Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Kuchli davlatni bilimli yoshlar quradi

Keyingi yillarda davlatimiz rahbari boshchiligida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini to'liq ta'minlash, ularning qadr-qimmatini ulug'lash yangi O'zbekistonning davlat siyosatida yetakchi o'ringa chiqdi. Ayniqsa, ayollarning ta'lim olishi, ilm-fan bilan shug'ullanishi yo'lida qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotgani tahsinga sazovor.
Mehnat huquqi
138 10:31 | 05.04.2025 10:31

Bunday imkoniyatlar ko'lamidan nozik xilqat egalari ham motivatsiya olib, bor kuch va shijoatini ilmga baxshida etmoqda. Bugungi kunda 6,2 mingdan ziyod xotin-qizlar ilmiy faoliyat bilan shug'ullanayotgani, ilmiy ishlanmalarning 25 foizi olima ayollarimiz tashabbusi ekanligi ham jamiyatda ularning o'rni mustahkamlanib borayotganidan dalolat. Ularning orasida xalqaro darajada e'tirof etilayotgan ilm-fan vakillarining borligi barchamizga faxr-iftixor bag'ishlaydi.


Ta'lim islohotlari samarasi o'laroq, yurtimizda teran bilim va dunyoqarashga ega, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillarni mukammal o'zlashtirgan mutaxassislar, ilm-fan sohasida ulkan yutuqlarni qo'lga kiritayotgan yosh olimlar safi kengayib borayotgani yanada quvonarli, albatta.


Ilm yo'lidan borib mamlakat taraqqiyotiga hissa qo'shishni qat'iy maqsad qilgan ana shunday yoshlardan biri Muxlisa Norboevadir. Ayni paytda u Toshkent xalqaro universiteti doktoranti sifatida iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Raqamli iqtisodiyot sharoitida valyuta siyosati ustuvorliklarini ta'minlashning kontseptual asoslari” mavzuida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.


M. Norboevaning hozirgi kunga qadar mamlakatimiz ilmiy-ommabop nashrlarida iqtisodiyotning dolzarb yo'nalishlariga oid o'nga yaqin ilmiy maqolalari e'lon qilingan. Qolaversa, ikkita darslik va bitta o'quv-qo'llanmasi (hammualliflikda) Germaniyaning “GlobeEdit” nashriyotida ingliz tilida nashr etilgan. Shuningdek, “Valyuta siyosati orqali iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash yo'llari” nomli monografiyasi Germaniyaning “Lap Lambert Academic Publishing” nashriyoti tomonidan nemis, ispan, ital'yan, frantsuz, polyak, portugal, ingliz, rus tillarida chop qilindi.


Xalqaro Nordik universiteti tomonidan nashrga tavsiya etilgan ushbu kitobda mamlakatimizda olib borilayotgan valyuta siyosatini takomillashtirish asosida iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash masalalari tahlil qilinib, bu borada amaliy takliflar ilgari surilgan.


Ta'kidlash joizki, valyuta siyosati tashqi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning ta'sirchan vositasidir. Valyuta kursi mamlakat ichki va tashqi iqtisodiyoti bilan o'zaro bog'liq bo'lib, uning o'zgarishi mamlakat iqtisodiyotiga va tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Valyuta kursi va uning kelgusidagi holati tashqi iqtisodiy munosabatlarni, ayniqsa, tashqi savdoni rivojlantirishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.


Shu jihatdan olganda, “O'zbekiston – 2030” strategiyasida pul-kredit, fiskal va tashqi savdo siyosatlarini o'zaro muvofiqlashtirish hamda tovar va xizmatlar bozorida raqobat muhitini yaxshilashga qaratilgan tarkibiy islohotlarni davom ettirish orqali 2030 yilga borib yillik inflyatsiya 5-6 foiz darajadan oshmasligini ta'minlash vazifasi belgilab berilishining o'ziyoq tanlangan tadqiqot mavzusining nechog'li dolzarb ekanligini ko'rsatadi.


Darhaqiqat, iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini kuchaytirish, iqtisodiyotning barcha tarmog'iga bozor mexanizmlarini izchillik bilan joriy etish, kambag'allikni qisqartirish va aholi farovonligini yuksaltirish, raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishini tashkil etadi.


Ayonki, rivojlanayotgan davlatlarda tashqi savdo aylanmasining ko'payib borayotgani, xorijiy investitsiyalar kelishining ortayotgani, ichki iqtisodiyotlarning jahon iqtisodiyotiga tobora integrallashayotgani hamda dollarlashuv darajasining keskin ko'tarilib borayotgani ichki iqtisodiyotlarning xalqaro valyuta bozorlaridagi tebranishlarga ta'sirchanligini oshirayotir. Ammo rivojlanayotgan davlatlarda valyuta siyosatining yetarlicha ravnaq topmaganligi va ayniqsa, ularda milliy valyutalarning deval'vatsiyaga uchrayotganini ko'rishimiz mumkin.


Aslida, uzoq muddatli iqtisodiy o'sishga erishish, aholining turmush farovonligini va milliy ishlab chiqarishning samaradorligini doimiy oshirib borish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay muhitni yaratish, valyuta kursi o'zgarishining eksport salohiyatiga ta'sirini ko'tarish kabi dolzarb muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish valyuta siyosatining samarali olib borilishiga bog'liq. Valyuta bozorini takomillashtirish mamlakat investitsiya salohiyatini yaxshilash, tijorat banklarida esa valyuta operatsiyalari samaradorligini oshirish, pirovardida bank-moliya tizimining rivojlanishiga olib keladi.


Shundan kelib chiqqan holda mazkur ilmiy monografiya ayni muammolarni tahlil qilish barobarida, ularga yechim berishi bilan ham ahamiyatlidir. Qolaversa, davlatimiz rahbarining “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi, “2020 – 2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida”gi, “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmonlari, shuningdek, tegishli qarorlari va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashga xizmat qiladi.


Ishonchimiz komilki, yosh olima Muxlisa Norboevaning ushbu kitobi talabalar, iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar hamda qiziquvchilar uchun qo'llanma vazifasini o'taydi.


Bahodir HASANOV,
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining
Audit kafedrasi professori,
iqtisodiyot fanlari doktori.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Mehnat huquqi
Shifokorlar huquqi tiklandi
0 1586 12:32 | 26.09.2023
Mehnat huquqi
Mehnat huquqi