Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 935.2739.72

  • EUR

    14 367.2028.64

  • RUB

    160.471.09

+19C

+19C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+19c

  • Hozir

    +19 C

  • 06:00

    +19 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +26 C

  • 09:00

    +30 C

  • 10:00

    +32 C

  • 11:00

    +34 C

  • 12:00

    +35 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +37 C

  • 15:00

    +37 C

  • 16:00

    +37 C

  • 17:00

    +36 C

  • 18:00

    +35 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 14-May

+19C

  • Hozir

    +19 C

  • 06:00

    +19 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +26 C

  • 09:00

    +30 C

  • 10:00

    +32 C

  • 11:00

    +34 C

  • 12:00

    +35 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +37 C

  • 15:00

    +37 C

  • 16:00

    +37 C

  • 17:00

    +36 C

  • 18:00

    +35 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +22 C

  • Chorshanba, 14

    +19 +20

  • Payshanba, 15

    +18 +20

  • Juma, 16

    +20 +20

  • Shanba, 17

    +20 +20

  • Yakshanba, 18

    +21 +20

  • Dushanba, 19

    +16 +20

  • Seshanba, 20

    +15 +20

  • Chorshanba, 21

    +17 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Mudarris Ne'matillo bobo va Shohimardon

Shohimardon dovrug'i haqida gap ketganda beixtiyor Hazrati Ali (r.a) va Hamza Hakimzoda Niyoziy kabi buyuklar hayolimizga keladi. Dovrug'ini doston qilayotgan, kuniga minglab insonlarga vatanining tarixini so'zlashdan charchamaydigan, bugungi shohimardonliklar haqida bir inson misolida hikoya qilamiz.
Jamiyat
381 18:14 | 27.02.2025 18:14

“Men ko'p davlatlarda, sharoiti yaxshi bo'lgan shaharlarda biroz muddat yashadim, ammo men o'z qishlog'imni yaxshi ko'raman” – deydi salkam 70 yoshni qarshilayotgan Ne'matillo Saidahmedov. Shohimardonda ikkita ziyoratgoh – Hamza maqbarasi va muzeyi bor. Qahramonimiz ko'p yillardan buyon ziyoratgohda mudarrislik qilib keladi. Ya'ni ziyoratchilarga bu yerning tarixi, afsona va haqiqatlari haqida so'zlaydi, kelganlarning haqqiga duo o'qiydi. Insonlarning butun orzulariyu, umidlari shu ikki qo'lining orasiga jamlanadi. Ne'matillo boboni gohida sharifi mozorni supurayotganini, gohida ziyoratchilarni duo qilayotganini, yoki qishlog'i bilan tanishtirayotganini ko'rish mumkin. Xullas, mehmonlarga mezbonlik qilishga bel bog'lagan insonlardan. Qahramonimiz avval ziyorat, keyin sayohat, so'ng tijorat deya qutlug' qadamjolarni mehmonlarga bir-bir ko'rsatadi.


Ziyoratgohga bir kelib Ne'matillo boboning duosini olgan odam yana qayta shu dargohga keladi. Duogo'y, ochiqko'ngil amakining uyida kunora mehmonning keti uzilmaydi. Afrikalik deysizmi, yevropalik alpinistlar bo'ladimi, bu yurtga qadami tekkan inson Ne'matillo boboning xonadonidan choy ichmay ketmaydi. Ayoli Odina buvining ta'kidlashicha, ancha yillar oldin turmush o'rtog'i ish yuzasidan Toshkentga boradi. Сho'ntagi qurib, boshpanasiz ancha qiynaladi. “Shaharda oqibatsizlik kuchli ekan, hech kim uyiga kiritmapti. Ehtimol shundanmi, yo'lda mehmonman deya tanishtirgan insonni o'z uyiga olib keladi”, –deb aytadi.


“Bir yigitga qirq hunar oz” deganlari shohimardonliklarga yarashmaydi. Сhunki ular yetmish hunarni ham bilishadi. Ne'matillo bobo dehqon bo'lgani, ko'p yurtlarda bo'lib savdogarlik qilgani, fotosuratchi va bog'bon bo'lganini gapirganida fikrimiz yanada ayonlashdi. Bu yerdagi aholi asosan, bog'dorchilik, sut mahsulotlari, ustachilik, ziyoratgohdagi kichik savdo kabi mavsumiy ishlar bilan shug'ullanishadi, ko'p erkaklar esa Rossiya davlatida ishlab keladi. Turli hunarga ega bo'lishning ildizi qishloqda ishsizlik muammosi bor ekanligida, aslida. Kichik 2 ta maktab va 2 ta bog'cha, qishloqning chekkarog'idagi sanatoriy aholining bir qismini doimiy ish bilan ta'minlay oladi, xolos.


Xonadon egalari o'zlarini xo'jalardanmiz, deya nomlaydi. Bu nom qadimdan paydo bo'lib, o'zlarini payg'ambarlar avlodi hisoblashadi. Shu sababli ham mudarrislik kasbini sidqidildan ado etadi. Bir kunda minglab ziyoratchilarga xizmat ko'rsatib, kechki mahal uyga qaytarkan, bo'sh qoldim deguncha kitob varaqlaydi. Qahramonimiz shuncha yashab bir armoni bor ekanligi haqida gapirib qoldi. “Uch o'g'lim bir qizim bor. O'g'illarim usta bo'lib ishlaydi. Hozir ish yo'qligi uchun biri Rossiyada, biri Farg'onada, kenjam esa uyda. O'qita olmaganim uchun ba'zan o'zimdan xafa bo'lib ketaman, oilali qizim ham o'qitmagansiz, deb yig'lab turadi. Kichik o'g'lim juda ham aqlli, bilimli bola. Bir yili Toshkentga vrachlik institutiga oborgan edim. Imtihondan bir ball yetmay yiqildi. Keyin esa oborishga hafsala ham sharoitimiz ham bo'lmadi. Yo'l uzoq, qayta-qayta borishga esa pul degan narsa kerak” – deya bosh chayqaydi. Qishloqda universitetlar yo'q, Farg'onaga yoki boshqa viloyatlarga borib o'qish esa ancha mushkul. Aksariyat maktabni tamomlagan qizlar yangi oilaga kelinlikka, o'g'il bolalar esa hurjunini ko'tarib chetga ishga jo'naydi.


Shohimardon haqida gapirsak, chig'anoq ichidagi marvaridga o'xshaydi. To'rt tomondan tog'lar bilan o'ralgan, Qirg'iziston ichidagi dunyo uchun yopiq bo'lgan hudud. Bu aholining yashashi uchun qiyinchiliklar tug'dirsa-da, ammo bu yerda “Buzib tashla, imorat qur” kabi siyosat hali kirib kelmaganligi hozircha hududni toza havo bilan ta'minlab turibdi…


Qahramonimiz Ne'matillo bobo faxr bilan Hazrati Ali (r.a) haqidagi afsonalarni gapirib beradi.


Xalqimizda Hazrati Alining O'rta Osiyoga tashrifi va qabri borligi haqida afsonalar bor. Hazrati Ali musulmon dinining qo'mondoni, payg'ambarimizning suyukli kuyovlari edi. Ikki daryo qo'shilish joyida to'rt taraflama tog'lar bilan o'ralgan hududda Hazrati Alini ko'rish mumkinligi aytilgan. vII asrlarda bu yerdagi savdogarlar oq tuyada niqobli odamning g'orga kirib ketayotganini ko'rib qolishadi. O'sha paytda g'or oldidan suv (ya'ni hozirgi oqsuv) otilib chiqib, soyga qo'shiladi. Vafot etganidan so'ng, dushmanlaridan sir saqlash maqsadida yetti iqlimda qabri bunyod qilinadi. Boshqa bir afsonaga ko'ra, Hazrati Alining tobuti tuyaga yuklanib, o'zi to'xtagan joyga dafn etilishi vasiyat qilingan. Tuyaning yo'li Shohimardonga olib keladi va u yerda to'xtaydi. Shundan so'ng, o'sha joyda qabr paydo bo'ladi va ziyoratgohga aylanadi. Ming yillardirki bu yerga odamlar ziyorat uchun kelishadi. Dostonlardagi Alpomish ham farzand so'rab bu yerga kelgani haqida rivoyatlar yuradi. Shohimardondagi har bir qum zarrasi ham Hazrati Ali bilan bog'liqligi bor. Shohimardon so'zining ma'nosi ham “mardlar shohi” deya Hazrati Ali nomiga qo'yilgan.


Hamza esa tirik haqiqat


Hamza o'zbek adabiyotiga tamal toshini qo'ygan shaxs hisoblanadi. Uning asarlari ijtimoiy adolatcizlik, zulm va jaholatga qarshi kurashga qaratilgan. U ilm-ma'rifat, ozodlik va tenglik g'oyalarini targ'ib qilgan. 1928 yilda Hamza hukumat qarori bilan Shohimardonga safarbar qilinadi. U 7 oy davomida ko'p ishlarga tashabbuskorlik qiladi. O'troq lager kolxozini tuzadi. Kichik elektr stantsiyasi, Hamza maktabini tashkil etadi. Ayollarning ta'lim olishi uchun o'z hissasini qo'shadi. O'sha vaqtda qishloq xo'jaligi uchun tog' o'rtasidan kanal ochadi. Xalqparvar, ma'rifatparvar Hamza qasddan hukumat tarafidan tepalikda otib o'ldiriladi. Bu fojiani yashirish maqsadida sun'iy ravishda toshbo'ron uyushtiradi. Hamzaning ijodi, hayrli ishlarini xalqqa yomon ko'rsatish maqsadida, «ayollarni paranji yechishga majburlagan» kabi bo'xtonlarni ham keltirib chiqargan. Zero, Hamza bir satrida “Hurriyat yo'lida jon fido etgan, Mardlarning nomini tarix yozadi” degan edi.


Shunday buyuklarning avlodi ro'zg'or ilinjida Rossiyada ishlashi, ustachilik qilish uchun kimningdir uy qurishini poylab o'tirishi, o'qish istagi bo'la turib o'qiy olmasligi, qanotlari bor burgutning baland uchish o'rniga, qafasda xunob bo'lishiday gap.


Diyora RAVShANOVA


Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 620 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 886 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 909 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 9430 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 642 21:55 | 12.10.2024