Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Azaldan javobsiz savol – hojatxona qaerda bor?

Mehmonga bormasligimiz, televizor ko'rmasligimiz, sutkalab biror narsa yemasligimiz mumkin. Lekin bir kunda bir necha marta hojatga chiqishimiz shart, hatto ovqatlanmasak, suv ichmasak ham! Bu jarayon o'z nomi bilan HOJAT, har kimning hojati muqarrar tushadi unga. Lekin har doim ham uyda yoki ishxonada bo'lmaymiz, shunda nima qilamiz?
Tahlil
1221 11:09 | 26.03.2024 11:09

Ko'plab muammolar singari jamoat hojatxonalari masalasida ham ma'lum bir nuqtaga yetib keldik. Ko'p marta yozilgan, aytilgan, hatto yuqori darajada qarorlar qabul qilingan, rejalar tuzilgan bo'lsa-da, bu borada biror yutug'imiz bilan maqtana olmaymiz. O'zbekistonda jamoat hojatxonalari dahshatli darajada kam, ulardan foydalanish madaniyati qo'rqinchli darajada past!

Inson umrini o'rtacha yetmish yil deb oladigan bo'lsak, odamzod o'z hayotining taxminan olti oyini hojatxonada o'tkazadi. Gadjetlar qo'ldan tushmaydigan bugungi kunda ayrimlarda bu muddat bir necha yilga yetsa ham ajablanmaslik kerak. Bu jarayon nafaqat bir inson uchun, balki butun jamiyat uchun muhim. “Biror oila haqida tasavvurga ega bo'lmoqchi bo'lsang, hojatxonasiga kirib ko'r” deb bekorga aytilmaydi. Bu tizimning qanday ishlashi bir oila emas, tashkilotlar, davlat muassasalari, ko'ngilochar va umumiy ovqatlanish maskanlari va umuman butun bir mamlakat haqida ham yetarlicha xulosa chiqarishga asos bo'lishi mumkin.

2018 yilga qadar bizda bu mavzu haqida rasman biror marta gapirilmagan. Go'yoki muammo yo'qdek edi. Lekin odam organizmi faoliyatini to'xtatib qo'ymadi, ehtiyoj saqlanib, oshib boraverdi. O'zbekistonda davlat boshqaruvi yangi qo'lga o'tganidan so'ng ko'p sohalar singari ko'pchilik aytishga ham uyalgan, aslida nihoyatda jiddiy mavzu bo'lgan hojatxonalar masalasiga ham to'xtalindi.

2018 yil boshida Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tashabbusi bilan O'zbekistonda hojatxona xizmatini takomillashtirish bo'yicha keskin islohotlar o'tkazilishi rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi. Hojatxonalar juda kamligi tan olindi va masala yechimi yuzasidan qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Hojatxona qurib ishga tushirganlarga bir qancha soliq imtiyozlari taklif qilindi.

Shundan keyin ham yillar o'tdi.

Mana shu satrlarni o'qiyotganlar o'z yashab turgan hududlari misolida bir o'ylab ko'rsinlar – qaysi shahar yoki tuman markazining biror ko'chasida yangi jamoat hojatxonasi qurildi yoki eskilari talab darajasida ta'mirlandi? O'zi jamoat hojatxonasi bormidi?

Hojatxonalar yo'qligi bitta masala. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham borki, u haqda gapirmasak bo'lmas. Bizning hojatxonalardan foydalanish madaniyatimiz ham nihoyatda og'riqli, doimiy targ'ibot va alohida tarbiyani talab qiladigan masala. Har qanday toza hojatxonani ham birpasda rasvo qilib tashlaymiz. Nima topsak tashlaymiz, chekamiz, nosvoy tuflaymiz, o'zimizdan keyin tozalab chiqmaymiz.

Hozircha maqtanadigan jihatimiz bitta – kesakdan hojatxona qog'oziga o'ta oldik xolos!
Bu borada islohotlarga muhtoj ekanmiz, qars ikki qo'ldan chiqishini tushunib yetishimiz shart.


Davlat:
1. Jamoat hojatxonalarining standartlarini ishlab chiqishi, hududlarga ko'ra tavsiyalar berishi lozim:

2. Bunday hojatxonalarni ishga tushirish tadbirkorlarga foydali bo'lishi uchun barcha ishlarni amalga oshirish, jumladan – zarur maydonlarni ajratish, subsidiyalar berish, zamonaviy tejash va tozalash texnologiyalarini joriy qilganlarga esa alohida imtiyozlar berish zarur;

3. Hojatxonalarni lozim darajada saqlab turganlar, muntazam faoliyatini ta'minlaganlarga soliqlardan ozod qilish masalasini ko'rib chiqish kerak;

4. Uyatli hisoblamasdan, jamoat joylarida, yetakchi OAVda hojatxonalar madaniyati bo'yicha targ'ibotni kuchaytirish zarur.

Aholi va tadbirkorlar:


1. Odamlar hojatxonadan foydalanishning elementar madaniyatini o'rganishlari shart. Rioya qilmagan hollarida ma'muriy jarimalarga tayyor turishlari zarur;


2. Tadbirkorlar bu ham foydali, ham savobli biznes ekanligini anglab yetishlari, o'z pullarini tikishga o'rganishlari maqsadga muvofiq. Sohada davlat qurilish olib borishi kerak, degan tushuncha ish bermaydi. Сhunki davlat yaxshi mulkdor bo'la olmasligi isbotini topgan, qolaversa, har bir nuqta bitta tadbirkorlik sub'ekti, kamida ikkita ish o'rni yarata oladi;


3. Har qanday do'kon, har qanday idora egalari o'z hojatxonalarini omma uchun berkitmaslikni o'rganishlari kerak. Yuqorida aytilganidek, birlamchi zaruratga zarur sharoitning bo'lmasligi, atrof-muhit va ozodalikda xunuk iz qoldiradi.

Faktlar:


* Antisanitar holat, yuqumli kasalliklar tufayli yiliga 1,5 millionga yaqin bola nobud bo'ladi. Bu bezgak, qizamiq va OITS kabi kasalliklar tufayli yuz beradigan o'limlar sonidan ham ko'proq. Holat hojatxonalar muammosiga uzviy bog'liq;


* Milliarddan ortiq odam o'z hojatini muntazam ravishda ochiq osmon ostida chiqaradi, ya'ni eng oddiy hojatxonaga ham ega emas;

Albatta, ertagayoq hamma tadbirkorning hojatxona qurishga kirishib ketishi yoki aksariyat aholining madaniyati oshib qolishiga ishonish qiyin. Ammo biz qachondir nimadandir boshlashimiz, xijolatli deb tashlab qo'ygan muammomiz ustida yeng shimarib ishlashimiz kerak.


Abror Zohidov



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1834 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1895 13:54 | 18.11.2023