Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+13C

+13C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+13c

  • Hozir

    +13 C

  • 20:00

    +10 C

  • 21:00

    +7 C

  • 22:00

    +7 C

  • 23:00

    +6 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+13C

  • Hozir

    +13 C

  • 20:00

    +10 C

  • 21:00

    +7 C

  • 22:00

    +7 C

  • 23:00

    +6 C

  • Chorshanba, 27

    +13 +20

  • Payshanba, 28

    +14 +20

  • Juma, 29

    +9 +20

  • Shanba, 30

    +8 +20

  • Yakshanba, 01

    +6 +20

  • Dushanba, 02

    +5 +20

  • Seshanba, 03

    +4 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Anis Hamid: “Kitob va ilmsiz yuksalish mumkinligiga ishonmayman”

“Green Card” yutgan bo'lsa-da, Amerikaga ketishdan voz kechib, 300 nafardan ortiq kishini ish bilan ta'minlagan iqtisodchi-tadbirkor Anis Hamid bilan suhbat
Kolumnistlar
771 10:19 | 17.01.2024 10:19

– Siz bir paytlar bugun millionlab odamlar o'ynaydigan va kamchilikka nasib qiladigan yutuq – AQShga viza, ya'ni “Green Card” yutgan ekansiz. Ammo undan foydalanmagansiz. Vaqtlar o'tib, bu ishingizdan afsuslanmadingizmi?


Yo'q, o'ylamayman ham ortiqcha, faqat o'sha payt ketganimda bugun qaerda bo'lardim, qay manzildan ortimga qarardim deb o'zimga savol beraman. Ammo bu afsus yoki nadomat emas, ko'pincha o'zimni tergash, xulosa ma'nosida bo'ladi.


2008-yilda “Green Card” yutdim. Ko'rib turganingizday men shu yerdaman, ketmadim. U payt Samarqand bank kolleji talabasi edim. Bu kutilmagan yutuq hayotimni butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin edi, lekin unday bo'lmadi. Bilasiz, o'sha paytlarda hamma talabalar, kollej, maktab o'quvchilari o'quv yilining uch oy vaqtini paxtada o'tkazardi. Bizni ham paxtaga olib chiqishgan. “Green Card”ni paxta dalasida o'ynaganman. Kursdoshlarim to'planib qandaydir qog'ozlarni to'ldirib yotibdi, avvaliga e'tibor bermadim, ular hadeganda egatlariga tushavermagach, men ham qiziqib, ularning yoniga bordim.


O'shanda viza dallollari kelib ma'lumotlarini olib, lotereyaga hammani qiziqtirib yotgan ekan, men ham eng oxiri bo'lib o'ynadim. Hamma charchagan payt edi, erinib yozib olishdi, keyin qarangki, butun kollej bo'yicha faqat menga omad kulib boqqan.


O'sha vaqtda 18 yoshdaman, Amerika bilan bog'liq hech qanday orzularim yo'q edi. Men shu kollejni a'lo baholarda tugatishni va O'zbekistonning nufuzli oliy dargohlariga kirishni va shu yerda mehnat qilishni istardim. To'satdan, Amerika paydo bo'ldi. Boshida ikkilanib qoldim, bir tarafda o'zimning, ota-onamning men bilan bog'liq rejalari, ikkinchi tomondan sehrli va sirli Amerika!


O'n kunlarcha “Green Card” yutganimni hech kimga aytmay yurdim. Bilganlar shovqin solishi tayin. Сhunki bizning davlatda “Amerika orzusi” sehrli bir kuchga ega, odamlar u yerda mehnat qilmasang ham boyib ketish mumkin, deb o'ylashadi. Yoki qashshoqlik va zerikarli hayotiga Amerika barham berishiga ishonadi. Agar undan kimgadir yutuq chiqsa hamma narsa o'zgaradi, senga munosabat, e'tibor, qarz beradiganlar, hatto turmushga chiqish taklif qiladiganlar ham ko'p uchrarkan.


Lekin menda unday vasvasa hech qachon bo'lmadi. “Amerika orzusiga tushib qolmadim, ikkilandim, xolos! O'zimga ishonchim shu qadar baland ediki, men Amerikasiz ham baxtli va boy bo'lib yashashim mumkin, deb o'ylardim. Shunchaki u shaharga qiziqishim bor edi, orzularimni ushaltiradigan maskan sifatida faqat Amerikani ko'rib qolmagandim. Vasvasaga tushib qolganlardan farqim shudir balki.


