Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+13C

+13C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+13c

  • Hozir

    +13 C

  • 20:00

    +10 C

  • 21:00

    +7 C

  • 22:00

    +7 C

  • 23:00

    +6 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+13C

  • Hozir

    +13 C

  • 20:00

    +10 C

  • 21:00

    +7 C

  • 22:00

    +7 C

  • 23:00

    +6 C

  • Chorshanba, 27

    +13 +20

  • Payshanba, 28

    +14 +20

  • Juma, 29

    +9 +20

  • Shanba, 30

    +8 +20

  • Yakshanba, 01

    +6 +20

  • Dushanba, 02

    +5 +20

  • Seshanba, 03

    +4 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Kreml urush va adovat qo'zg'ayotgan bu kabi shovinistlarga chora ko'rishi kerak” – Zaxar Prilepin provokatsiyasiga faollar munosabati

Kuni kecha “Spravedlivaya Rossiya – za pravdu” partiyasi hamraisi Zaxar Prilepinning O'zbekiston hududini Rossiyaga qo'shib olish zarurligi haqidagi taklifi mamlakatimizda chuqur tashvish hissi bilan qabul qilingani hech kimga sir emas. Ijtimoiy tarmoqlarda ziyoli qatlam vakillari, deputat va jurnalistlar, tadbirkorlar  bunga o'z munosabatini bildirdi. ishonch.uz sayti mavzuga diqqat qaratib, faollarning fikrini jamladi.
Kolumnistlar
616 16:19 | 22.12.2023 16:19

Sharofiddin To'laganov, siyosiy sharhlovchi:


Endi xalq uyg'onishi kerak. Ziyolilar – yozuvchi va shoirlar, jurnalist va blogerlar, olimlar mustaqillikni saqlab qolish yo'lida oldingi safda bo'lishi kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda oddiygina post orqali munosabat bildirish ham bosqinchilarga qarshi kurash demakdir.


“Sovetlar ta'lim berdi”, “o'qitdi”, “davoladi”, “uy berdi, joy berdi”, degan gaplarni bir chekkaga surish kerak. Ular o'zimiz yetishtirgan paxta, pilla, oltin, uran, gaz va meva-chevalardan tushgan pulning ozgina qismini o'zimizga qaytargan.


Shu o'rinda bir misol: Jazoirliklar Frantsiyaga borib mustamlaka davrida buzilgan o'z haq-huquqlarni hamon talab qilaveradi. Biz esa “sovet davrida hayotimiz zo'r edi” deb hamon so'lagimizni oqizib yuribmiz.


Shu o'rinda 1990-yillarida adiblarimizdan birining gapni keltirib o'taman: Uyg'urlar “agar biz mustaqil bo'lsak supurgining urug'ini qaynatib yeyishga rozi bo'lamiz”, deyishar ekan.


Tabiiy resurslar vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbaev ham rossiyalik siyosatchi va yozuvchi Zaxar Prilepinning O'zbekistonning Rossiyaga qo'shilishi haqidagi so'zlariga keskin munosabat bildirdi:


– Afsuski Rossiya siyosatchilari tomonidan bu kabi bayonotlar berilishi ko'paysa ko'paymoqdaki, aslo kamaymayapti. Bu esa xavotirli. Ikkinchidan, o'zbekistonliklar boshqa maqsad yo'lida birlashmasa-da, mamlakat mustaqilligini saqlab qolish yo'lida birlasha oladilar.


Rasmiy Kreml mamlakat va xalqlar o'rtasida urush va adovatni qo'zg'ayotgan bu kabi shovinistlarga nisbatan qonuniy choralar ko'rishi kerak. Aks holda O'zbekistonni bosib olish bu ko'pchilik tomonidan Kremlning kelajakdagi strategik rejasi sifatida qabul qilinadi.


Firuz Allaev, tadbirkor:


– Prilepin Kievdan keyin O'zbekiston muammo emasligini aytganligi yangilik emas. Shunchaki nomi bilan «zaxar» boshqa rus siyosatchilarda past ovozda o'rab aytadigan gapni, baland ovozda to'g'ridan-to'g'ri aytdi. Sog'lom aqli bor, vaziyatni xolis ko'rib bilgan odam Putin Rossiyasi faqat Ukraina bilan to'xtamasligini yaxshi biladi. Amalda Ukraina hozirda butun post sovet hududi mustaqilligi uchun kurashmoqda.


