Valyuta UZS
  • USD

    12 692.42100.85

  • EUR

    14 511.24-34.54

  • RUB

    158.444.62

+27C

+27C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+27c

  • Hozir

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 01-August

+27C

  • Hozir

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Juma, 01

    +27 +20

  • Shanba, 02

    +25 +20

  • Yakshanba, 03

    +27 +20

  • Dushanba, 04

    +28 +20

  • Seshanba, 05

    +27 +20

  • Chorshanba, 06

    +27 +20

  • Payshanba, 07

    +26 +20

  • Juma, 08

    +27 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Issiq ob-havoda xodimlar uchun qanday kafolatlar bor?

Savollarga TDYuU Mehnat huquqi kafedrasi katta o'qituvchisi Muhammadamin Karimjonov javob bergan.
Mehnat huquqi
564 10:40 | 22.07.2025 10:40

Assalomu alaykum, mehnat huquqiga oid savolim bor edi. Issiq ob-havo sharoitida xodimlarni vaqtincha masofadan turib ishlashga o'tkazish mumkinmi?


– Ha, agar ish beruvchida tegishli texnik va tashkiliy imkoniyatlar mavjud bo'lganda xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuviga ko'ra, xodimni vaqtincha masofadan turib ishlashga o'tkazish mumkin.


Amaldagi qonunchilikda issiq havoda xodimlarga yengillik berish bo'yicha aniq muayyan bir norma mavjud emas. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 352-moddasi hamda “Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi” O'zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq, barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo'lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.


Agar ish beruvchida tegishli texnik va tashkiliy imkoniyatlar mavjud bo'lganda xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuviga ko'ra xodimni vaqtincha masofadan turib ishlashga o'tish mumkin. O'zbekiston mehnat qonunchiligida issiq ob-havo sharoitida xodimlarni majburiy ravishda masofadan ishlashga o'tkazishni talab qiluvchi norma yo'q.


Ammo ish beruvchi xodimning roziligi bilan va mehnat shartnomasiga o'zgartirishlar kiritgan holda, yuqori harorat tufayli turli xavflarni oldini olish maqsadida xodimni masofadan ishlashga o'tkazishi mumkin (majbur emas) !


Masofadan turib ishlovchi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari MK 452-464-moddalarida belgilangan.


Aynan issiq ob-havo sharoitida bunday chorani qo'llash to'g'risida maxsus norma mavjud emas, lekin umumiy qoidalardan kelib chiqib xodimni vaqtincha masofadan turib ishlashga o'tkazish mumkin.


MK 452-moddasi 4-qismiga ko'ra, muayyan ish beruvchida ishlayotgan shaxsning avvalgi mehnat vazifasini davom ettirgan holda odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o'tkazilishi mehnat shartlarining o'zgarishidir.


MK 135-moddasi 2-qismiga ko'ra, mehnat shartlarini o'zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo'lsa, xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.


MK 458-moddasiga ko'ra, tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, shuningdek yong'inlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar ro'y bergan taqdirda hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda ish beruvchida tegishli texnik va tashkiliy imkoniyatlar mavjud bo'lganda vaqtincha masofadan turib ishlashga o'tish yoki o'tkazish uchun ustuvor huquq beriladigan xodimlarning toifalari quyidagilardan iborat:


  • homilador ayollar;
  • o'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolalarning ota-onalari, vasiylari;
  • nogironligi bo'lgan shaxslar;
  • yoshga doir pensionerlar;
  • nogironligi bo'lgan shaxslarni yoki oilaning o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan bemor a'zolarini parvarishlayotgan xodimlar.

Jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki hujjatda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan xodimlarning boshqa toifalari ham vaqtincha masofadan turib ishlashga o'tish yoki o'tkazish uchun ustuvor huquqqa ega bo'lishi mumkin.


***


Havo ancha issiq bo'lyapti, ish beruvchilar xodimlariga qo'shimcha 1soat dam olishga ruxsati berishi mumkinmi?


– Mehnat qonunchiligida havo harorati mana buncha gradusdan oshib ketsa yoki tushib ketsa, xodimlar uchun mana bunday kafolat va imtiyozlar bor degan maxsus qoidalar yo'q! Bu qoidalar ish o'rinlarini attestatsiyadan o'tkazish natijasida yoki tashkilotning mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarida belgilab qo'yiladi!


Mehnat kodeksining 13-moddasiga ko'ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to'g'risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo'shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.


Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nimalar kiradi?


MK 12-moddasiga ko'ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:


  • jamoa kelishuvlari;
  • jamoa shartnomalari;
  • ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishuvga ko'ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;
  • ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi o'z vakolatlari doirasida yakka o'zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.

Demak, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda anomal ob-havo sharoitlarida (masalan, o'ta issiq yoki o'ta sovuq ob-havoda) xodimlar uchun alohida kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.


