Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 962.9814.88

  • EUR

    13 377.80-124.48

  • RUB

    123.682.67

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -2 C

  • 23:00

    -2 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 09-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -2 C

  • 23:00

    -2 C

  • Payshanba, 09

    -2 +20

  • Juma, 10

    -2 +20

  • Shanba, 11

    -2 +20

  • Yakshanba, 12

    +0 +20

  • Dushanba, 13

    +1 +20

  • Seshanba, 14

    +2 +20

  • Chorshanba, 15

    +2 +20

  • Payshanba, 16

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

15 million aholini o'ylantirgan muammoga yechim bo'lgan qonun

2024 yil 5 avgustda davlatimiz rahbari «O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida»gi qonunni imzoladi.
Jamiyat
500 10:52 | 03.01.2025 10:52

Ochig'i, ushbu hujjat ko'pdan buyon kutilayotgan edi. Сhunki u – o'n besh million nafar fuqaroning taqdiri bilan bevosita bog'liq masala. Ikki yil oldin e'lon qilingan rasmiy statistikaga ko'ra, 2 million 600 mingtadan ortiq (o'rganishlarga ko'ra, ayni paytda 3 million 600 tadan ortiq) xonadon egalari ham endi uy-joyini kengaytirish yoki oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ipoteka krediti, subsidiya kabi imtiyozlardan bemalol foydalana olishadi. Muxtasar aytganda, odamlarning yana bir muammosi qonuniy hal etiladigan bo'ldi.


Albatta, bundan ko'pchilik yurtdoshlarimiz xabardor. Xo'sh, bu jarayonlar qay tartibda amalga oshiriladi, uning shart va talablari qanday?


Abdushukur Hamidovich, suhbatimiz avvalida qonun haqida qisqacha ma'lumot bersangiz.


Avvalo, shuni aytishim kerak, oxirgi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot zamirida inson qadrini ulug'lash, bugunidan rozi bo'lib, ertangi kuniga ishonch bilan yashashini ta'minlash maqsadi mujassam. Xususan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilayotgan va amaliyotga tatbiq etilayotgan yer va kadastr sohasida ro'y berayotgan muhim o'zgarishlardan ham ana shu ezgu maqsad ko'zlangan. Aslida bu boradagi ishlar Shavkat Mirziyoev hokimiyat tepasiga kelgan davrdayoq boshlangan edi.


– Adashmasam, 2018 yilda e'lon qilingan bir martalik davlat aktsiyasini nazarda tutyapsiz...


– Ha, albatta. O'shanda qanchadan-qancha aholining ko'p yillardan beri yechilmay kelayotgan muammosi hal etilgan edi. Ayni shu aktsiya orqali minglab uy-joylarga kadastr hujjati rasmiylashtirildi.


Ushbu qonun ana shu ishlarning mantiqiy davomi bo'ldi, desam, mubolag'a bo'lmaydi. Сhunki bu muammoning ko'lami shu qadar keng va katta ediki, uni birgina aktsiya bilan hal etishning imkoni yo'q edi. Mamlakatimiz yetakchisi buni faqat qonun bilan hal etish kerakligini biz, mutasaddilarga tushuntirdi va topshiriq berdi. Shundan so'ng uch yil mobaynida tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda hujjatni tayyorladik.


Uning birlamchi maqsadi o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. U 2024 yil 8 noyabrdan kuchga kirdi va 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.


– Haqiqatan ham, mazkur hujjatni ko'pchilik vatandoshlarimiz intiqib kutayotgan edi. Buni, ayniqsa, uy-joyining huquqiy hujjati yo'qligidan hadikda yashayotgan fuqarolar juda yaxshi his qilishadi. Mana shu hujjat bilan ularning yelkasidan tog' ag'darildi. Nasib etsa, endi ularning xavotiri ariydi.



