Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +15 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +16 C

  • 19:00

    +15 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +12 C

  • 22:00

    +11 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +15 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +16 C

  • 19:00

    +15 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +12 C

  • 22:00

    +11 C

  • 23:00

    +11 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +13 +20

  • Dushanba, 21

    +16 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +19 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko'ra bekor qilish

Bahsli vaziyatga Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o'qituvchisi Muhammadamin Karimjonov batafsil tushuntirish beradi.
Mehnat huquqi
190 09:51 | 14.04.2025 09:51

Mehnat kodeksi (keyingi o'rinlarda - MK) 160-moddasi 6-qismiga ko'ra, ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq belgilangan yoki taraflarning kelishuviga ko'ra belgilangan ogohlantirish muddati davomida, shu jumladan ogohlantirish muddati so'nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim o'zi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir.


MK 160-moddasi 1-qismiga ko'ra, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini 14 kalendar' kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli. O'z tashabbusiga ko'ra bekor qilinganda ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlari quyidagilarga nisbatan belgilab qo'yilgan:


  • MK 489-moddasi 3-qismiga ko'ra, tashkilot rahbari o'z tashabbusiga ko'ra nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugashidan oldin muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli bo'lib, bu haqda ish beruvchini 2 oy oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak.
  • MK 489-moddasi 4-qismiga ko'ra, rahbarning o'rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, alohida bo'linmalar rahbarlari o'z tashabbusiga ko'ra nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugashidan oldin muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli bo'lib, bu haqda ish beruvchini 1 oy oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak.
  • Mavsumiy xodimlar (MK 494-moddasining 1-qismi), vaqtinchalik ishlarda band bo'lgan shaxslar (MK 499-moddasining 1-qismi) ish beruvchini 3 kalendar' kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o'z tashabbusiga ko'ra bekor qilishga haqli.
  • Mikrofirmalar ish beruvchilarining xodimlari (MK 506-moddasining 1-qismi), yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlaydigan shaxslar (MK Kodeks 511-moddasining 1-qismi), uy ishchilari (MK 518-moddasining 1-qismi) ish beruvchini 7 kalendar' kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda, mehnat shartnomasini o'z tashabbusiga ko'ra bekor qilishga haqli.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlarga esa MK 503-moddasi oxirgi qimini misol keltirishimiz mumkin. Unga ko'ra, mehnat shartnomasini sportchining tashabbusi bilan bekor qilish to'g'risidagi ogohlantirish muddatining davomiyligi mehnat shartnomasi taraflari tomonidan tegishli sport turi yoki turlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi sport federatsiyalarining (assotsiatsiyalarining) tavsiyalariga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi belgilaydigan muddatlar inobatga olingan holda aniqlanadi.


Misol. Xodim o'z tashabbusiga ko'ra mehnat shartnomasini bekor qilish haqida 2024 yil 2 dekabr' dushanba kuni ariza berdi. Ogohlantirish muddatining o'tishi (14 kalendar' kunlik ogohlantirish misolida) ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi arizasi olinganidan so'ng keyingi kunda boshlanadi. Mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi ogohlantirish muddati 16 dekabr' dushanba kuni tugaydi. Xodimning ish vaqti – soat 09:00 dan 18: 00 gacha. Xodim 16 dekabr' dushanba kuni soat 18:00 gacha mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi arizasini chaqirib olishga haqli.


Diqqat! Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko'ra bekor qilishning ogohlantirish muddatiga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritiladi.


MK 165-moddasi oxirgi qismiga chalg'imang! Xodimni ogohlantirish muddatiga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi, bundan mehnatga oid munosabatlarning tashkilot (uning alohida bo'linmasi) tugatilganligi munosabati bilan tugatilishi mustasno. Bu qoida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilish to'g'risidagi ogohlantirish muddatlariga taalluqlidir.