Bu safar niyat to'g'ridan-to'g'ri aytilganligi o'zimizning Rossiya do'stimiz, G'arb dushman, hammasi G'arbning fitnasi deb yurgan bir qism siyosatchilarimizni ko'zini ochadi deb o'ylayman. Boshqa aqli joyida qism bo'lsa bosimni yillardan beri his qilib, diplomatiya bilan vaziyatni ushlab turishga harakat qilayotganligiga man ishonaman. Yangi davrda Rossiya bilan aloqalar hukumatga bir kun ham oson bo'lgan deb o'ylamiyman.Ko'pchilik, ayniqsa qaysidir organlar vakillari Rossiya do'stimiz yoki Rossiya bizga yomonlik qilmaydi degan paradigmani o'zgartirishi juda muhim. Bo'lmasa, bu paradigma muammoni jiddiylashtirib boradi.


Bizga na G'arb, na Rossiya, na Xitoy, na Turkiya do'st emas. Tashqi siyosatda faqat va faqat manfaat bo'ladi. Manfaatdan kelib chiqib davlat boshqa davlatlar bilan yaqinroq hamkor bo'ladi yoki kimlardandir uzoqlashadi. Shu uchun ham biz xalqaro siyosatda O'zbekiston manfaatini ustun qo'yishimiz eng muhimi deb bilaman.


“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirovning norasmiy munosabatini ham fikr sifatida keltirib o'tmoqdamiz.


Rossiya Markaziy Osiyo bilan konstruktiv munosabatlarga majbur, boshqa yo'li yo'q. Lekin sovet davri sog'inchini eplash oson bo'lmayapti, ataylab yoki bilmasdan norasmiy davralar buni ko'rsatib qo'ymoqda.


G'arbning tarqoq, qo'rqoq va xudbin siyosatini qo'l kelishidan umidvor bo'lgan Rossiya, Ukrainadagi muvaffaqiyat orqali sovet maqsadini rasmiy siyosatga aylantirmoqçi edi, bo'lmadi, lekin ikkilamchi maqsadiga erishdi - G'arbga hamkor sifatida ishonch keskin zaiflashdi.


Shu bilan birga, Rossiyaning asl maqsadi ham ochiq-oydin o'rtaga chiqib qoldi, endi rus ertaklarini hamma o'z tiliga tarjima qilib o'qiydigan bo'ldi.


Bundan keyin Rossiya Markaziy Osiyoga olaqarash qila olmaydi, chunki Turkiya va Xitoy G'arbdek subutsiz emas. Buni Qozog'istonda amalda ko'rdik…


Rus “perepyolka”lari esa, xomxayol bilan Ukrainada bo'lganidek rusparastlardan umidvor bo'layotgan bo'lishi mumkin, lekin ishoning, Ukraina voqealari bundaylarni ham sonini deyarli yo'qqa chiqardi.


Menimcha, rus jamoatchiligida ortib borayotgan bosqinchi-shovinistik, norasmiy chiqishlariga chalg'imasligimiz, barcha imkoniyatlarni ishonchli hamkorlar bilan iqtisodiy va ma'naviy qudratimizni oshirishga qaratishimiz kerak!


O'zbekiston uchun ishonchli bo'lish, rasmiy Rossiyaning muhim maqsadi ekanligiga shubha qilmayman, biz ham tabiiy hamkorimiz hisoblangan Rossiyaga ishonchni kamayishidan yutmaymiz, lekin norasmiy bo'lsa ham, rus jamoatchiligida ortib borayotgan betoqat shovinistik kayfiyat davlatlarimiz orasidagi o'zaro ishonchni asl maqsadlarimizga uyg'un bo'lmagan masofaga uzoqlashtirayotganini ham rad etib bo'lmaydi.


Bektosh Hotamov, ta'lim bo'yicha ekspert va tadbirkor:


– Bosib olish, qo'shib olish degan gaplar bekorga boshlanmaydi, demak rejada bor. Oldin bunday gaplar uchun Jirinovskiyning og'zi yaxshi edi, u yo'q, demak boshqa yo'lini topish kerak.


