Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+13C

+13C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+13c

  • Hozir

    +13 C

  • 20:00

    +10 C

  • 21:00

    +7 C

  • 22:00

    +7 C

  • 23:00

    +6 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+13C

  • Hozir

    +13 C

  • 20:00

    +10 C

  • 21:00

    +7 C

  • 22:00

    +7 C

  • 23:00

    +6 C

  • Chorshanba, 27

    +13 +20

  • Payshanba, 28

    +14 +20

  • Juma, 29

    +9 +20

  • Shanba, 30

    +8 +20

  • Yakshanba, 01

    +6 +20

  • Dushanba, 02

    +5 +20

  • Seshanba, 03

    +4 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Mayning: noqonuniy faoliyatmi yoki taqiqlangan biznes?

Bosh prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan yili 26 ta mayning fermasi noqonuniy ish yuritgani aniqlangan. Ular davlatga 58 milliard so'mdan ortiq moddiy zarar yetkazgan. Aniqrog'i, 145 mingta xonadonning bir oylik iste'mol ehtiyojiga teng 29 mln. kWh elektr energiyasini talon-toroj qilgan.
Kolumnistlar
814 17:48 | 16.01.2024 17:48

Taassufki, bu kabi xabarlar odamlarda «mayning taqiqlangan biznes» degan qarash shakllanishiga sabab bo'lmoqda. Aslida esa u noqonuniy faoliyat emas. Aksincha, kripto-aktiv va mayning sohasi xorijiy davlatlarda ancha ilgari investitsiyaviy tadbirkorlik faoliyati sifatida qabul qilingan. Bizda bu boradagi ishlar 2018 yilda boshlandi. Xususan, o'sha yil 3 iyulda Prezidentimiz «O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorga imzo chekdi.



Bu hujjat investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayning, smart-kontrakt, konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug'urtalash, shuningdek, ma'lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish maqsadida qabul qilindi. Unda kripto-aktiv mulkiy huquq hisoblanib, ma'lumotlarning taqsimlangan reestridagi raqamli yozuvlar yig'indisi bo'lgan qiymati va egasiga ega ekanligi, mayning esa hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali ma'lumotlarning taqsimlangan reestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash (turli kripto-aktivlarda yangi birliklar va komissiya yig'imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta'minlash va yangi bloklar yaratish) bo'yicha faoliyat ekanligi ta'kidlangan.



Shuningdek, mazkur qaror bilan mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh-foto­elektr stantsiyalari orqali ishlab chiqilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan. Agar biror-bir shaxs bu faoliyat bilan yagona energotizimiga noqonuniy ulangan holda shug'ullanayotgani aniqlansa, unga nisbatan belgilangan tarif 5 barobar o'suvchi koeffitsient bilan qo'llaniladi.



Kripto-aktivlar sohasini tartibga solish, bu yo'nalish bilan shug'ullanish istagidagi shaxslarni ro'yxatga olish va ularga litsenziya berish Istiqbolli loyihalar milliy agentligi zimmasiga yuklatilgan.



Shuningdek, 2023 yil 29 sentyabrda Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to'g'risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. Unga binoan, mayner o'z faoliyatini faqat ro'yxatga olingan paytda va ko'rsatilgan manzilda, yong'in xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega. Qolaversa, mayner mayningni amalga oshirish natijasida olingan kripto-aktivlarni O'zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziyaga ega bo'lgan kripto-birjalar orqali sotishga haqli.



Demak, kripto-aktiv va mayning faoliyati bilan shug'ullanishga yurtimizda hech qanday to'siq yo'q. Faqat yuqoridagi qarorda belgilangan talablar asosida bu faoliyat yo'lga qo'yilsa kifoya.


Xo'sh, unda so'nggi vaqtlarda bizda bu yumush bilan noqonuniy tartibda shug'ullanuvchilar nega ko'paydi? Ularning qonuniy ish yuritishlariga nima yoki kim xalaqit beryapti?



– Aslida bu soha biroz murakkab, u bilan hamma ham shug'ullana olmaydi, – deydi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boshqarmasi boshlig'i Asqar Zokirov. – Avvalo, kripto-aktiv nima ekanligini tushunib olish lozim. Сhunki bu ko'pchilik o'ylayotganidek, qandaydir valyuta emas. U nomoddiy aktiv. Masalan, uni sodda tilda egasi va qiymatiga ega bo'lgan ma'lumotlar yig'indisi, deb ta'riflash mumkin. Bunga qandaydir texnologiya uchun olingan patentlar ham kiradi.



