Valyuta UZS
  • USD

    11 963.2350.85

  • EUR

    13 970.6697.5

  • RUB

    155.351.96

+6C

+6C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+6c

  • Hozir

    +6 C

  • 09:00

    +6 C

  • 10:00

    +7 C

  • 11:00

    +7 C

  • 12:00

    +8 C

  • 13:00

    +8 C

  • 14:00

    +8 C

  • 15:00

    +9 C

  • 16:00

    +8 C

  • 17:00

    +8 C

  • 18:00

    +7 C

  • 19:00

    +7 C

  • 20:00

    +6 C

  • 21:00

    +5 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 05-December

+6C

  • Hozir

    +6 C

  • 09:00

    +6 C

  • 10:00

    +7 C

  • 11:00

    +7 C

  • 12:00

    +8 C

  • 13:00

    +8 C

  • 14:00

    +8 C

  • 15:00

    +9 C

  • 16:00

    +8 C

  • 17:00

    +8 C

  • 18:00

    +7 C

  • 19:00

    +7 C

  • 20:00

    +6 C

  • 21:00

    +5 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • Juma, 05

    +6 +20

  • Shanba, 06

    +2 +20

  • Yakshanba, 07

    +4 +20

  • Dushanba, 08

    +6 +20

  • Seshanba, 09

    +5 +20

  • Chorshanba, 10

    0 +20

  • Payshanba, 11

    3 +20

  • Juma, 12

    +9 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bozorda muz, mahallada pista sotganlar: necha yoshdan pul topa boshlagansiz?

Sobiq Ittifoq qulagach, jamiyatimiz bozor iqtisodiyoti yo'lidan ketishni qat'iy belgilab oldi. Albatta, bu oson bo'lmadi. Hatto mana 34 yil o'tib ham, bu yo'lda turli murakkabliklarga duch kelmoqdamiz. Bozor qonunlari shafqatsiz, unda serharakat va uzoqni ko'ra olgan kishigina yutadi, aks holda qiyinchiliklar qarshisida dovdirab qolishingiz aniq.
Mehnat huquqi
431 16:33 | 19.09.2025 16:33

O'zbek xalqi mehnatkash, biri ikki bo'lishini istovchi halq. Ko'pchiligimiz yoshlikdan pul topishga, ota-onamizga yordami berishga harakat qilganmiz. Hayot bir tekis emas. Tirikchilik yo'lida qiziq voqealar ro'y berishi, qiyinchiliklar bo'lishi aniq. Quyida bir nechta, bir-birini mutlaqo tanimaydigan, jamiyatning bir bo'lagi bo'lgan insonlarni savol-javobga tutdik.


Savollar quyidagicha:


1. Necha yoshda qaysi sohaga kirib kelgansiz va qancha pul topa boshlagansiz?;


2. Ayni paytda shu ishingizni davom ettiryapsizmi?;


3. Hayotni qayta boshlash imkoni bo'lganida, ilk kirib kelgan sohangizni o'zgartirarmidingiz?


Bozorda muz sotganman, kunlik daromad 100-150 so'm edi...


Birinchi suhbatdoshimiz Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Bahodir Ismatullaev bo'ldi. U 41 yoshda. Bahodirning aytishicha, u 13-14 yoshdayoq pul topish harakatiga tushgan. Bu taxminan 1998-99 yillarga to'g'ri keladi. “Oson bo'lmagan davrlar edi. Bozorda baklajkada muz, ko'kat sotganman. O'ntacha muz olib chiqardim, 100-150 so'm kunlik daromad bo'lardi. 19 yoshimda do'konga sotuvchi bo'lib ishga kirganman, oyligim 30 ming so'm edi. Ayni paytda boshqa sohada faoliyat yuritmoqdaman. Hayot qayta berilganida ham baribir shu xato, kamchilik. yutuqlarni boshdan kechirardim, chunki hayot voqeliklar ketma-ketligidan iborat. Hozirgi kundagi daromadim umumiy 5 ta ishda kamida 16-17 mln so'mni tashkil etadi, nolish yo'q, yetib turipti. Rizq Allohdan, toki shuni anglamas ekanmiz boy bo'la olmaymiz”, deydi u.


Poytaxtda istiqomat qiluvchi Angelina Umnova 21 yoshni qarshiladi. U dastlab 16 yoshida o'quv markazida fotograf bo'lib ish boshlagan edi. Hozirda Angelina erkin ijodkor sanaladi. “Fotograflik bilan shug'ullanaman, undan tashqari talabaman, Frantsiyaning “Suez” kompaniyasida tajriba orrtiryapman (shartnoma asosida)”, deydi yosh ijodkor. Agar yana ortga qaytish imkoni tug'ilsa, hozirgi ishlarimni qaytadan boshlar edim, deydi u. Qahramonimizning o'rtacha oylik daromadi hozirda 800-900 dollarni tashkil etadi.


Frantsiyalik Marining hikoyasi


Hamma joyning o'z tarozisi bor, albatta. Bizga sehrli diyor kabi tuyuladigan Yevropa va AQShda ham aslida yashash osonmas, doimo mehnat qilish kerak. Frantsiyalik 26 yashar Mari o'z faoliyatini 22 yoshida aviakompaniyada marketing tahlilchisi sifatida ish boshlagan, o'shanda oylik daromadi 1000 yevroni tashkil etardi. U hozir boshqa sohada faoliyati olib boradi. “Dastlab menda boshqa tanlov bo'lmagani uchun marketingchi bo'lib ishlashga majbur bo'lganman. Hozirda uyim bor ijaraga berganman va kompaniyada ishlayman, o'rtacha 3 ming yevro daromadga egaman, deydi Mari.