Diqqat! MK 160 va 132-moddalarini ham chalg'itib yubormang! Agar xodimga ishga qabul qilish chog'ida dastlabki sinov belgilangan bo'lsa, dastlabki sinov muddati tugaguniga qadar taraflarning har biri ikkinchi tarafni kamida 3 kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli.


Misol. Tashkilot bosh buxgalteri 6 oy dastlabki sinov muddati bilan ishga olindi. Agar bosh buxgalter dastlabki sinov muddati ichida o'z tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qiladigan bo'lsa, ish beruvchini 1 oy oldin emas, balki kamida 3 kun oldin yozma shaklda ogohlantiradi.


Dastlabki sinov muddati bilan ishga olingan bosh buxgalter dastlabki sinov muddati ichida 2024 yil 2 dekabr kuni ish beruvchini kamida 3kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan bo'lsa, 5 dekabr' kuni u bilan mehnat shartnomasi MK 132-moddasiga ko'ra bekor qilinadi yoki bosh buxgalter 5 dekabr' kuni tashkilotda ish vaqti tugangunga qadar o'z arizasini chaqirib olishga haqli.


MK 132-moddasi 5-qismiga ko'ra, xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasi dastlabki sinov davrida bekor qilinayotgan taqdirda, xodim ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan yoki mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilangan, mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi ogohlantirish muddati mobaynida mehnatga oid munosabatlarni tugatish haqida berilgan arizani qaytarib olishga haqli.


Mehnat shartnomasini bekor qilish chog'ida xodimga har yilgi mehnat ta'tilini berishda arizani chaqirib olish bilan bog'liq alohida qoidalar mavjud.


MK 235-moddasining 4-qismiga ko'ra, agar xodimning tashabbusiga ko'ra keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holda har yilgi mehnat ta'tili berilgan bo'lsa, xodim mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi arizasini mehnat ta'tili boshlanadigan kunga qadar chaqirib olishga haqli.


O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 20 noyabrdagi 26-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo'llash amaliyoti to'g'risida”gi qarorining 20-bandiga ko'ra, qonunda belgilangan yoki xodim va ish beruvchi kelishuviga ko'ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati davomida xodim mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida buyruq chiqarilgan bo'lishidan qat'i nazar arizasini qaytarib olishga haqli.


Agar xodimning tashabbusiga ko'ra keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holda har yilgi mehnat ta'tili berilgan bo'lsa, xodim mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi arizasini mehnat ta'tili boshlanadigan kunga qadar chaqirib olishga haqli (MK 235-moddasining to'rtinchi qismi).


Misol. 2024 yil 2 dekabrdagi xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, 2024 yil 12 dekabr' payshanba kunidan xodimga har yilgi mehnat ta'tilini keyinchalik mehnatga oid munosabatlarni tugatgan holda xodimning yozma arizasi asosida berish nazarda tutildi.


Demak, bu holatda xodim arizasini mehnat ta'tili boshlanadigan kunga qadar ya'ni 11 dekabr' chorshanba kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi arizasini chaqirib olishga haqli.


Har yilgi mehnat ta'tili boshlangan kundan ya'ni 12 dekabr' payshanba kunidan arizasini chaqirib olishga haqli emas.


Eski tahrirdagi Mehnat kodeksining 152-moddasida esa, xodim arizasini ogohlantirishning qonun yoki taraflarning kelishuvi bilan belgilangan muddati davomida qaytarib olishga haqli edi.


Arizani chaqirib olish bilan bog'liq amaliyotdagi bir bahsli masala yuzasidan tahlilimizni keltiramiz. Xodim arizani ogohlantirish muddatining oxirgi kuni chaqirib olmoqda. Muammo shundaki, xodim chaqirib olish haqidagi arizani pochta orqali yuborgan. Tabiiyki, ogohlantirish muddati tugagan kuni ish beruvchi shartnomani bekor qilgan. Xodimning arizasi bir necha kundan so'ng ish beruvchiga yetib kelmoqda. Xodim esa sudga bergan. Shu holatda nima bo'ladi?