Yana ham tushunarliroq qilib aytadigan bo'lsak, kripto-aktiv – tranzaktsiya tekshiruvida banklar ishtirok etmaydigan norasmiy to'lov tizimi sanaladi. Bu istalgan foydalanuvchiga to'lov yuborish va qabul qilish imkonini beruvchi, teng huquqli ishtirokchilar tizimidir.



Kripto-aktiv bilan to'lovlar faqat aniq tranzaktsiyalar uchun raqamli ko'rinishda, onlayn ma'lumotlar bazasida amalga oshiriladi. O'tkazmalarda tranzaktsiyalar ommaviy ro'yxatda qayd etiladi. Kripto-aktiv moddiy ko'rinishda mavjud emas, u faqat raqamli hamyonda saqlanadi.


Xo'sh, u qanday qo'llaniladi? Kripto-aktiv, taqsimlangan ommaviy reestr – blokcheynda ishlab chiqariladi. Blokcheyn valyuta saqlovchi tomonidan yangilanib boruvchi barcha tranzaktsiyalar yozuvini o'zida saqlaydi. Ta'kidlash kerakki, kripto-aktiv – moddiy ob'ekt emas. U yozuv yoki o'lchov birliklarini bir shaxs tomonidan, hech qanday ishonch va kafolatlarsiz uchinchi tomonga o'tkazish kalitidir.



Kripto-aktivlar sohasi ikki turga bo'linadi: mayning hamda xizmatlar provayderi. Xizmatlar provayderlari mayning fermadan chiqadigan kripto-aktivlarni sotish, sotib olish, ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish bilan shug'ullanadi.



Bizda kripto-aktiv deyilsa, hamma mayning fermani tushunyapti. Aslida bu – bitta soha, ikkita alohida faoliyat turi hisoblanadi.



Kripto-aktivlarning turlari juda ko'p. Ammo eng ommalashgani – bitkoin. Shuning uchun kripto-aktiv deganda, ko'pchilikning xayoliga birinchi bo'lib, bitkoin keladi. Ayni paytda bitta bitkoinning narxi 41 ming dollar atrofida.



Suhbatdoshimizning aytishicha, bugungi kunda mamlakatimizda rasman ro'yxatdan o'tib, o'z faoliyatini boshlagan mayning ferma yo'q. Ammo 14 ta xizmatlar provayderi bor. Hozir ular davlat byudjetiga 14-15 milliard so'm miqdorida daromad keltiryapti.



Ushbu mavzuni o'rganish asnosida yana bir necha mutaxassislar bilan gaplashdik. Ularning xulosalari quyidagicha bo'ldi: mayning ferma bilan shug'ullanish aslida hammaning ham qo'lidan keladigan ish emas. Uni tegishli bilimga ega shaxslargina amalga oshira olishadi.



Hisob-kitoblarga ko'ra, hozirgi kunda bitta bitkoin ishlab topish uchun taxminan 8 ming dollarlik uskuna o'rnatiladi va ularning har biri soatiga 3 kilovattdan 5-6 kilovattgacha elektr toki sarflaydi. Buning uchun 50 kilovatt kuchlanishni ko'tara oladigan kabel' kerak. Demak, bu qadar katta kuchlanishga ega elektr tokini uncha-muncha odam transformatorga ulay olmaydi. Uni eplash uchun mutaxassis bo'lish talab etiladi. Birgina mana shu holatning o'zi ham yuqoridagi taxminlar asosli ekanligidan dalolat beradi, nazarimizda.



Noqonuniy faoliyat yuritgani aniqlanganlar katta ehtimol bilan o'ziga tegishli binoni mo'may pul evaziga ijaraga bergan bo'lishi mumkin. Bunisi endi sud jarayonida aniqlanadi.



To'lqin Boboqulov, iqtisodchi:


– 2023 yilning 1 yanvar' holatiga, dunyoda 13 mingdan ortiq kripto-aktiv mavjud. Ammo hozirga qadar faqat bitta davlat (Sal'vador)da kripto-aktivlar rasman tan olindi.


4 ta kripto-aktiv – Bitcoin, Ethereum, Solana va Polkadot asosiy kripto-aktivlar sanaladi.


