Valyuta UZS
  • USD

    12 831.81-25.54

  • EUR

    14 606.45-66.36

  • RUB

    163.750.3

+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+25c

  • Hozir

    +25 C

  • 20:00

    +24 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 06-June

+25C

  • Hozir

    +25 C

  • 20:00

    +24 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • Juma, 06

    +25 +20

  • Shanba, 07

    +28 +20

  • Yakshanba, 08

    +31 +20

  • Dushanba, 09

    +29 +20

  • Seshanba, 10

    +30 +20

  • Chorshanba, 11

    +32 +20

  • Payshanba, 12

    +26 +20

  • Juma, 13

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

2020-2023 yillarda birlamchi va ikkilamchi bozordagi uylarning o'rtacha narxlari 70-80 % ga oshgan

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan “O'zbekiston ko'chmas mulk va ipoteka bozori” hisoboti tayyorlandi.
Jamiyat
722 09:43 | 04.04.2024 09:43

Qayd etilishicha, uy-joy bozori dinamikasi, talab va taklif, uy-joyni sotib olish va ijaraga olish narxlari, davlat tomonidan uy-joy bozori ishtirokchilarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'rilayotgan choralar, shuningdek, aholini uy-joy bilan ta'minlashning dolzarb masalalari, yer uchastkalari va qurilish materiallarining narxlari kabi omillar tahlilini o'z ichiga oladi.


Asosiy xulosalar: 2020-2023 yillarda birlamchi va ikkilamchi bozordagi uylarning o'rtacha narxlari 70-80 % ga oshgan va bu mazkur davrda iste'mol narxlari o'zgarishidan mos ravishda 1,4 va 1,6 barobarga yuqori hisoblanadi.


Ipoteka kreditlari, ayniqsa davlat dasturlari doirasida past daromadli oilalar va birinchi marta uy sotib oluvchilar uchun mo'ljallangan imtiyozli ipoteka kreditlari uy-joyga bo'lgan talabni sezilarli darajada oshishiga olib kelgan.


Ma'lumot uchun: 2017 yilda aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 2,6 trln. so'mni tashkil etib, nominal YaIMga nisbatan 0,8 % bo'lgan bo'lsa, 2023 yilda ushbu ko'rsatkichlar mos ravishda 16,9 trln. so'm va 1,6 %ga yetdi. Bu esa 2023 yilda aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 2017 yilga nisbatan 6,4 barobarga ko'payganligini ko'rsatadi.


Uy-joy sotib olishni moliyalashtirishda tijorat banklarining roli va ahamiyati oshib bormoqda


Ma'lumot uchun: 2021 yilda ipoteka kreditlarini moliyalashtirishda banklarning o'z mablag'larining ulushi 8,9 % bo'lgan bo'lsa, 2022 yilda 26,3 % va 2023 yilda 33,9 % ga yetdi. Bu esa bank sektorining ko'chmas mulk bozorida ishtiroki tobora oshib borayotganligini ko'rsatadi.


2023 yilda Toshkent shahridan tashqari respublikaning barcha hududlarida birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti olgan aholining eng kamida 40 % dan ortiq qismi dastlabki badalning bir qismini qoplashda subsidiyalardan foydalangan.


Uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarining narxlari yildan yilga sezilarli darajada o'sib bormoqda


Ma'lumot uchun: Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlanmaguncha 2023 yildan yangi qurilishlarga moratoriy e'lon qilinishi natijasida qurilish uchun yer uchastkalari sotilishi to'xtatildi. Moratoriy e'lon qilinishidan oldin auksion savdolariga chiqarilgan va 2023 yilda sotilgan (3 lot) yerlarning 1 kv.m. uchun narxlar 6,3 mln. so'mdan 11,4 mln. so'mgacha bo'lgan qiymatlarni tashkil etdi.


Uy-joy qurilishi narxiga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biri bo'lgan sementning narxi pasaymoqda va mamlakatdagi sementga bo'lgan ehtiyojning mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoplanish darajasi ortib bormoqda. Shu bilan bir qatorda armatura narxi ham pasaymoqda.


Toshkent shahrining Yashnobod va Sirg'ali tumanlarida yerusti metrosining qurib, foydalanishga topshirilishi uy-joylarning ilgari poytaxtning boshqa tumanlariga nisbatan arzonroq bo'lib kelgan ushbu hududlarida turar joylarning jozibadorligi va qiymatining oshishiga hissa qo'shgan. Xususan, 2022 yilda uy-joylarning 1 kv.m. uchun o'rtacha narx Sirg'ali tumanida $775, Yashnobod tumanida $875 bo'lgan bo'lsa, 2023 yilda narxlar mos ravishda $979 ni (26,3 %) va $1087 gacha (24,2 %) ko'tarilgan. Yashnobod tumanidagi yangi uy-joy narxlari o'rtasidagi tafovut (standart og'ish) 2022 yilda 273, 2023 yilda 446, Sirg'ali tumanida esa mos ravishda 148 va 221 ni tashkil qildi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 1089 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 724 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 996 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 1005 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 10185 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 736 21:55 | 12.10.2024