– To'g'ri aytdingiz. Ammo shu o'rinda bir narsani alohida izohlab ketishni istardim. U ham bo'lsa, ayni vaqtda yurtdoshlarimiz orasida go'yoki «o'zboshimchalik bilan yer uchastkasini egallab olsam, qonun doirasida bemalol hujjatlashtirib olaman», degan noto'g'ri xayolda yurganlar ham bor. Lekin buning iloji yo'q – qonun doirasida har qanaqa o'zboshimchalik bilan egallangan yer va mulklarga nisbatan huquqlar e'tirof etilmaydi. Bunda qat'iy belgilangan talablar bor, ya'ni mazkur hujjat 6 ta bob va 35 ta moddadan iborat bo'lib, unda quyidagi yer va mulklarga nisbatan huquqlar e'tirof etilishi belgilangan:


1) 2018 yil 1 may kuniga qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o'zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;


2) 2018 yil 1 may kuniga qadar fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko'rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;


3) «bir martalik aktsiya» doirasida huquqlarni e'tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;


4) 2021 yil 8 iyunga qadar tuman (shahar) hokimi qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;


5) bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turarjoylar hamda ular egallagan yer uchastkasiga;


6) kichik sanoat zonalariga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkasiga;


7) davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga;


8) hokim qarori bilan mulk huquqi e'tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga.


Bundan ko'rinib turibdiki, har qanaqa o'zboshimchalik bilan egallangan yer va mulklarga nisbatan huquqlar e'tirof etilmaydi.


Shuningdek, hozir ayrimlar «Qurilishi mavjud bo'lsa, e'tirof etilarkan», deb bo'sh yerga tezroq imorat qurish payida bo'lishyapti. Ammo ogohlantirishimiz lozimki, qonunda bu o'rinda 2018 yil 1 mayga qadar qurilgan ob'ektlar ko'zda tutilishi aniq belgilab qo'yilgan.


Demak, belgilangan davrdan keyin o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar tegishli tartibda bartaraf etiladi hamda ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin. Shunday ekan, fuqarolardan o'zboshimchalik bilan yerlarni egallamaslikni va unga imorat qurmaslikni so'rab qolamiz.


«O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida»gi qonunda asosan nimalarga e'tibor qaratiladi?


Unda huquqlarni e'tirof etishning asosiy shartlari aniq belgilangan. Masalan, ko'chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:


– yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auktsionga chiqarilmagan bo'lishi;


– yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;


– yer va mol-mulk solig'i bo'yicha qarzdorlik mavjud emasligi;


– muhofaza zonasida, sug'oriladigan yerda joylashmaganligi;


– bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo'lsa);


– har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a'zosi hisoblanishi va boshqalar).


– Huquqlarni e'tirof etish tartibi haqida ham ma'lumot bersangiz.


– Jarayonlar hududlar bo'yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli ma'lumot va hujjatlarni kelishish Kadastr agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizimga 15 ta vakolatli tashkilot ham tegishli ma'lumotlarini kiritadi.


To'plangan hujjatlarning to'liqligi va qonuniyligi viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan tekshirib chiqiladi. Ularning natijalari mahalla burchaklari, Kadastr agentligining sayti orqali jamoatchilikka e'lon qilinadi. Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga SMS-xabarnoma yuboriladi. U asosida bir martalik to'lovni amalga oshirganlarga har chorakda Xalq deputatlari viloyat kengashi qarori bilan huquqlar e'tirof etiladi.


Qonunga ko'ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:


–1998 yil 1 iyulgacha egallangan bo'lsa – 0,24 gektargacha;


–1998 yil 1 iyuldan 2018 yil 1 mayga qadar egallangan bo'lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.


Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo'lmasa, xonadon egasiga dehqon xo'jaligi yoki tomorqa xo'jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.


– Yer va binolarni qonuniylashtirish uchun aholidan qancha to'lov undiriladi?


– Albatta, mablag' undirishning ham belgilangan o'z tartib va me'yori bor. Unga binoan:


Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari, Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari, viloyatlar bo'ysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 aravari, boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari. Qolgan hollarda bir martalik to'lov tegishli hududdagi o'rtacha auktsion bahosi miqdorida to'lanadi.


Shuningdek, I va II guruh nogironligi bor shaxslar, 2018 yildagi «bir martalik umumdavlat aktsiyasi» doirasida yig'im to'lagan fuqarolar to'lovdan ozod qilinadi. «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga esa 50 foiz chegirma beriladi.