2022 yilning 1 may holatiga ko'ra, kripto-aktiv bozorining kapitallashish darajasi 1,4 trln. AQSh dollarini tashkil etgan. Ushbu bozorda 18 ming dasturchi ishlaydi, shundan 680 nafari bitkoin muomalasi bilan shug'ullanadi.


Kripto-aktivlarni yaratish mexanizmi 2009 yilda bitkoin paydo bo'lgandan keyin boshlandi. 2011-2013 yilda kripto-aktivlar tarkibiga laytkoin (inglizcha Litecoin) va 2013 praymkoin (inglizcha Primecoin) qo'shildi.


Pullarning yangi avlodi bo'lishi taxmin qilinayotgan kripto-aktiv bu kriptlangan, markazlashmagan va tomonlar o'rtasida almashinadigan hamda mayning deb ataladigan usul orqali ommaviy kitobda tasdiqlanadigan raqamli valyuta hisoblanadi. Mayning maxsus dasturiy ta'minotga ega bo'lgan komp'yuter qurilmalari vositasida bir qator matematik usullar orqali tranzaktsiyalarning haqqoniyligi va betakrorligini tasdiqlash jarayonidir.



Bitcoinda tizimning ishlash jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:



1. Yangi tranzaktsiya barcha ishtirokchilarga e'lon qilinadi.


2. Har bir ishtirokchi yangi tranzaktsiyalarni blokka yig'adi. U Blockchain deb atalib, Bosh kitob (Ledger) vazifasini bajaradi.


3. Har bir ishtirokchi o'z blokida qiyin proof-of-work matematik amaliyoti yechimini izlaydi.


4. Ishtirokchi yechimni topishi bilanoq uni qolgan ishtirokchilarga e'lon qiladi.


5. Qolgan ishtirokchilar ushbu yechimni undagi barcha tranzaktsiyalar haqqoniy va ilgari foydalanilmagan bo'lsagina qabul qiladilar.



Kripto-aktivlarni ularni almashtiruvchi maxsus internet shoxobchalardan sotib olish mumkin. Masalan, Bitfinex, Bithumb, GDAX, bitFlyer, Bitstamp, Bittrex, Gemini, HitBTC, Poloniex, Kraken kabilardan. Buning uchun, avvalo, ushbu internet shoxobchalarda odatiy valyutada raqamli hamyon ochiladi va bank kartangizdan yoki hisob­raqamingizdan mablag' ko'chiriladi. So'ngra ushbu mablag' evaziga kripto-aktivda ochilgan hamyonga kripto-aktiv olish mumkin bo'ladi. O'sha kripto-aktivlarni keyinchalik bu yoki boshqa bozorlarda boshqa kripto-aktivlarga yoki biror odatiy valyutaga ayirboshlash hamda internet do'konlardan yoki internet to'lovlarni qabul qiluvchilardan mahsulot sotib olish mumkin.



Kripto-aktivlarning afzalliklari:


• Yagona markaziy boshqaruvdan xoli.


• Pul yaratishda tenglik ta'minlangan.


• Tranzaktsiyalar kriptografiya orqali tasdiqlangani bois uchinchi ishonchli taraf ishtirokisiz to'g'ridan-to'g'ri amalga oshiriladi.


• Ishtirokchilar har bir tranzaktsiyadan xabardor bo'lib turadi (Blockchain).


• Anonim, aniqrog'i, «taxallus» (psevdonim) ostida ishtirok etiladi.


• Tranzaktsion tezkor va xarajatlar past.


• Сhegara bilmas to'lovlar amalga oshiriladi.



Kripto-aktivlarning kamchiliklari:


• Noqonuniy savdoga yo'l ochiladi.


• Valyuta kursi yuqori tebranuvchan bo'ladi.


• Soliqdan qochish imkoni tug'iladi.


• Nopok ishtirokchilar yoki yetarlicha kompetentsiyaga ega bo'lmagan ishtirokchilarni aniqlashning imkoni yo'q.


• Iste'molchi va investorlar huquqlari himoyasi ta'minlanmagan.


• Agar iqtisodiyotda muammolar yuzaga kelsa, davlat ushbu muammolarni hal etishda pul muomalasini tartibga solish vositasidan foydalana olmaydi.


• Qarz beruvchi so'nggi instantsiyaning yo'qligi.



Suhbatni G'ulomjon Mirahmedov uyushtirdi


ishonch.uz



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 804 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 901 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar
Kolumnistlar