“Toshkentda istiqomat qilaman, ismim Fazliddin, 37 yoshdaman”, deydi navbatdagi suhbatdoshimiz. U dastlab pul topishni 9 yoshda ippodromda koka-kola sotishdan boshlagan, oyiga 1500 so'm topgan. Ammo hozir bu ishni davom ettirmaydi. “Agar hammasini boshidan qayta boshlash imkoni bo'lsa, jon deb o'sha ishni qilardim, chunki o'ylab qarasam daromadli ish bo'lgan ekan. Hozirda sherikchilikda chorva biznesi va nasiya savdo bo'yicha tadbirkorlik qilaman, davlat ishida ham ishlayman. Oylik daromadim o'rtacha 22-25 mln so'mni tashkil qiladi”, deya xulosa qiladi Fazliddin.


30 yoshli Husan esa tirikchilikni dastlab 12 yoshda sotuvchilikdan boshlagan. Hozirda 2 ta davlat ishi va 1 ta xususiy korxonada ishlaydi, ilmiy ish qilish arafasida. Husan bo'lajak olim sanaladi. Yana takrorlash imkoni bo'lsa, jon deb sotuvchilikdan boshlardim. Сhunki bu menga hayotda katta tajriba bergan, deydi u. Oylik daromadi esa hozirda o'rtacha 20 mln so'mni tashkil etadi.


Сhet eldan mol olib kelib, 5 ming dollargacha daromad ko'ryapman...


Toshkentlik Muhammadsodiq hozir 22 yoshda. U 12 yoshida bozorda choy, kompot sotish bilan hayotda ilk qadamlarini boshlagan (210 ming oylik daromad bilan). “Ko'p ishlarda o'zimni sinab ko'rganman. Turli mahsulotlar sotganman, shashlik pishirdim, oshpazlik qilganman. Agar yosh bola bo'lib qolganimda ikkilanmay yana bozorga chiqardim. Hozir davlat ishida ishlayman, nasiya savdo biznesim bor, undan tashqari moykaga ishlagani chiqib turaman. Tirikchilikning aybi yo'q, erkak kishi ishdan qochmasligi, oilasini ta'minlashi kerak. Oylik daromadim o'rtacha ming dollarni tashkil etadi, deydi yosh qahramonimiz.


Qirq yoshni qarshi olgan Maqsuda esa 12 yoshda Сhorsu bozoridan pista,qurut kabi mayda-chuydalar olib kelib, mahallada sotgan. Aytishicha, o'shanda 50 ming so'mgacha kunlik daromad qilgan. Hozirda Maqsuda chet eldan mol keltirib sotadi, daromadi oyiga 5 ming dollargacha chiqadi. Ortga qaytishni iloji bo'lganda ham pista sotishdan boshlagan bo'lardim, shukur kam bo'lmadim, deya xulosa qiladi ayol.


Bank ishini emas, ijodni istovchi yigit


Nargiza Mamaziyaeva hozirda poytaxtda yashaydi. U 39 yoshda, jurnalistika sohasida tahsil ko'rgan. Bir muddat maktabda o'qituvchilik qilgan.


– Boshida o'z soham bo'yicha ish topishga qiynalganman. Turmush o'rtog'im aytganligi uchunmi, maktabda ish boshlaganman, oyligim kam edi, hatto miqdori ham esimda yo'q. Ayni paytda ishimni o'zgartirdim, o'qigan sohamga qaytdim. Avvaliga gazetada ishladim, hozirda matbuot xizmatida ish yuritmoqdaman. Hayotni qayta boshlash imkoni bo'lganida, ilk kirib kelgan sohangizni o'zgartirarmidingiz? Qiziq savol. Ha, o'zgartirar edim, o'g'lim logistikada ishlaydi, ayollar uchun ham qulay ekan-, deya fikrini bildirdi hamkasbimiz.


Ko'pchilik oppoq ko'ylakda, shinam ofislarda ishlovchi bankirlarga havas qiladi. Turli reytinglarda bank sohasida faoliyati yurituvchilar yuqori maosh olishi ta'kidlanadi. Ammo Qashqadaryo viloyatida tug'ilgan Farrux Qurbonov bilan suhbatlasharkanmiz, kutilmagan javoblarni oldik.


Farrux 2015-2019 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olgan. O'kish paytida 2-kursdan kunlik ishlarga chiqib, daromad topgan. O'zining holatini bankir quyidagicha tariflaydi: “O'shanda kunlik ish narxi 70 000 so'm edi. 25 yoshimda muntazam buxgalterlik kasbida ishlay boshladim. Dastlabki oyligim 550 000 so'm bo'lgan. Bu hatto stipendiyamdan kamroq edi, chunki doim a'lo bahoga o'qib, yaxshi stipendiya olganman. Ayni paytda bank soxasida ishlayman. Agar hammasini boshqatdan boshlash imkoni bo'lsa bankni tanlamagan bo'lar edim. Ijod kilsa bo'ladigan, yayraydigan sohani tanlagan bular edim. Kunlik ish rejimim 08:00 dan 22:00 gacha. Bu rejimda qattiq charchayman. Bank ishi bu faqat chiroyli kreslolarda o'tirish emas. Katta mas'uliyatni talab qiladi”.


Albatta, biz yuqori uyushtirgan savol-javoblar turli kishilarning sub'ektiv fikrlariga asoslanadi. Bunday jarayondan deyarli barcha kishi o'tgan. Hech kim darrov yumshoq kresloga o'tirib qolmagan, yuqori maoshli ishga erishmagan. Sizchi, siz o'zingizning mustaqil hayotdagi ilk qadamlaringiz haqida nima deya olasiz?


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Mehnat huquqi
Shifokorlar huquqi tiklandi
0 2252 12:32 | 26.09.2023
Mehnat huquqi
Mehnat huquqi