Benjamin Franklin: “Yalqovlik o'rgimchak to'rlaridek boshlanib, temir zanjirlarga aylanadi”
Benjamin Franklinni Amerika davlatining otasi deyishadi. Bu ism-sharifni bilmaganlar ham uning rasmini ko'rgan – 100 dollarlik kupyuradagi tepakal kishi o'sha bo'ladi.
Ayrimlar uni AQSh Prezidenti bo'lgan deb yanglishadi. U Prezident bo'lmagan, ammo Mustaqillik Deklaratsiyasini tuzishda, AQSh Konstitutsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etgan. Amerika falsafa jamiyati, Filadelfiya akademiyasining asoschisi hisoblanadi.
Mutafakkir olim, kashfiyotchi, yozuvchi va musiqachi bo'lgan.
Franklin har bir inson hayotida muhim bo'lgan 13 fazilat ro'yxatini tuzgan.
Bular: vazminlik, sukut, tartiblilik, sobitlik, tejamkorlik, mehnatsevarlik, samimiylik, odillik, me'yorni bilish, ozodalik, xotirjamlik, to'g'riso'zlik va kamtarlik.
Benjamin Franklin nomi bilan bog'liq iqtiboslar bugun ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Quyidagi o'nta iqtibosni har birimiz o'z hayotimiz misolida tahlil qilib, tegishli xulosa chiqarsak, maqsadlarimizga erishishimiz ancha osonlashadi.
1. Lanj tulki uy parrandasini tutolmas;
2. Bitta bugun ikkita ertangi kundan afzal;
3. Odam iste'mol qilgani emas, xazm qilgani hisobiga yashaydi. Bu ham tanaga, ham aqlga tegishli;
4. Erta turib, erta yotish kishini sog'lom, boy va dono qiladi;
5. Yalqovlik o'rgimchak to'rlaridek boshlanib, temir zanjirlarga aylanadi;
6. Biz juda tez qariymiz, aqlimiz esa juda kech kiradi. Umr fojiasi ana shunda;
7. Bo'sh vaqt va dangasalik boshqa-boshqa narsalar;
8. Uzoq yashashdan ko'ra yaxshi yashashni ko'proq tilang;
9. Ishlatiladigan kalit zanglamaydi, doim yaraqlab turadi;
10. Ishni nazorat qilmaslik – ishchilarga hamyonni ochib qo'yishday gap!
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0