Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+7C

+7C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+7c

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+7C

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • Chorshanba, 27

    +7 +20

  • Payshanba, 28

    +10 +20

  • Juma, 29

    +8 +20

  • Shanba, 30

    +6 +20

  • Yakshanba, 01

    +4 +20

  • Dushanba, 02

    +4 +20

  • Seshanba, 03

    +3 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Dunyoni o'zgartirgan olti kun

Olti kunlik urush dunyoni tasavvur qilib bo'lmas darajada o'zgartirib yubordi.
Kolumnistlar
464 12:06 | 10.06.2024 12:06

Millionlab arab qochqinlari hayoti tahlika ostida qoldi. 1964 yilda eski tuproqlarini qaytarib olish maqsadida Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT) tuzildi. Nihoyat, arablar bu tashkilot ostida birlasha boshladilar. Unga inqilobchi Yosir Arofat bosh bo'ldi.


1948-1949 yillardagi Isroil-­arab urushi ishtirokchisi, keyinchalik Misr rahbari bo'lgan Jamol Abdul Nosirning bu paytga kelib mavqei ancha tushib ketgan edi. U partiyasini Suriya sotsialistik partiyasi bilan birlashtirib, Baas – Uyg'onish partiyasini tashkil etishga muvaffaq bo'ldi. Uning mafkurasi jo'shqin arab millatchiligi va davlat sotsializmi bilan yo'g'rilgan edi. Ayollar va erkaklar huquqlari hamda alohida ayollar huquqlari, diniy ozchiliklar tengligi, erkin so'z, fuqarolik erkinligi, demokratiya uchun kurash olib boruvchi yangi harakat yuzaga keldi.


Olti kunlik urushdan keyin bu partiya Iroqda hokimiyatni qo'lga kiritdi, bir muddatdan keyin u Saddam Husayn boshqaruviga o'tdi.


O'sha paytlarda Misr arab dunyosining markazi edi. Voqealar rivoji natijasida Makka va Madina singari muqaddas shaharlari bo'lgan Saudiya Arabistoni podshohligi bu mavqega da'vogarlikni boshladi. Katta neft' zaxiralariga ega bu davlatning AQSh bilan munosabatlari har tomonlama rivojlanayotgan zamonlar edi.


«Musulmon birodarlar» Misr chegarasidan chiqib, Suriya, Iordaniya, Arabiston yarim orolining boshqa mamlakatlari hisobiga kengaya bordi.


Ikkinchi jahon urushidan keyin Fors ko'rfazi sohillarida ham keskin o'zgarishlar yuzaga kelgan ediki, bu mintaqada ham olti kunlik urushga teng voqealar kuzatilardi.


Amerika va Eron o'yini


Musulmon davlatlar AQShni Birinchi jahon urushida taniy boshlagan, o'shanda amerikaliklar yaxshi taassurot qoldirishgan edi. Ikkinchi jahon urushi paytida uning erkinlik, adolat va demokratiya tamoyillariga sodiqligi, shuningdek, harbiy qudratidan, tezkor va samarali harakatlaridan va saxiylik bilan gumanitar yordamni tarqatishlaridan hayratlangan edilar.


Urush tugashi bilan prezident Franklin Ruzvel't Amerikaga ma'naviy yetakchilik rolini olib berdi. U Uinston Сherchill' bilan birga barcha mamlakatlarni ozod etish va demokratlashtirishga qaratilgan Atlantika xartiyasini qabul qildi. Shuningdek, Qo'shma Shtatlar tashabbusi bilan BMTda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu esa AQSh butun dunyoda siyosiy erkinlik va demokratiya tarafdori ekanining namoyishi edi.


Bunday qarash avvaliga Eronga ham ma'qul keldi. Ittifoqchilar va xayrixohlar urush paytida fashistlar bilan kelishib yurgani uchun Rizo Pahlaviyni taxtdan ketkazdilar. Eronliklar 1906 yildagi Konstitutsiyani, parlamentni tiklash, erkin saylovlar o'tkazish fursati yetganiga ishondilar.


Eronliklar ana shunday umidlar bilan saylovga oshiqdilar va dunyoviy qarashlarga ega Muhammad Musaddiqni bosh vazir etib sayladilar. U neft' zaxiralari nazoratini qo'lga kiritish vazifasini o'z zimmasiga oldi va «British Petroleum» bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.


Bu o'zboshimchalik AQShga yoqmas edi. Markaziy razvedka boshqarmasi 1953 yilning avgust oyi oxirida qonli davlat to'ntarishini amalga oshirdi. Minglab begunoh kishilar vafot etdi, Musaddiq uy qamog'iga olindi. Rizo Pahlaviyning o'g'li (uning ham ismi Rizo Pahlaviy edi) taxtga keltirildi. U ham vaqtni boy bermasdan Eronning neft' zaxiralarini «boshqarish» huquqini Qo'shma Shtatlar bilan xalqaro neft' konsortsiumiga qo'shqo'llab topshirdi.


Eronning bunday xoinligi musulmon dunyosini larzaga soldi. Bor-yo'g'i uch yil o'tib, Eyzenxauerning aralashuvi bilan Suvaysh kanali boshqaruvi Misrga o'tkazib berildi. Bu amal baribir musulmonlar orasida amerikaliklarga nisbatan iliqlik uyg'otmadi.


Erondan shimolga qarab sovuq urush shabadasi esa boshladi. Katta o'yin boshlangunga qadar chor Rossiyasi Sovet ittifoqi deb ataladigan bo'ldi, Buyuk Britaniyaning roli tamoman AQShga o'tdi, ammo mafkura o'zgarmadi: bosqinchilik, zo'ravonlik tahdid­lari, ba'zan qonli to'ntarish davom ettirildi.


Katta o'yinning asosiy maydoni Eron va Afg'oniston edi. XIX asrda chor Rossiyasi, keyinchalik Sovet ittifoqi ham Afg'oniston orqali Fors ko'rfaziga yo'l ochishga intildi. Geologlar dunyo neft' zaxirasining 65 foizi Fors ko'rfazi va uning atrofidagi suvlar ostida, shuningdek, Shimoliy Afrikaning bir necha musulmon mamlakatlarida mavjudligini tasdiqladilar.


Neft' daromadi, uning infratuzilmasini rivojlantirishdagi hissasini sanab o'tirishga hojat yo'q. O'tgan asrning 50-yillariga kelib, eksportchi davlatlarning daromadi ellik foizga yetdi, mintaqaga valyuta suvdek, neftdek oqib kelishi ta'minlandi.


Shuncha boylik va daromad, afsuski, mamlakatlarni kambag'allikdan chiqarish uchun sarflanmadi. Musulmon olamida bosqinchilarga qarshi noroziliklar tingan bir paytda, mahalliy kelishmovchiliklar kuchayib bordi. Marokash va Misrdan tortib, to Pokiston qamoqxonalari norozi xalq va dissidentlar bilan to'lib-toshdi.


Eronda bo'lgani kabi madaniy va siyosiy keskinlik hech yerda kuzatilmadi. Kichik Rizo Pahlaviy Otaturk yo'lidagi dunyoviy modernist edi, ammo shoh totalitar harakatlari bilan avtokrat hisoblanardi. U xalqning g'azabini qo'zg'agan maxfiy politsiya tuzdi, Qo'shma Shtatlar bilan Eron suverenitetiga bevosita tahdid soladigan ochiqdan-ochiq, namoyishkorona shartnomalar imzoladi.


Oyatullo Humayniy esa musulmonlarning Qur'on va hadislarda keltirilgan «haqiqiy» islomdan chetlashib qolayotganini aytib, shohga qarshi chiqdi. 1964 yilda shoh Humayniyni Erondan haydab yubordi.


1967 yildagi olti kunlik urush Qo'shma Shtatlar boshchiligida islom dunyosiga qarshi yangi imperialistik bosqinni boshlab berdi. Isroilning harbiy qudrati AQShning qo'llab-quvvatlashiga bog'landi.


Jamol Abdul Nosirning vorisi Anvar Sadat 1973 yilda yahudiylarning Yom-Kippur diniy bayrami kuni to'rtinchi Arab-Isroil urushini e'lon qildi. Dastlabki kunlari Misr armiyasi muvaffaqiyatga erishdi, keyin esa Amerikaning ko'magi bilan Isroil g'olib chiqdi.


1960 yilda a'zolarining o'n ikkitasidan to'qqiztasi musulmon davlat bo'lgan OPEK o'zining navbatdagi yig'ilishi kuni unga a'zo mamlakatlarda norozilik aktsiyalari o'tkazildi. Neftdor davlatlar tashkiloti 1973 yilgacha o'z uchrashuvlarida siyosiy masalalar bilan uncha qiziqmas edi. O'sha yili esa neft' «quroli»dan foydalanib, Isroilni qo'llayotgan davlatlarga nisbatan neft' embargosi e'lon qilindi. Bu qarorning sanoat dunyosiga ta'sirini tasavvur qilish qiyin emas.


Shunday qilib, dunyoviy modernchilarning olami qulash darajasiga yetib keldi.


Qarshi chiqqanlarga kun yo'q


Birinchi bo'lib Pokiston Bosh vaziri Zulfiqor Ali Bxutto «uchdi». Kaliforniya universiteti bitiruvchisi, sotsialistik Xalq partiyasi yetakchisini 1977 yilda islomchi general Ziyo ul-Haq lavozimidan olib, qamoqqa tashladi, keyin osib o'ldirdi.


1978 yilda dunyoviy so'l, islom sotsialistlari va shia inqilobchilari koalitsiyasi tuzilib, Eron shohini mamlakatdan quvib solishga erishildi. Islom sotsializmining yangi mafkurasiga asoslangan hukumat tuzilishiga ishonganlar «chuchvarani xom sanab qo'yganlik­larini» keyin anglab yetdilar. Humayniy vaqtinchalik ittifoqdoshlarini chalg'itib, 1979 yil 4 noyabr' kuni Amerika elchixonasiga bosqin uyushtirdi, 66 kishini hibsga oldi. Kelasi yili u Eronni «Islom Respublikasi», deb e'lon qildi.


Sovet ittifoqining Afg'onistondagi sakkiz yillik urushi mamlakatni xarob ahvolga keltirgani ma'lum.


Yigirmanchi asrning so'nggi ikki o'n yilligida dunyoviy islomning mag'lubiyati keng ma'noda kuzatildi. Jazoirda dunyoviy hukumat Islomni qutqarish fronti qamaliga mahkum bo'ldi. Falastinda FOT o'z o'rnini ­XAMASga bo'shatib berdi. Mintaqada diniy mafkuraga asoslangan «Islomiy jihod» mustahkamlandi. Isroilning Livanga bosqini bilan FOT o'z qarorgohini Tunisga ko'chirishga majbur bo'ldi. Bo'shagan bu yerga Hizbulloh tashkiloti kelib joylashdi.


«Musulmon birodarlar» Suriya va Iroqda G'arbda hali ma'lum bo'lmagan Baasga qarshi uzoq davom etadigan urush e'lon qildi. Sunniy dunyoviy modernist, Iroq hukmdori Saddam Husayn Xumayniyning taxtga kelishi bilan 1980 yilda Eronga qarshi urush boshladi.


Vashington Tehronni qo'ldan chiqarib qo'ygach, Iroqqa pul va qurol-aslaha bilan yordam berishni yo'lga qo'ydi.


Eron-Iroq urushi 1988 yilda tugadi. Eron dushmanga qarshi jasorat ko'rsatdi, Iroq bor mablag'ini sovurib, o'zi xarobalar ichida qoldi.


Saddam Husayn ikki yildan so'ng Quvaytning neft' boyliklariga egalikni orzu qildi. Amerika esa uning avantyurasini qo'llamadi.


Qo'shma Shtatlar buning o'rniga o'ttiz besh davlatning boshini birlashtirib, koalitsiyaga bosh bo'lib, sobiq ittifoqdoshiga qarshi «Sahrodagi bo'ron» urushini boshladi. Qaqshatqich zarbalar oqibatida xarobga aylangan Iroq mag'lub bo'ldi, ammo Saddam o'z hokimiyati, armiyasi va respublika gvardiyasini qo'lida saqlab qolsa-da, uning hayoti keyinchalik fojiali yakun topdi.


Urushdan keyin BMT Iroqqa qarshi sanktsiyalar qo'llab, amalda uni tashqi dunyodan uzib, uni eng kambag'al davlatlar darajasiga tushirib qo'ydi.


2001 yilning 11 sentyabridan keyin jahon miqyosida yangi tarix yozila boshlandi.


Abror XON


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 804 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 902 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar