Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+13C

+13C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+13c

  • Hozir

    +13 C

  • 20:00

    +10 C

  • 21:00

    +7 C

  • 22:00

    +7 C

  • 23:00

    +6 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+13C

  • Hozir

    +13 C

  • 20:00

    +10 C

  • 21:00

    +7 C

  • 22:00

    +7 C

  • 23:00

    +6 C

  • Chorshanba, 27

    +13 +20

  • Payshanba, 28

    +14 +20

  • Juma, 29

    +9 +20

  • Shanba, 30

    +8 +20

  • Yakshanba, 01

    +6 +20

  • Dushanba, 02

    +5 +20

  • Seshanba, 03

    +4 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Katta sakrash” oqibati yoki dunyo tarixidagi dahshatli ochlik

Insoniyat tarixida ocharchiliklar ko'p bo'lgan. Hatto nisbatan to'kin XX asrda ham dunyo bir nechta og'ir jarayonlarni boshdan kechirdi. SSSRda sodir bo'lgan “golodomor”, Shimoliy Koreyadagi ocharchilik va boshqalar bunga misol bo'la oladi. Ammo yana bir dahshatli tarixiy hodisa borki, uning qurbonlari soni uncha-muncha yirik davlat aholisi miqdoriga yetib qoladi.
Kolumnistlar
955 16:59 | 20.02.2024 16:59

Bu o'tgan asrning 50-60 yillarida Xitoyda kuzatilgan ocharchilikdir. E'tiborli tomoni bu ocharchiliklarga faqat tabiiy ofatlar emas, insoniyatning halokatli qarorlari ham sabab bo'ldi. Bu jarayon XX asrda Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta gumanitar falokatga aylandi. Faqatgina Xitoy aholisining favqulodda ko'p sonli ekani (ochlik yuz bergan davrda aholi soni 660 million kishidan oshardi) fojia ko'lami haqidagi tasavvurlarini ozgina pasaytirdi.



Achchiq saboqlarga to'la uch yil


Xitoydagi “katta ocharchilik” asosan 1959-1961 yillarda kuzatilgan. Bu davrda, faqatgina rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, XXRda 15 millionga yaqin odam ommaviy ocharchilikdan vafot etgan. Ilmiy manbalar ocharchilik qurbonlari sonini boshqacha baholaydilar – 16,5 milliondan 45 milliongacha. Ofat natijasida tug'ilmasdan nobud bo'lganlarni hisobga olganda umumiy demografik yo'qotishlar 60 milliongacha baholanadi.


Xitoyda bu fojiani ko'pincha “Tabiiy ofatlarning uch yili” yoki “Uch achchiq yil” deb ham atashadi.



Xo'sh nega bunday bo'ldi?


Ma'lumki, 1949 yilda Gomindan mag'lub bo'lib, Tayvan oroliga chekindi, Xitoyning materik qismida kommunistik diktatura o'rnatildi. Mao Tszedun rejimi mamlakatni tubdan o'zgartirish uchun radikal islohotlarga qo'l ura boshladi. Afsuski, bu islohotlar uzoqni o'ylamasdan, ko'r-ko'rona va ayovsiz amalga oshirildi. Maochilar rejasiga ko'ra, mamlakat 15 yilda Buyuk Britaniyani ishlab chiqarish bo'yicha ortda qoldirishi kerak edi. Bundan tashqari shu yillarda Mao Tszedun sobiq Ittifoqning o'sha paytdagi rahbari Nikita Xrushyov bilan kelisha olmay qoladi. Mavjud geosiyosiy vaziyatda xitoylik dohiyning amibitsiyalari kattalashib, keskin qarorlarga sabab bo'ldi.


Maochilar tomonidan faol amalga oshirilgan “Katta sakrash” amalda dahshatli ocharchilikka qo'yilgan tamal toshi bo'ldi. U agrar va qoloq bo'lgan Xitoyni markscha uslubda va kollektivlashtirish orqali sanoatlashgan davlatga aylantirishni nazarda tutardi.


Mamlakatda qattiq tartibli kommunalar tuzildi. Aholining uyida yegulik va boshqa narsalar saqlashi taqiqlandi. Ma'lumotlarga ko'ra, har bir ishchiga bir kunda 25 grammgacha ozuqa berilardi. Ishchilar hatto chiroq yoqib kechasi ishlashga ham majburlandi. Majburlov va og'ir sharoitlar unumsizlikka olib keldi.


Xususan, Mao Tszedun Xitoy aholisiga dehqonchilik uchun yer egalik qilishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Bundan buyon xitoylik dehqonlar “xalq kommunalari” tarkibida – Sovet kolxozlarining analogi bo'lgan tuzilmalarda ishlashlari kerak edi. Farmonga amal qilishdan bosh tortganlar qatag'on qilindi. Bundan tashqari, hukumat sanoatni rivojlantirish yo'nalishini belgilab berdi, buning uchun qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadigan millionlab dehqonlar qurilayotgan zavod va fabrikalarga majburiy ravishda ishchi sifatida yuborildi.


