Turkmaniston 2024da Maxtumquli ijodini o'rganishni kuchaytirmoqchi
Turkmanistonning O'zbekistondagi elchixonasida 2023 yil yakunlari va Turkmanistonda 2024 yilning “Maxtumquli Firog'iy tafakkuri xazinasi yili” deb e'lon qilinishiga bag'ishlangan brifing bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari, keng jamoatchilik vakillari va ziyolilar, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ma'lumki, 2023 yil Turkmanistonda «Arqadog' Serdar bilan baxtli yoshlar yili» deya e'lon qilingan edi. Turkmanistoning Favqulodda va Muxtor elchisi Sh.Meredov o'z nutqida yil yakunlari haqida anjuman ishtirokchilarini tanishtirar ekan, prezident Serdar Berdimuhammedov rahnomaligida Turkmaniston ichki va tashqi siyosatda qo'lga kiritgan muhim yutuq va muvaffaqiyatlar haqida ma'lumot berib o'tdi. Mamlakat iqtisodiy qudrati va xalq farovonligini yanada yuksaltirish, fuqorolarning ijtimoiy-maishiy turmushini yaxshilash, milliy manfaatlarni himoya qilish, shuningdek, umumbashariy tinchlik va barqarorlikni ta'minlash borasida yuritilayotgan odilona siyosat haqida batafsil to'xtaldi.
Mamlakatda savdo-iqtisodiy, neft-gaz, transport -kommunikatsiya va qishloq xo'jaligi sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar Turkmaniston davlatining taraqqiyot yo'lidan borishiga salmoqli hissa qo'shmoqda.
Turkmaniston diplomatik missiyasi rahbari Turkmanistonning jahon miqyosidagi mavqei izchil mustahkamlanib borayotganini qayd etib, Turkmaniston tashabbusi bilan 2023 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan bir ovozdan qo'llab-quvvatlangan 4 ta — «Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo uchun previntiv diplomatiya mintaqaviy markazining roli», «Jahon barqaror transport kuni»,» Barqaror rivojlanishni ta'minlashda ishonchli va barqaror energiya ulanishining asosiy roli» va «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun barcha transport turlari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash» rezolyutsiyalarini eslatib o'tdi.
Bundan tashqari, elchi Sh.Meredov Turkmaniston va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi so'nggi yillardagi faol hamkorlikni e'tirof etib o'tdi. Uning ta'kidlashicha, ko'p yillardan beri davom etayotgan oliy darajadagi do'stona va konstruktiv muloqotlar ikki davlat o'rtasidagi hamkorolik aloqalarning rivojlanishiga asosiy turtki bo'lmoqda.
Shungdek, tadbirda Turkmanistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sh.Meredov 2024 yilda buyuk turkman mutafakkiri va shoiri Maxtumquli Firog'iy tavalludining 300 yilligi va 2024 yilni “Maxtumquli Firog'iy tafakkuri xazinasi yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan mamlakat va xorijda o'tkaziladigan tadbirlar borasida ham ma'lumot berdi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0