Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 985.019.96

  • EUR

    13 284.96-188.33

  • RUB

    129.84-2.54

+7C

+7C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+7c

  • Hozir

    +7 C

  • 15:00

    +7 C

  • 16:00

    +7 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +4 C

  • 20:00

    +3 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 04-February

+7C

  • Hozir

    +7 C

  • 15:00

    +7 C

  • 16:00

    +7 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +4 C

  • 20:00

    +3 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 04

    +7 +20

  • Chorshanba, 05

    +8 +20

  • Payshanba, 06

    +11 +20

  • Juma, 07

    +10 +20

  • Shanba, 08

    +7 +20

  • Yakshanba, 09

    +2 +20

  • Dushanba, 10

    +4 +20

  • Seshanba, 11

    +1 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Pul sayraganda, vijdon sukut saqlaydimi?

Bolalar bog'chasidan kelgan farzandingizdan “bog'chada nima ovqat yeding?”, deb so'raysiz, albatta. U esa har doimgidek, “makaron va shunga o'xshash suyuq ovqat” deb javob beradi. Yoki bir bo'lak buxanka nonga murabbo surtib, bog'chadan kavshanib qaytayotgan kichkintoylarga ham ko'zimiz tushadi gohida.
Kolumnistlar
801 11:03 | 12.09.2023 11:03

Aslida, maktabgacha ta'lim tashkilotidagi taomnomaga qarasangiz, sariyog'dan pishloqqacha har turli mazali ovqatlarni ko'rib, yoqa ushlaysiz. Ana endi rizqlari tuya qilinayotgan bola bechoralarning rangi borgan sari zahillashib borayotgani-yu, mudira opaning kundan-kunga ikki beti qizarib, to'lishib borayotganini ko'ring!


Keling, iddaomiz quruq bo'lmasin.


– Kattaqo'rg'on tumanidagi «S. Murodqosimov» va «Z. Ibragimov» hamda Payariq tumanidagi «J.Toshmatov» yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat ko'rsatmayotgan bo'lsa-da, ularga subsidiya mablag'lari ajratib berilgan, – deydi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov. – Nega moliya bo'limlari bunga tomoshabin? Nega kunlik nazorat yo'q? Kim bundan manfaatdor? Aslida, tuman prokurorlari qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligini ta'minlab berishlari shart.


Taassufki, davlat byudjetini bunday talon-toroj qilish holatlarini respublikamizning barcha viloyatlarida uchratish mumkin.


– Mudira opa tekshiruvchilar kelishidan oldin o'ziga qarashli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidan 20 nafar bolani olib, xususiy bog'chasiga o'tkazib qo'ydi. Tekshiruvchilar ham anoyi emas ekan. Anchadan beri artilmagan changlarni ko'rib, bog'chaning faoliyat yuritmaganini sezishibdi, – deydi uzoq yillardan beri maktabgacha ta'lim tizimida ishlayotgan, nomini oshkor qilishni xohlamagan xodima. – Avvallari tuman maktabgacha ta'lim bo'limi muhri bilan har oyda kunlik menyu blankalarini olardik. Ularni moliya bo'limiga topshirishdan avval bizdagi asl nusxa qayta yozib chiqilardi. Yangi menyu ma'lumotlarida qayd etilgan oziq-ovqatning nari borsa 50 foizi tarbiyalanuvchilarga beriladi, xolos. Qolaversa, autsorsing usuliga o'tilgach, menyularning kunda-kunora tekshirilishidan ham qutuldik. Biror kun menyu tuzilmasa, naqd kallamiz ketgudek bo'lardi. Endi menyu to'ldirish hech kimning parvoyiga kelmaydi, ta'minotchi bilan kelishilgan holda tuman maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan qo'l uchida to'ldirib qo'yilyapti.


Qarang-a, vijdon bo'lmasa, norasida go'daklarning rizqini qiyishning ming bir usuli bor ekan. Yoki pullar tilga kirganda, vijdon sukut saqlaydimi?


Ammo bolalarini bog'chaga berib, ularning nima yeb, nima ichayotgani bilan qiziqmayotgan ota-onalar haqida nima deyish mumkin? Agar ota-onalar bolalarining ovqatlanishi bilan qiziqqanida, bog'chadagi o'g'irliklarga oz bo'lsa-da to'siq qo'yilarmidi? Axir jamoatchilik nazorati shundan boshlanadi-ku!


– Men rahbarlik qilayotgan bolalar musiqa va san'at maktabini quruvchilar ko'z oldimda 2 million so'mlik qurilish ashyosi sotib olib, joriy ta'mirni boshlashdi, – deydi ism-sharifini oshkor qilishni istamagan yana bir maktab direktori. – 20 kundan keyin ularning boshlig'i salkam 90 million so'mlik ishni bajargani to'g'risidagi hujjatga qo'l qo'yib berishimni so'rab, oldimga kirdi. Unga buncha katta pul sarflamaganini aytib, hujjatga qo'l qo'ymayman dedim. Lekin u ham moliya bo'limiga 10 million so'm “shapka” berganini, xarajatlari ko'payib ketganini aytib, dardini doston qildi…


Taassufki, davlat va xalq mulkiga xiyonat qilish holatlari ko'paysa ko'payyaptiki, aslo kamaymayapti. Bu esa xalqning adolatga va qonun ustuvorligiga bo'lgan ishonchini so'ndirmoqda.


Senatning Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo'mitasining bergan ma'lumotlariga ko'ra, aksariyat korruptsiyaga oid jinoyatlar sog'liqni saqlash, xalq ta'limi, maktabgacha ta'lim, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari hamda bank tizimi tashkilotlariga to'g'ri kelgan. Bu vazirliklar davlatga 1 trln. 282 mlrd. so'm moddiy zarar yetkazgan.


Avvallari davlatga yetkazilgan zarar millionlar, milliardlarda o'lchangan bo'lsa, endi trillionlik “marralar” zabt etilyapti. Bunga esa bolalar bog'chasidagiga o'xshash holatlarga beparvolik, loqaydlik sabab bo'lmayaptimi, deb o'ylab qolasan kishi.


Frantsuz yozuvchisi Onore de Bal'zak aytganidek, “qonun mayda pashshalar ilinib, yiriklari qutulib ketadigan to'r emas”! Andijon shahar xalq ta'limi bo'limi mansabdor shaxslari 2018 yil noyabr' oyidan 2020 yil noyabr' oyiga qadar bir guruh shaxslar bilan oldindan o'zaro jinoiy til biriktirishib, UzAsbo dasturiy majmuasiga ulangan buyurtmachilarning oylik ish haqlari hamda boshqa to'lovlari bo'yicha so'rovnomalari va to'lov topshiriqnomalarini soxtalashtirgan holda to'lovga taqdim qilib, 48,5 mlrd. so'm byudjet mablag'larini o'zlashtirganlikda gumonlanib, hozirda surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda. Bu borada Andijon shaharining sobiq hokimi Bahrom Haydarov ham ulardan ortda qolmagan ko'rinadi. U eski lavozimida (viloyat moliya boshqarmasi boshlig'i) ishlagan vaqtida sheriklari bilan 48 mlrd. so'm byudjet mablag'larini talon-toroj qilishda ayblanmoqda.


Ahvol shu darajaga yetganki, korruptsiya, poraxo'rlikni yoshlarimiz oddiy hol, deb qabul qilmoqda. Yoshlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovda respondentlarning 39 foizi pora berishni korruptsiya deb hisoblamasliklarini bildirishgan. Bu haqda Senatning yalpi majlisida korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Milliy ma'ruza bilan chiqish qilgan Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov ma'lum qilgan.


Halollik, shaffoflik va hisobdorlikni targ'ib qilish borasidagi chet el tajribasiga nazar tashlasak, Nepal, Pokiston, Shri-Lanka va Nigeriyada halollik kampaniyasi sezilarli ta'sir ko'rsatgan. Mazkur yo'nalishda halol davlat xizmatchilari shou-teleko'rsatuvlarida oshkora mukofotlanganlar. Nomzodlar keng jamoatchilik tomonidan ko'rsatilib, qo'l telefonlari orqali anonim ovoz berilgan. Bu esa korruptsiyaga qarshi kurashda fuqarolik jamiyati ishtiroki va imkoniyatini oshirishga yordam bergan.


Vaqt o'tgan sari jamiyatimizni yemirib borayotgan bu illat ildizini taqiq yo jazo bilan quritib bo'lmasligini yanada yaqqolroq anglab yetyapmiz. Axir kasalni davolash uchun yaranigina emas, yaraga omil bo'layotgan sabablarni ham aniqlashimiz kerak emasmi?


Anvarjon HALIMOV


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 985 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 1071 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar
Kolumnistlar