“Katta sakrash” amalda mamlakatdagi qishloq xo'jaligiga zarba berdi. Rejalashtirilgan siyosatdagi noto'g'ri hisob-kitoblarga tabiiy ofatlar ham qo'shildi. Shunday qilib, 1959 yil iyul oyida Sharqiy Xitoyda Xuanxe daryosi o'z qirg'oqlaridan toshib ketdi va toshqin oqibatida 2 milliongacha odam qurbon bo'ldi. Toshqinlar ortidan qurg'oqchilik sodir bo'ldi. 1960 yilda qurg'oqchilik va boshqa noqulay ob-havo sharoiti mamlakatdagi ekin maydonlarining 55 foizgacha zarar yetkazdi. Natijada 1960 yildagi bug'doy hosili 1958 yildagi ko'rsatkichning atigi 70 foizini tashkil etdi. Qishloq xo'jaligida tiklanish faqat 1962 yilda “Katta sakrash” siyosati tugaganidan keyingina sodir bo'ldi.


Xitoylik jurnalist va yozuvchi Yan Tszishenning hisob-kitoblariga ko'ra, 1958 yildan 1962 yilgacha 36 million kishi ochlikdan vafot etgan.


Yan Tszishen vaziyatni quyidagicha tasvirlaydi:


“Sin'yan okrugida dehqonlar g'alla ombori eshigi oldiga yig'ilib, o'sha yerda: “Kommunistik partiya, rais Mao, bizni qutqaring” deb baqirishdi va jon berishdi...”


Ma'lumotlarga ko'ra, ocharchilik yillar hatto odamxo'rlik holatlari kuzatilgan. Qishloqda deyarli uy hayvonlari qolmagan, ularning barchasi allaqachon yeb bitirilgandi.



Dunyodan yashirilgan falokat


Dunyoning yetakchi davlatlaridan birida millionlab odamlar ochlikdan qiynalayotgan bo'lsa, boshqa mamlakatlarda bu haqda deyarli hech qanday ma'lumot yo'q edi. XXR rahbariyati bu muammoni xorijlik jurnalistlardan mohirlik bilan yashirdi.


Taklif etilgan alohida xorijliklarga aholining go'yoki kundalik hayotidan oldindan tayyorlangan parchalar namoyish etildi. Ularga oziq-ovqat bilan to'lib-toshgan do'kon javonlari va “baxtli va eng muhimi, to'g'ri ovqatlanayotgan” aholi ko'rsatildi.


Qochishga muvaffaq bo'lgan o'sha bir qancha fuqarolarning bayonotlariga qaramay, dunyo bu fojia haqidagi haqiqatni tezda bilib olmadi. Shuningdek, Maoning shafqatsiz boshqaruvi uning mamlakatdagi mashhurligiga ta'sir qilmadi.


Darvoqe, ushbu dohiy kommunistik tuzumning eng yaxshi an'analari ila Pekinda joylashgan hashamatli maqbarada dafn etilgan. Mao Tszedunning hamon milliy qahramon maqomiga ega.



Egardan tushmagan Mao


Bu holatning aybdorlari o'z aybini tan oldimi, degan savol tug'iladi. Albatta, mamlakatdagi og'ir vaziyat Xitoy kommunistik partiyasi rahbariyati tomonidan muhokama qilingan. 1959 yildayoq Mao Tszedunning strategik qarorlari partiya yig'ilishlarida tanqid qilindi, ammo radikal islohotlar 1962 yilga kelibgina bekor qilindi. Maoning o'zi amalda o'z xatolarini deyarli tan olmagan.


Ammo omadsizliklardan keyin partiyada boshqa arboblar – Lyu Shaotsi va Den Syaopin maydonga keldi. Ular Maoga qaraganda aqlliroq kursni tanladilar. Xususiy sektorga qisman erkinlik berildi, oqibatda mamlakat iqtisodi o'ziga kela boshladi. Ammo bu ijobiy jarayonlar uzoq davom etmadi. 1966 yilda Mao yana faol siyosiy hayotga qaytdi va vafotiga qadar mamlakatda siyosiy raqiblarini ta'qib qilish siyosatini yurgizdi. Shu davrda u boshlagan “madaniy inqilob” ahvolni battar og'irlashtirdi.


Har bir dohiyning xatolari ham, ezgu ishlari ham yetarlicha bo'ladi va hamma ularga o'zicha baho beradi. Rasmiy Xitoy Maoning faoliyatiga baho berarkan “70/30” degan to'xtamni ilgari suradi. Ya'ni Maoning 70 foiz qarorlari to'g'ri bo'lgan, 30 foizi esa xato.


Abror Zohidov




Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 804 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 901 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar
Kolumnistlar