Prokuratura, ichki ishlar, agroinspektsiya, ekologiya, kadastr organlari qonunni amalga oshirishda davlat nazoratini o'rnatadi. Bundan tashqari, qonunda jamoatchilik nazoratiga alohida e'tibor qaratilgan, ya'ni xalq deputatlari tuman kengashlarining tegishli qarori asosida har bir mahallada jamoatchilik guruhi tashkil etiladi. Uning tarkibiga mahalla joylashgan okrugdan saylangan tuman kengashi deputati, mahalla raisi va faol fuqarolar kiritiladi.


– Yaqinda «E'tirof» avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqildi. Uning taqdimoti ham o'tkazildi. Shu haqda ham to'xtalsangiz.


– O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish axborot tizimi – «E'TIROF» AAT dasturi ishlab chiqildi.


Qonunning 14-moddasiga asosan vakolatli tashkilotlardan tegishli ma'lumotlarni va hujjatlarni o'zlarining axborot tizimlaridan «E'TIROF» AATga integratsiya qilgan holda elektron ravishda taqdim etilishi yo'lga qo'yildi. Dastur barcha uchun ochiq. Unda tasdiqlangan reja-grafik bo'yicha xatlovdan o'tkazilgan mahallalarni ko'rish imkoniyati bor. U xavfsizlik qoidalariga to'liq javob beradi.


– Ayni vaqtda hududlarda xatlov ishlari boshlab yuborildi. Jarayon qanday ketyapti? Uni xolis o'tkazish uchun qanday choralar ko'rilgan?


– Kadastr agentligi tomonidan 2024-2025 yillar uchun tasdiqlangan reja-jadval asosida respublikamizning 3 ming 878 ta mahallasida xatlov ishlari olib borilishi ko'zda tutilgan va mazkur jarayon allaqachon boshlab yuborildi.


Ushbu yillarda qaysi mahallalar xatlov qilinishi haqidagi ma'lumotni esa fuqarolarimiz Kadastr agentligining Kadastr.uz rasmiy sayti orqali bilishlari mumkin. Buning uchun saytga kirish va ekranda birinchi chiqqan ilovaning ustiga bosish kifoya.


Xatlovni shaffof o'tkazish hamda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan korruptsiya, tamagirlik va firibgarlik holatlarining oldini olish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay, ayrim firibgarlar o'zini kadastr xodimi sifatida tanishtirib, xatlov qilish bahonasida aholidan pul so'rab yurishganini ham eshitib qolyapmiz.


Shu o'rinda «Odamlar kadastr xodimi yoki firibgarni qanday ajratib olishadi? Bunday holatga uchraganlar qaerga murojaat qilishi zarur?» degan haqli savollar tug'ilishi tabiiy.


Mas'ul rahbar sifatida bir narsani qat'iy ta'kidlamoqchiman. Kadastr xodimi hech qachon xatlov uchun moddiy manfaat kutmaydi. Firibgarlik holatlari yuzasidan esa huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish kerak.


Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan xatlov jarayoniga turli vositachilarni aralashtirmaslik, kadastr xodimlariga «Tezlashtiring, imkonini qilib bering» degan turli vajlar bilan moddiy manfaatdorlikni taklif qilmaslikni so'rab qolgan bo'lardim.


Yana bir gap. Bu ishlarning boshida shaxsan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev turibdi. Shunday ekan, aholining tashvishlanishiga o'rin yo'q. Hammasi qonunda belgilanganidek, tegishli tartib-qoidalar va shartlar asosida amalga oshiriladi. Qisqasi, ushbu hujjatdan kim umidvor bo'lib turgan bo'lsa (nizoli holatlar bundan mustasno), hammasining hujjati rasmiylashtiriladi. Bunga shubha yo'q.


– Mazmunli suhbat va kerakli ma'lumotlar uchun tashakkur.



Suhbatni «ISHONCH» muxbiri


G'ulomjon MIRAHMEDOV


uyushtirdi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

1

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

Oybek

17:21 | 03.01.2025

HAZARASPDA MUHAMONDA YANGI HAYOD MAHALASIDA 20 UY KARORI YOK SHUNI TOGIRLASHKERAK

Maqolaga baho bering
0/5

1

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 2629 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat