Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 985.019.96

  • EUR

    13 284.96-188.33

  • RUB

    129.84-2.54

+6C

+6C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+6c

  • Hozir

    +6 C

  • 14:00

    +7 C

  • 15:00

    +7 C

  • 16:00

    +7 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +4 C

  • 20:00

    +3 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 04-February

+6C

  • Hozir

    +6 C

  • 14:00

    +7 C

  • 15:00

    +7 C

  • 16:00

    +7 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +4 C

  • 20:00

    +3 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 04

    +6 +20

  • Chorshanba, 05

    +8 +20

  • Payshanba, 06

    +10 +20

  • Juma, 07

    +8 +20

  • Shanba, 08

    +7 +20

  • Yakshanba, 09

    +1 +20

  • Dushanba, 10

    +3 +20

  • Seshanba, 11

    +1 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Qarz oldi-berdisi: Va'da vafosi bilan go'zal

Moddiy yetishmovchiligi bo'lgan, pulga ehtiyojmand kishi ming bir o'y, ne bir istihola bilan ro'zg'ori badastir, topish-tutishi to'kis bo'lgan qarindoshi, do'sti, hamkasbi yoki tanishiga murojaat qiladi.
Kolumnistlar
853 11:37 | 19.01.2024 11:37

Issiq yuz, javdirab turgan ko'zlarga qarab kimningdir mehri iyadi, mayli, uzar, va'da qilyapti-ku, deb so'ragan pulini berib yuboradi. Yana bir toifadagilar qarz oldi-berdisida «og'zi» ko'p kuygani uchun puli yetarli bo'lsa ham ehtiyojmandning ra'yini qaytaradi. Xullas, qarz olish va berishda kutilgan-kutilmagan holatlar uchraydi.


Qarz so'ragan kishi esa, haqiqatan ham, qiynalib turibdi, uni imkon qadar qo'llab-quvvatlagan kishi savobga qoladi. Masalaning qonuniy, hayotiy jihatlari shunchalik murakkabki, qarz olish va berishda ba'zan do'st-birodarlik, qarindosh-urug'chilik munosabatlariga darz ketadi.


Rasmiylashtirish ishonchliroq


Qarz so'raganning bir yuzi, puli bo'la turib, bermaganning ikki yuzi qizil. Huquqiy savodxonligi yetarli bo'lmagan kishilar qarz munosabatlarining qonuniy asoslarini bilmasliklari tufayli afsus-nadomatda qoladilar. Mamlakatimiz qonunchiligida qarz berish va uni uzishning normalari belgilab qo'yilgan.


– Fuqarolik kodeksining 41-bobi qarz va kredit masalalariga bag'ishlangan, – deydi yuridik fanlar doktori, professor Mirodil Barotov. – Xususan, bobning 732-735-moddalarida qarz shartnomasini rasmiylashtirishning tartib-qoidalari ifodalangan. Jumladan, 732-moddada shunday deyiladi: «Qarz shartnomasi bo'yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo'la yoki bo'lib-bo'lib, o'shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiya­tini oladi. Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisob­lanadi». Ushbu moddalarda belgilangan normalar notarial xizmat sohasida ishlaydigan yurist-huquqshunoslar zimmasiga katta ­mas'uliyat yuklaydi. Huquq-tartibot organlariga aynan shu masala yuzasidan murojaatlar ko'p bo'ladi. Ba'zan qarzdor o'z majburiyatini unutib, pulni qaytarish muddatini cho'zadi, aldaydi, turli firibgarliklar yo'liga o'tadi. Bunday kezda qarz beruvchi sud organlariga shikoyat qiladi, ammo uning qo'lida oldi-berdi bo'yicha hech qanday hujjat bo'lmagani ishning yanada chigallashishiga sabab bo'ladi. Oluvchi beruvchiga yozma tilxat bergan bo'lishi mumkin, ammo u notarial tasdiqlanmagan bo'lsa, hech qanday qonuniy xarakterga ega emas. Oluvchilar o'rtasida tonadiganlar ham uchraydi. Ko'pchilik fuqarolarimizda shakllangan huquqiy madaniyat, o'zbekona «Va'da vafosi bilan go'zal» naqliga amal qilib, lafzida tursa, bunga nima yetsin? Ammo guruch kurmaksiz bo'lmagani kabi ayrim kimsalarning katta-katta summalarni kimlardandir olib, chuv tushirishi bir muammo bo'lsa, ishning notarial tartibda rasmiylashtirilmagani yana bir og'riqdir. Shu bois oilada, maktabda, mahallada har bir kishiga katta summadagi qarz oldi-berdisini qonuniy jihatdan rasmiylashtirish tartib-qoidalari haqida tushuncha berilishi lozim.


Berganning savobi ko'p(mi?)


Puli bo'lib, yo'q deydigan kishidan ko'ra, bu holatni to'g'ri tushunib, bor holicha yordam berib yuborgan kishining yuzi yorug'. Shaxslararo munosabat shu darajada murakkabki, bu o'rinda qarz bergisi kelmagan odamni ham ayblash balki noo'rindir. Ehtimol, u topgan daromadini boshqa maqsad uchun yo'naltirayotgandir. Qarz olib, bergisi kelmagan insonlarga insof-diyonat so'raymiz, xolos.


* * *


«Qarz» so'zining lug'aviy ma'nosi – «kesish». Qarz bergan kishi molidan bir qismini kesib, boshqaga bergani sababli shunday deyiladi.


Qarz olish va berish jamiyat hayotida uchraydigan tipik hodisa. Kimdandir katta miqdorda qarzdor bo'lishni hech kim istamaydi. Bunga turmushda uchraydigan muammolar sabab bo'lishi mumkin. Ammo duch kelgan tanish-bilishidan qarzga pul olib, buni uzish xayoliga kelmaydigan, asl maqsadi «chuv tushirish» bo'lgan kimsalardan ehtiyot bo'lgan yaxshi.


Eng muhimi, qarz berish va uni uzishda har bir shaxsning oilaviy muhitda olgan tarbiyasi muhim ahamiyatga ega. Imkon qadar qarz oluvchi bo'lmagan ma'qul…



Hulkar TO'YMANOVA,


O'zbekiston Respublikasida


xizmat ko'rsatgan jurnalist



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 984 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 1070 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar
Kolumnistlar