Qashqadaryoda hisobot-saylov yig'ilishlari bo'lib o'tdi
O'zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat Kengashi tizimidagi Shahrisabz tuman "Ayollar muruvvat" uyida jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishiga doir hamda kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig'ilishi o'tkazildi.
Unda mehnat jamoasining amaldagi Jamoa shartnomasi bandlarining 2024-yilda bajarilishi bo'yicha Ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo'yicha sarhisobi tinglandi.
Hisobot-saylov yig'ilishlarda mehnat jamoasining jamoa shartnomasi talablari ijrosi yuzasidan tomonlar va kasaba uyushma tashkilotining hisobot davridagi faoliyatlari qoniqarli deb topildi.
Shuningdek, Shahrisabz shahar Temurbeklar maktabida Jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi bo'yicha hisobotlari tinglandi hamda hisobot-saylov yig'ilishi o'tkazildi. Majlisda O'zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat kengashi raisi M.Norova hamda tuman kengashi raisi R.Ishalieva ishtirok etdi.
Unda kasaba uyushmasi qo'mitasining 2020-yil fevraldan 2025-yil fevralgacha bo'lgan davr uchun bajarilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Muzokaraga chiqqanlar kasaba uyushmasi qo'mitasining ish faoliyatini qoniqarli deb baholadilar.
Ikkala yig'ilishda O'zbekistonda kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil to'lishi munosabati bilan Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar to'g'risida ma'lumotlar ham berildi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0