Otabek Yuldashev, Mudofaa vazirligining matbuot kotibi:


O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega.


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 153-modda


Xushnudbek Xudoyberdiev, huquqshunos


Birinchidan, bunaqa ahmoqlarga albatta rasmiy javob berilishi kerak. Turli nodavlat tashkilot vakillarining bayonotlari bilan cheklanmaslik zarur. Albatta rasmiy, davlat pozitsiyasini ifodalovchi, qat'iy va dadil javob bo'lishi shart.


Ikkinchidan, bunaqa potentsial bosqinchilarga O'zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da'vat qilish (JK 159-modda) aybi bilan sirtdan jinoyat ishi qo'zg'ash kerak. Buning uchun barcha yetarli dalillar bor. Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga ko'ra, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar jinoyat ishini qo'zg'atish uchun sabab bo'la oladi.


"SSSR qanday parchalangan bo'lsa, o'sha holida tiklanishi kerak", "SSSR noqonuniy parchalangan, uning parchalanishi haqidagi hujjatlar noqonuniy va haqiqiy emas" degan gaplar ham O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish deya baholanishi kerak. O'zbekiston hududida ham kimdir shu kabi gaplarni aytsa, albatta jazolanishi shart. Boshqacha aytganda, O'zbekiston mustaqilligini shubha ostiga qo'yadigan, Vatanimizni yana mustamlaka qilishga olib boradigan har qanday targ'ibotga ayovsiz chora ko'rilishi kerak. "Ha, mayli endi, so'z erkinligi bu, shaxsiy fikrini aytibdi" degan bahonalar o'tmaydi. Har qanday so'z erkinligining chegarasi bor. Vatan mustaqilligi mavzusi muqaddas bo'lishi shart va zarur, bu mavzuda boshqacha talqinlarga o'rin yo'q.


Natija nima bo'ldi?


Tashqi ishlar vazirligi bu borada o'z tezkor pozitsiyasini bildirdi. Rossiya Federatsiyasining O'zbekistondagi Elchisi O.Malginov Tashqi ishlar vazirligiga taklif etildi.


Uchrashuv davomida Rossiya vakiliga “Rossiya segodnya” matbuot-markazida bo'lib o'tgan anjumanda “Spravedlivaya Rossiya – za pravdu” partiyasi hamraisi Zaxar Prilepinning O'zbekiston hududini Rossiyaga qo'shib olish zarurligi haqidagi taklifi mamlakatimizda chuqur tashvish hissi bilan qabul qilingani qat'iy tarzda yetkazildi.


O'z navbatida, O.Malginov to'liq mas'uliyat bilan Z.Prilepinning bayonotlari Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining do'st va mustaqil O'zbekiston to'g'risidagi rasmiy pozitsiyasiga umuman aloqasi yo'qligini ta'kidladi.


Rossiya Federatsiyasining O'zbekistondagi vakili sifatida Elchi "O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uning mamlakatida hech qachon shubhaga olinmagan"ligini bildirdi.


Keyinroq, Rossiya TIV rus yozuvchisining O'zbekistonni RFga qo'shib olish taklifiga munosabat bildirdi. –Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Prilepinning bayonotlari uning shaxsiy fikri bo'lib, bu hatto Rossiya Federatsiyasining rasmiy pozitsiyasini uzoqdan ham aks ettirmaydi”, — deydi Mariya Zaxarova.


Shu bilan birga, u Rossiya hozirda “migratsiya sohasidagi hamkorlikni yanada tartibli va o'zaro manfaatli qilish uchun bir qator tartibga solish, tashkiliy, axborot va boshqa chora-tadbirlar ustida ishlayotganini aytdi.


“Migratsiya masalasiga kelsak, Rossiya tomoni chet eldan, birinchi navbatda, do'st mamlakatlardan mehnat resurslarini jalb qilish ham Rossiya, ham bunday xizmatlarni eksport qiluvchi davlatlar manfaatlariga javob berishini bir necha bor ta'kidlagan”, — dedi Zaxarova.


Feruza Rahimova,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 804 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 901 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar
Kolumnistlar