Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+13C

+13C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+13c

  • Hozir

    +13 C

  • 20:00

    +10 C

  • 21:00

    +7 C

  • 22:00

    +7 C

  • 23:00

    +6 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+13C

  • Hozir

    +13 C

  • 20:00

    +10 C

  • 21:00

    +7 C

  • 22:00

    +7 C

  • 23:00

    +6 C

  • Chorshanba, 27

    +13 +20

  • Payshanba, 28

    +14 +20

  • Juma, 29

    +9 +20

  • Shanba, 30

    +8 +20

  • Yakshanba, 01

    +6 +20

  • Dushanba, 02

    +5 +20

  • Seshanba, 03

    +4 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Samosud”: beboshliklarning asosiy sababi nimada?

Bugun jamiyatimizda sodir bo'layotgan ayrim voqealar ko'nglimizni xira qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekanmiz, yoshlarning turli bachkana qiliqlari, bema'ni tortishuvlari-yu jiddiy huquqbuzarliklari odamni tashvishga soladi, o'yga toldiradi.
Kolumnistlar
878 12:20 | 26.09.2023 12:20

Deyarli har kuni birovga tan jarohati yetkazish, shilqimlik qilish, bezorilik va hatto o'ldirish bilan bog'liq achinarli voqealarga guvoh bo'lyapmiz. Ayniqsa, yosh qizlar orasida bir-biri bilan janjallashish, ochiqdan-ochiq tan jarohati yetkazish tobora ko'payib boryapti. Bu albatta achinarli holat.


V odnoy iz shkol Gulistana neskol'ko devushek ustroili jestokiy samosud nad shkol'nitsey — video – Novosti Uzbekistana – NOvA24.UZIjtimoiy tarmoqlarda g'azabdan uch-to'rt kishilashib bir yoshgina qizning qo'l-oyog'ini bog'lab, shafqatsizlarcha kaltaklashgani, qasdi bo'lgan ayolning sochlarini kesib haqoratlashgani, bir qizni ko'pchilik o'rab olib, tiz cho'ktirib kechirim so'ratishgani, hatto ona-bolani sudrab-tepkilab baqir-chaqir qilishayotgani kabi ko'ngilsiz tasvirlarni ko'rishimiz mumkin. Qizig'i, samosudni sodir etganlarning aqli-hushi joyida, hatto oxirgi paytlarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning ishtirokchilari – internet orqali tanilgan yosh qizlar.


Tarqalgan videolardan so'ng ularning aksariyati shunchaki uzr so'rash bilan cheklanmoqda yoki qo'lga olinganlari ham biroz o'tmay qo'yib yuborilmoqda. Keyin esa hech narsadan tap tortmaydigan blogerlar ichki ishlar xodimlari sha'niga ham “chiroyli” so'zlar aytib o'yinlarini bemalol davom ettirishyapti. Bularga kim bu darajada erkinlik berayotgani esa noma'lum.


Xo'sh, samosud – “o'zicha sudlash” nima va nimasi bilan xavfli? Birinchidan, “o'zicha sudlash” oqibatida jazolangan shaxs aslida aybsiz bo'lishi yoki aybdor-u, lekin jazo adolatli bo'lmasligi, ya'ni arzimagan qilmish uchun jiddiy jazo berib yuborilishi mumkin.


O'zicha sudlash ko'pincha jahl ustida, his-hayajon bilan amalga oshiriladi. Shu bois bu paytda jazolayotgan shaxslar jazo adolatli bo'lishi kerakligini o'ylab o'tirmaydi, odatda kuchi yetganicha jazolab yuboraveradi.


Qolaversa, samosud bu – tartibsizlik va madaniyatsizlik bo'lib, hukumat bunday holatlarga qarshi keskin kurashishi lozim. Сhunki har qanday tartibsizlik jamiyat rivojiga to'sqinlik qiladi, millat obro'siga salbiy ta'sir ko'rsatadi.


samosudXo'sh, bizda yoshlar o'rtasida tobora kuchayib borayotgan bunday tartibsizliklarni nazorat qiluvchi idoralar yo'qmi? Bor, albatta. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiya, uning joylardagi bo'linmalari, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar ishlari bo'yicha komissiya, Yoshlar ishlari agentligi... Har birining tegishli vazifalari bor. Xususan, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish, ularning nazoratsizligi, huquqbuzarliklarini aniqlash bilan bog'liq masalalarni o'rganish va umumlashtirish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash bo'yicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqish, nazorat qilish, huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon tug'diruvchi sabablar va sharoitlarni tahlil qilish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqish masalalari ularning e'tiborida. Ammo bu borada aniq chora-tadbirlarni kuzatmayapmiz. Yoki faqat matbuot anjumalarida yillik hisobotlarni eshitish bilan cheklanganmiz.


samosudInternet tarmoqlarida odamlarni junbushga, xavotirga soladigan voqea-hodisalar paydo bo'lganida nega bu idoralarning faollari hech bir munosabat bildirishmaydi? Faqat ayrim paytlarda huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli choralar ko'rilgani aytib o'tiladi xolos. Qolgan idoralarning tegishli bo'limlari bu masalalarda sukut saqlashni ma'qul biladilar. Vaholanki, millatimiz taqdiri, ertamiz, kelajagimiz mana shu bugungi yoshlarning o'ylari, xatti-harakatlari, maqsadlari bilan bog'liq emasmi?


Balki “o'zicha sudlash”ga sabab bo'lgan voqealarda jabrlanganlarning ham ayblari bordir. Ya'ni xiyonat, haqoratlash, shaxsini kamsitish, noo'rin fikr bildirish, tuhmat qilish, o'g'irlik va shunga o'xshash holatlarda ayblangan kimsalar o'zlarini nazorat qila olmasdan darrov samosud qilishga boradi. Lekin shunisi aniqki, nima bo'lganda ham aybdorlarni aniqlash va jazolashni istalgan odam amalga oshirib ketaverishiga haqqi yo'q. Buning uchun tegishli davlat organlari faoliyat ko'rsatadi. Biror shaxsni noqonuniy harakati uchun jazolamoqchi bo'lgan odam ichki ishlar, milliy gvardiya, prokuratura va boshqa davlat organlariga murojaat qilishi kerak.


Shu o'rinda savol tug'iladi: xo'sh, jamiyatda bunday beboshliklarga qanday omillar sabab bo'lyapti? Nega yoshlar bu qadar rahmsiz bo'lib borishmoqda? Oila psixologi Alisher Nasirov bu haqda shunday deydi:


– Jamiyatda odob-axloq me'yorlari bir necha tabaqaga bo'linib ketgan. Sababi: internet olami, so'z erkinligi, ayrim shaxslar o'ziga e'tiborni qaratish maqsadida videolar olish va uni tarqatishni maqsad qilib olgan.


Odamlarda vahshiylik, ur-to'polon, janjal va mudhish hodisalarni ko'rishga, eshitishga, o'qishga moyillik bor. Buning asosiy sababi o'z hayotida bo'layotgan muammolarni bir daqiqaga bo'lsa ham esdan chiqarish, shu yo'l bilan, o'zining ichki xavotirlaridan taskin topishidadir.


Qolaversa, aholiga oddiy xabarlarning qizig'i qolmayapti. Bundan foydalangan blogerlar turli yo'llar bilan mashhurlikka erishishga intilyapti. Qaerda talab bo'lsa, o'sha yerda taklif vujudga keladi. Ya'ni yoshlarning ko'pchiligi internet olamida gurkirab janjalkash, betgachopar, behayo video va maqolalari bilan nom chiqarishga harakat qilyapti.


Va bu nomdan, mashhurlikdan foydalanib, kuchi yetgan odamlarni do'pposlash, haqoratlash, sharmanda qilish tobora oddiy holga aylanib bormoqda. Bunday boshboshdoqliklarning asosiy sababi oiladagi tarbiyaning sustligidandir. Ba'zi ota-onalar farzandlariga o'rnak bo'lish o'rniga, o'zlari ham tajovuzkor, kompromisga bormaydigan, ozgina janjal bo'lsa, darrov telefonga yopishib, videolar olish, shantaj qilishga o'tishgan.


Oiladagi muhit, internetdagi behayo qizlar, televizorda ko'rsatilib kelinayotgan ayrim saviyasi past seriallar targ'iboti, qorishmasida hosil bo'lgan bugungi jamiyatimizning ahvoli mana shu. Shu bois tarbiyani oiladan boshlashimiz, bolalarimizga har ishda o'zimiz namuna bo'lishimiz lozim.


Biz ayni maqolada yoshlar o'rtasidagi samosudga to'xtalib o'tdik xolos. Jamiyatda naqafaqat yosh avlod, balki ayrim shavqatsiz yoshi kattalar ham bir-birlarini ayovsiz kaltaklab, haqoratlab, razillik balosiga oshno bo'lishyapti. Odamlar orasidagi bunday holatlar muammoli va xavotirli...


Gulruh ODAShBOEVA
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 803 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 900 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar
Kolumnistlar