1991-yil tug'ilganman. O'sha yili vatanimiz mustaqil bo'lgandi. Menga buni yoshligimdan otam ham, onam ham, ustozlarim ham qulog'imga qo'yib kelgan: “Bolam, sening qadaming oilamizga juda qutlug' kelgan. Sen tug'ilgan yili muhimi Vatanimiz ozod bo'lgan! Buni hech qachon unutma, sen yaxshi odam bo'lishing shart”, derdi. Bizni birinchi sinfga qabul qilgan ustoz: “Men mustaqilligimiz darakchilari, mustaqillik tengdoshlarini o'qitayotganimdan faxrlanaman”, derdi. Shuning uchun men uchun Vatan boshqa narsa! Uni kamchiliklari, qiyinchiliklari, azoblari bo'lishi mumkin, lekin u Vatan! Bu gaplar kimlar uchundir balanparvozdek tuyulishi mukin, ammo haqiqat.


– «Green Card»dan yutganingizni eshitganlar qanday munosabat bildirishdi? Ular bugun ham buni eslab turishadimi?


– «Green Card»dan yutganimni birinchi bo'lib otamga aytdim. O'yladimki, otamning fikri boshqacha bo'lishi mumkin, balki ketishimni, u yerda o'qishimni istar. Otam uzoq o'ylanmay menga hech qachon esimdan chiqmaydigan bir gapni aytgandi o'shanda:


«Anis, seni nimaga o'qityapmiz? Endi tiling chiqqanidan aytganman-a, sen o'qishing kerak, yaxshi odam bo'lishing kerak, qaergadir pul uchun ketishing kerak emas. Bilaman, sen Amerikaga o'qish uchun ketmaysan, u yerga borib ishlashing kerak. Xo'p, qancha pul topasan, hayotning mazmuni pulmi, mashina yo uymi? Xo'p, shularni olasan, lekin sening maqsading boshqa-ku! Hammasini qandaydir lotereya o'zgartirib yuborishi mumkinmi? Sening qadriyatlaring shunchalar arzonmi? Senda maqsad bormi o'zi? Maqsadu orzularingni bunchalar arzon sotsang ertaga kim degan odam bo'lasan?


Men o'sha payt Amerikaga ketganimda ko'p narsa topgan bo'lardim, balki, nufuzli joyda o'qirdim ham, lekin hayotda eng muhim bo'lgan narsa, ota-onam va Vatanim ishonchini yo'qotgan bo'lardim. Men otamning so'nggi kunida yonida bo'lolmasdim, uni parvarish qilolmasdim.


Yaramas viza dallollari keyingi yil ham paxtaga keldi. Ular qandaydir yo'llar bilan mening yutganimni bilib olishibdi. Endi ular reklamani zo'r qilishardi: «Ana sizlarda o'qiydigan Anis g'olib bo'lgan, ahmoq bola ekan, bunaqasini birinchi marta ko'rishim, ketmadi!» Buni eshitgan hamma viza dallollari atrofida battar qiy-chuv qilar, odamlar “Amerika vasvasasi”ga tushib qolganini shu on payqadim. Viza dallollari aytganday, “ahmoqlik qilib”, “bitta joyning boshiga yetib” Amerikaga ketmaganman.


– Kompaniyangiz nima bilan shug'ullanadi? Bir tadbirkor sifatida jamiyat va xalqning qanday muammolarini hal qilyapman, deb ayta olasiz.


Biz autsorsing xizmatlari bilan shug'ullanamiz. Bir necha yillar oldin “Governess Business” autsorsing kompaniyasiga asos soldik. Bugungi kunda yemak markazlari, yetkazib berish xizmati hamda ko'plab maktabgacha ta'lim muassasasini sifatli ovqat bilan ta'minlab kelamiz. Maqsadimiz xalqimiz, millat bolalarining yaxshi va sog'lom kamol topishiga xizmat qilish, buning uchun foydali, sifatli taom bilan oziqlantirish, bolamizga ravo ko'rgan narsani ularga ham ra'vo ko'rish.


– Nega aynan bu biznes turini tanladingiz? Pul ko'pligi uchunmi?


Biznesga kirishimning sababi faqatgina pul topish emas. Biror biznesni boshlarkanman, uning natijalari meni ruhlantira olmas ekan, hech qachon bu ishni boshlamayman. Hatto katta pulning tagida qolib ketish va'dasi tursa ham. Сhunki ichimda o'zimga ichilgan ontlarim, maqsadlarim bor, agar har tomonga yo'rg'alayversam, bularning hech biriga erishib bo'lmaydi. Ko'pchilik kuchli tadbirkorlarning gapi shu va bunga men ishonaman, hech qachon biznes shunchaki faqat pul topish uchun emas, u insonning istaklari va maqsadlari bilan quriladi.


– Bugungi kunda autsorsing kompaniyalari ko'payib ketdi, bu bizga nima beradi, deb o'ylaysiz? Autsorsing o'zi nima?


– Autsorsing, sodda qilib aytganda, sizning tashkilotingizga ko'mak beruvchi tashqaridagi boshqa bir tashkilot. U shartnoma asosida tashqi manbalardan, ya'ni autsorsing xizmatini ko'rsatuvchi korxonalar xizmatidan foydalanishni bildiradi. Ya'ni kompaniya ma'lum ishlarini ishonchli bir kompaniyaga topshiradi, lekin bunda ishning sifati va samaradorligi asosiy o'rinda turadi. Autsorsing atamasi tashqi manbalar iborasidan kelib chiqqan bo'lib, bu bizda bugun keng foydalanayotgan bo'lsa ham, tarixi biroz olisroq. The Economist nashrida o'qib qoldim: bu xizmatIkkinchi jahon urushi davridan beri mavjud. O'sha paytdagi kontseptsiyasi ko'pincha biznes jarayonini, masalan, ish haqini qayta ishlash, da'volarni ko'rib chiqish, operatsion va yoki shartnoma tuzishni o'z ichiga olganligi aytiladi.


Autsorsing bugun juda keng tarmoqli sohalarda mavjud. Rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarishni autsorsing qilish, IT sohasida, bilimlarni boshqarish yo'nalishida, korxona infokommunikatsiya tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish jabhasida, qo'yingki, qariyb sohalarda yo'lga qo'yilgan. Bizda bularning hammasi ham yo'q, lekin bu juda muhim va ular juda tez sur'atlarda kirib kelmoqda. Autsorsing bu kelajakdir.


– Tadbirkor uchun bilim qanchalik kerak? Ko'pgina odamlarda hozir o'qimasdan ham boy bo'lish mumkin, degan qarash bor, siz bunga qanday qaraysiz?


– Maqsad nima, avvalo shunga qaraladi. Ko'pchilik faqat pul topishnigina o'ylaydi va uning xayoliga kitob va ilm kelmaydi. Lekin pulning barqarorligi va kuchini saqlash bu, shubhasiz, ilmdir. Men ilmsiz tadbirkorlik kelajagini tasavvur qilolmayman, kimdir kitob bilan pul topish mumkinligini tasavvur qilolmaydi. Сhunki ularga kunlik savdo yaxshi bo'lsa bo'ldi, ular istiqbolni, qay bir masalani yechayotgani haqida o'ylamaydi.


Inson o'z oldiga maqsad qo'yar ekan, bu uning hayotidir, deb hisoblayman. Maqsad bu hayot. Agar siz olib-sotar bo'lsangiz va biznesingizni shu yo'lda, shu foydada qoldirishni istasangiz, sizga kitob o'qishni tavsiya qilish xato bo'ladi, chunki siz o'qimaysiz. Lekin siz ulkan korporatsiyalarga asos solishni va katta shirkatlarni boshqarishni istasangiz sizga ilm, tajriba va katta muhit kerak bo'ladi. Men kitob va ilmsiz yuksalish mumkinligiga ishonmayman.


– Hozirgi kunda hamma biznes-trenerga aylangan. Ularga munosabatingiz qanday, ular nega bolalab ketdi, deb o'ylaysiz?


– Prezidentimizning oxirgi yillar tadbirkorlarga berayotgan e'tiborlari natijasida biznesga qiziqqan yoshlar ko'paydi, hamma tadbirkor bo'lishni, boyishni, yaxshi yashashni istaydi, lekin hamma ham tadbirkor bo'lavermaydi. Soxta treningchilarning, motiv-torlarning ko'payib ketishining sababi xalqning bu borada savollari va og'riqlari ko'pligidir. Ko'pchilikda elementar iqtisodiy bilimlarning yo'qligi, maktabda, oliy o'quv yurtlarida bu fan shunchaki o'tib ketilishi, keyin odamlar kayfiyatidagi umumiy tushkunlik, nimadandir oson qutulish, nimagadir oson erishish g'oyasining mavjudligi bosh sabablardan biridir, deb o'ylayman. Bu odamlar axborotga to'yingandan keyin o'z-o'zidan yo'qolib ketishiga ishonaman. Lekin hozir ko'pchilik soddaligidan foydalanib, ularni rosa puch yong'oq bilan siylayapti, men soxta treningchilarga borishdan oldin, o'sha “ustozlarning” qaerda o'qiganligi, shu paytgacha nimalarga erishganligi va nimalar qilganligi haqida surishtirib ko'ring. Bir odamni bilaman “Qanday boyish sirlari haqida” dars o'tadiyu, o'zi hammadan qarzdor bo'lib yuradi, ularning o'quvchilarini tasavvur qilaman.


Suhbatni G'ulomjon Mirahmedov uyushtirdi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
5/5

1

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

Х.З

13:57 | 17.01.2024

Хулоса кила оладиган фикрларни олдик!

Maqolaga baho bering
5/5

1

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 803 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 901 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar
Kolumnistlar