabalar, o'z o'qishlarini davom ettirish uchun ariza topshiradilar. Bu arizalar asosida ularning ta'lim yo'nalishiga mos universitetlar aniqlanadi. Ta'lim olayotgan soha va yo'nalishlari bo'yicha davlat yoki boshqa xususiy universitetlarga joylashtiriladi. Bunda talabaning o'qigan kurslari va olgan kreditlari hisobga olinadi.


Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov “Biz xususiy universitet ochmaymiz desak, talabalar chet elga ketadi. Hozirning o'zida shuncha xususiy OTM ochilganidan keyin ham 110 ming talaba chetda o'qiyapti. Ularning soni 500 ming ham bo'lishi mumkin edi… Bir tomondan, xususiy universitetlar balansni ushlab turibdi, deb o'ylayman”, — dedi u. “Lekin xususiy ekan deb buni ochaversak, u esa yetarli ta'lim sifatini bermasa, bu yaxshi emas. Oxirida chiqqan kadr yana ishsiz qolib ketadi. Jamiyatda ishsiz oliy ma'lumotlilar ko'payib ketishi mumkin. Hozir xususiy universitetlarga litsenziya berish to'xtatildi. Bor universitetlar bilan ta'lim nuqtai nazaridan ishlanmoqda”, — dedi vazir YouTube ijtimoiy tarmog'idagi “Lolazor” loyihasida bo'lgan suhbat davomida.


Dunyoning eng mashhur xususiy oliy ta'lim muassalaridan biri Harvard universiteti haqida…


Harvard universiteti AQShning Massachusets shtati Boston shahar aglomeratsiyasi tarkibidagi Kembrij shaharchasida joylashgan. 1636 yilda asos solingan universitetda hozirgi kungacha 30,631 talaba tehsil olishadi. Ularning 9368 nafar bakalavr va 21 263 nafar magistr bosqichi talabalari tahsil oladi. Ushbu universitetda tahsil olgan, o'qituvchilik qilgan yoki ishlaganlarning 75 nafari Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.


AQShning sakkizta prezidenti, jumladan Barak Obama, shuningdek Devid Rokfeller, Bill Geyts, Mark Sukerberg kabi milliarderlar Harvardda tahsil olgan. Universitet o'z bitiruvchilari orasidan yetishib chiqqan. Universitetda bir yil o'qish chet el grajdanlari uchun o'rtacha 60 ming dollarga tushadi. Uning 40 ming dollari o'qish puli bo'lsa, 20 ming dollari yashash va boshqa xarajatlarni o'z ichiga oladi. Shunday bo'lishiga qaramasdan Harvard universitetining asosiy talabalari chet elliklardir.


Endi xususiy universitetlar ochilishiga qarshi bo'lganlarning asosiy argumentlaridan bo'lgan bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash masalasiga e'tibor qaratsak. Harvard universiteti ham boshqa har qanday nufuzli universitet kabi o'z bitiruvchilariga ish topish va unga joylashishda yaqindan ko'maklashadi. OTM kampusi hududida Karera markazi (Career Service) faoliyat ko'rsatadi. «Career Service» mutaxassislari haq to'lanadigan stajirovkalarni saralash, qiziqarli vakansiyalarni topish, ishga joylashish bo'yicha kurs va treninglar tashkil etish, shuningdek talabalar potensial ish beruvchilar bilan tanishishi mumkin bo'lgan tadbirlarni uyushtirish bilan shug'ullanadi.


Amaliyotda Harvard universiteti bitiruvchilari ish topish muammosi bilan deyarli to'qnash kelmaydi. Statistikaga ko'ra talabalarning 60 foizi OTMda o'qiyotgan vaqtidayoq o'z ishiga ega bo'ladi.


Ayrimlar O'zbekistonda ham xususiy universitetlar faoliyati kerak degan fikrga Harvard misolida dalil keltirilganiga e'tiroz bildirishi mumkin. Сhunki Harvard tashkil etilganiga qariyb 4 asr bo'lgan, rivojlangan davlatda joylashgan va undagi sharoitni O'zbekistondagi sharoit bilan taqqoslab bo'lmaydi deb iddao qilishi mumkin. Qaysidir ma'noda bu e'tirozlarda jon bor ham. Ammo yuqorida ta'kidlaganimizdek, O'zbekiston yangi davrga qadam qo'ydi.


Bizning muammolarimizni chetdan birov kelib hal qilib bermaydi. Hammasiga erishish uchun o'z imkoniyatimiz, o'z kuch-quvvatlarimizni ishga solishimiz kerak. Xususiy universitet nafaqat milliy kadrlarni yetishtirish, balki turli sohalarda tadqiqot olib borish, izlanishlar natijalarini daromad keltiruvchi tarmoqlarga aylantirish, minglab ish o'rinlarini yaratish degani hamdir.


Xo'sh, siz O'zbekistonga xususiy universitetlar kerak deb o'ylaysizmi? Fikringizni izohlarda qoldiring.


Madina Po'lat qizi,


Ishonch.uz.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
5/5

2

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (2)

Сардор Турдиев

16:23 | 28.10.2024

Зўр гап йўқ мадинахон айнан шу масалада кўп тортишувлар боради

Makhsud Alikulov

18:54 | 28.10.2024

Gap yoq zor chiqibdi

Maqolaga baho bering
5/5

2

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 1004 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 633 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 902 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 927 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 9538 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 656 21:55 | 12.10.2024