Qiziqarli fakt: Italiya va Vatikan o'rtasidagi chegara qanday belgilangan?
Mashhur jinoyatchi Al' Kaponeni qotillik va boshqa xavfli jinoyatchilari uchun emas, soliq to'lamagani uchun qamoqqa tiqishgan. Сhunki uning og'ir jinoyatlariga oid dalil bo'lmagan.
• Odamlarlarning taxminan 15 foizi tirnog'ini g'ajish odatiga ega.
• Shizofreniyaga chalingan odam boshqalarga qaraganda kamroq esnaydi.
• Ilk yozuv mashinkasi 1874-yilda qurol ishlab chiqaradigan “E.Remington and Sons” kompaniyasi tomonidan chiqarilgan.
• Katta odamning tanasi taxminan 100 trillion hujayradan iborat.
• Los-Anjelesda tuzlangan bodringlarni sotish taqiqlangan, chunki uning ko'rinishi va hidi odamlarni haqoratlashga teng.
• Vashington shtatidagi Uilbur shahrida tasqara yoki kasal otda yurish qonunga xilof sanaladi.
• 1920-yilgacha bolani pochta orqali jo'natish qonuniy hisoblangan.
• Qadimgi Xitoyda yo'lda qaroqchilik qilganlarning burnini kesishgan.
• 2005-yilda olimlar dinozavrning qotib qolgan qon tomirlarini topishgan.
• 2007-yilda sotilgan audiodisklar soni sotilgan toza CDlar soniga tenglashgan.
• Ko'zlarimiz har kuni uyg'oq paytimizda o'rtacha 30 daqiqa yumuq bo'ladi. Bu kiprik qoqqanimizda sodir bo'ladi.
• Ayollarning 100 yil umr ko'rish ehtimoli erkaklarga qaraganda 70 foiz ko'proq.
• 1864-yilda eng katta daromad solig'i 3 foizni tashkil qilgan.
• Britaniya markasida surati chop etilgan qirollik oilasiga mansub bo'lmagan birinchi odam Uil'yam Shekspir bo'lgan.
• Tyubik shaklidagi birinchi tish pastasi 1892-yilda chiqarilgan “Dr. Shefield's Creme Dentifrice”dir.
• “Godzilla” fil'mida ishlatilgan Godzillaning modeli 100 kilogramm bo'lib, uretan va bambukdan yasalgan.
• Internetda eng keng tarqalgan tillar – ingliz, ispan, yapon va rus tili.
• Odamlar o'rtasidagi muloqotni yaxshilash umidida Lyudvig Zamenxov 1887-yilda internatsional Esperanto (umid qiluvchi) tilini yaratgan. Biroq bu til ommalashmagan.
• Oksford lug'atidagi eng uzun so'z Floccinaucinihilipilification bo'lib, “biron narsaga past baho berish” degan ma'noni anglatadi.
• Peruda Quechua degan til bor. Bu tilda kartoshkani ming xil so'z bilan atash mumkin.
• Qog'oz kuponlar vositasidagi birinchi reklamani Coca-Cola kompaniyasi 1887 yilda o'tkazgan.
• Italiya va Vatikan o'rtasidagi chegara asfal'tga chizilgan oq nuqtali chiziqdan iborat.
• X'yustondagi Minute Maid Parkda maydoni 0.465 gektarga teng harakatlanuvchi shisha eshik bor.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0