Agar tashkilotning jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida alohida kafolatlar nazarda tutilmagan bo'lsachi❓


E'tibor bering, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar jumlasiga, ish beruvchi o'z vakolatlari doirasida yakka o'zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar ham kiritilmoqda.


Ya'ni jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida noqulay ob-havo sharoitida xodimlar uchun kafolatlar nazarda tutilmagan bo'lsada, ish beruvchi o'z vakolatlari doirasida yakka o'zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlarda (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar) ham alohida kafolatlarni nazarda tutilishi mumkin. Сhunki yuqorida tahlil qilib o'tganimizdek, ish beruvchi o'z vakolatlari doirasida yakka o'zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar ham mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar jumlasiga kiradi.


MK 361-moddasiga ko'ra (Ish joylariga qo'yiladigan talablar), ish joylari joylashtiriladigan binolar (inshootlar) tuzilishiga ko'ra ularning belgilangan funtsional maqsadiga hamda mehnat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish talablariga mos bo'lishi kerak.


Ish vaqti davomida ish o'rinlari joylashgan xonada harorat, yorug'lik, shuningdek ventilatsiya sanitariya normalari va qoidalariga mos bo'lishi kerak.


Bundan tashqari, MK 25-moddasiga ko'ra (Ish beruvchining majburiyatlari), ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish normativ talablariga muvofiq bo'lgan mehnat xavfsizligini va shart-sharoitlarini ta'minlashi shart!


MK 205-moddasiga ko'ra, yilning issiq yoki sovuq mavsumida ochiq havoda yoxud sovitilmaydigan yoki isitilmaydigan yopiq xonalarda ishlaydigan, shuningdek yuk ortish-tushirish ishlarida band bo'lgan shaxslar uchun maxsus tanaffuslar beriladi! Ish beruvchi isitish, sovitish uchun asbob-uskunalar bilan jihozlangan va xodimlarning dam olishi uchun yaroqli bo'lgan xonalarni ta'minlashi shart. Bunday tanaffuslar taqdim etiladigan ishlarning ro'yxati, harorat ko'rsatkichlari, shuningdek ushbu tanaffuslarning davriyligi va davomiyligi ish o'rinlarini mehnat sharoitlari hamda asbob-uskunalarning jarohatlash xavfi bo'yicha attestatsiyadan o'tkazish asosida belgilanadi.


Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentyabrdagi 263-son qaroriga 1-ilova “Ish o'rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi Nizom mehnat sharoitlari, mehnat jarayonining og'irligi va tig'izligi, asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o'rinlarini attestatsiyadan o'tkazish, uning natijalarini rasmiylashtirish hamda ulardan foydalanish, shuningdek attestatsiyadan o'tkazuvchi tashkilotlarga qo'yiladigan talablarni belgilaydi.


***


Xususiy klinikadan kasallik varaqasi olib kelsam, o'tmas ekan. Shu to'g'rimi?


O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug'iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to'g'risida”gi 2667-son Yo'riqnomaning 4-bandiga ko'ra, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma'lumotnomalari, qoida tariqasida, davlat sog'liqni saqlash tizimi, shu jumladan, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalarining davolovchi shifokorlari tomonidan beriladi.


E'tibor bering, qoida tariqasida deyilmoqda. Ya'ni bundan faqat davlat davolash-profilaktika muassasalari mehnatga layoqatsizlik varaqalari berishga haqli degan xulosaga kelmaslik kerak.


Yo'riqnomaning 5-bandiga ko'ra, sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga tegishli davolash-profilaktika muassasalari mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish yoki tibbiy-ijtimoiy ekspertiza bo'yicha yetarli malakali xodimga ega bo'lgan taqdirda, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma'lumotnomalari berishga haqli. Bunda sog'liqni saqlashning xususiy tizimidagi davolash-profilaktika muassasasi statsionar sharoitda faoliyat yuritayotgan bo'lishi zarur.


Demak, agar xususiy klinika Yo'riqnomaning 5-bandidagi talablarga javob bersa, ular mehnatga layoqatsizlik varaqalari berishga haqli.


Quyidagi muassasalarning shifokorlari mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga haqli emas:


  • tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati;
  • shifoxonalarning qabul bo'limlari;
  • sud-tibbiy ekspertiza muassasalari;
  • pansionat va sanatoriy-kurortlar, sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno;
  • fizioterapiya, davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari bo'yicha tibbiy muassasalar.

Savollarga TDYuU Mehnat huquqi kafedrasi katta o'qituvchisi
Muhammadamin Karimjonov javob bergan.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Mehnat huquqi
Shifokorlar huquqi tiklandi
0 1847 12:32 | 26.09.2023
Mehnat huquqi
Mehnat huquqi