Haqiqatan ham bahsli vaziyat. Ayrimlar Fuqarolik kodeksi 148-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksi 152-moddalariga asoslanmoqda. Ya'ni muddatning oxirgi kunida soat 24 ga qadar aloqa tashkilotiga topshirilgan yoki boshqa aloqa vositalari bilan yuborilgan barcha yozma bayonotlar va xabarlar, pul o'tkazmalari muddatida qilingan hisoblanadi.


Lekin FK 148-moddasi 2-qismiga ko'ra, agar, bu harakat tashkilotda amalga oshirilishi kerak bo'lsa, u holda muddat belgilangan qoidalarga muvofiq ushbu tashkilotda tegishli operatsiyalar to'xtatiladigan soatda tamom bo'ladi.


E'tibor berdingizmi, belgilangan qoidalarga muvofiq deyilmoqda. MK 160-moddasida esa savolda so'ralgan arizani chaqirib olish qoidalari belgilab berilgan.


Yuqorida tahlil qilib o'tganimizdek, MK 160-moddasi 6-qismiga ko'ra, ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq belgilangan yoki taraflarning kelishuviga ko'ra belgilangan ogohlantirish muddati davomida, shu jumladan ogohlantirish muddati so'nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim o'zi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir.


Demak, e'tibor bering, ogohlantirish muddati davomida, shu jumladan ogohlantirish muddati so'nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim o'zi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir deyilmoqda.


Bundan xulosa qilsak, agar xodimning arizani chaqirib olish haqidagi pochta orqali yuborgan xati ogohlantirish muddati so'nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar ish beruvchiga yetib kelgan bo'lsagina xodim arizani chaqirib olishga haqli deb hisoblaymiz.


Agar xat ogohlantirish muddati tugaganidan so'ng yetib kelgan bo'lsa, ish beruvchinig mehnat shartnomasini bekor qilishini qonuniy deb hisoblaymiz. Demak, arizasini chaqirib olishni xohlagan xodim yuqoridagi muddatlarga ham rioya qilishi, oldinroq harakat qilishi lozim.


UzPost (“O'zbekiston pochtasi”) respublika bo'ylab jo'natmalarni 24 soat ichida yetkazib berish bo'yicha “Bir Qadam” xizmatini yo'lga qo'ygan. Ushbu xizmat turi orqali jo'natmalar butun O'zbekiston bo'ylab (belgilangan bo'limlar orasida) 1 kun ichida yetkazib beriladi.


Yoki agar imkoni bo'lsa, xodim tashkilotga shaxsan kelib arizani qaytarib olishi mumkin yoki pochta orqali xat yuborganda ogohlantirish muddatining tugash kunini hisobga olish zarur.


Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizani chaqirib olish haqidagi arizada qandaydir sabab yoki vajlarni ko'rsatishi shart emas. Ish beruvchi har qanday holatda ham xodimning arizani chaqirib olish talabini qanoatlantirishi shart.


Agar mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida buyruq chiqarilgan bo'lsachi?


Qonunda belgilangan yoki xodim va ish beruvchi kelishuviga ko'ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati davomida mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida buyruq chiqarilgan bo'lishidan qat'i nazar xodim arizasini qaytarib olishga haqli.


Bu holda chaqirib olish haqidagi ariza asosida ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi birinchi buyruqni bekor qilish to'g'risida yangi buyruq chiqaradi.


Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko'ra bekor qilish haqidagi arizani chaqirib olish munosabati bilan Falonchi Falonchiev (xodimning FIO) bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi Falon sonli buyruq 2024 yil 16 dekabr' sanasidan boshlab bekor qilinsin.


Asos: 2024 yil 16 dekabrdagi Falonchi Falonchievning (xodimning FIO) arizasi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Mehnat huquqi
Shifokorlar huquqi tiklandi
0 1586 12:32 | 26.09.2023
Mehnat huquqi
Mehnat huquqi