Valyuta UZS
  • USD

    12 692.42100.85

  • EUR

    14 511.24-34.54

  • RUB

    158.444.62

+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+25c

  • Hozir

    +25 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 01-August

+25C

  • Hozir

    +25 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Juma, 01

    +25 +20

  • Shanba, 02

    +23 +20

  • Yakshanba, 03

    +23 +20

  • Dushanba, 04

    +25 +20

  • Seshanba, 05

    +24 +20

  • Chorshanba, 06

    +24 +20

  • Payshanba, 07

    +23 +20

  • Juma, 08

    +24 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Muddatli harbiy xizmatga ketsam, ish beruvchi menga ish haqini qanday hisoblaydi?

Savollarga TDYuU Mehnat huquqi kafedrasi katta o'qituvchisi Muhammadamin Karimjonov javob bergan.
Mehnat huquqi
186 13:59 | 31.07.2025 13:59

Davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladigan 27 kalendar' kunidan kam bo'lmagan yillik asosiy ta'tilni pulli kompensatsiyaga almashtirish mumkinmi?


Ha, mumkin. Buni quyidagicha asoslaymiz. “Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi 54-moddasiga ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisiga davomiyligi 27 kalendar kunidan kam bo'lmagan yillik asosiy ta'til beriladi.


Shuningdek, MK 218-moddasi 2-qismiga ko'ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi 27 kalendar kun bo'lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi, bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.


MK 234-moddasi 2-qismiga ko'ra, xodimlarga ish davrida ularning xohishiga ko'ra har yilgi mehnat ta'tili uchun ta'tilning ushbu Kodeksning 217-moddasida belgilangan eng kam davomiyligidan (21 kalendar kunidan) ortiqcha qismi uchun pulli kompensatsiya to'lanishi mumkin.


Endi 234-moddaning 4-qismiga e'tibor qarating! Unga ko'ra, 18 yoshga to'lmagan xodimlarga, I yoki II guruh nogironligi bo'lgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy ta'tillarning barcha turlaridan, har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta'tillaridan, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo'shimcha ta'tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo'l qo'yilmaydi.


234-moddaning 4-qismida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga, davlat fuqarolik xizmatchilariga hech qanday cheklov yo'q. Demak, xulosa qiladigan bo'lsak, davlat fuqarolik xizmatchilari va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari 27 kalendar' kun ta'tilni 21 kunini asl holicha, qolgan 6 kunini pulli kompensatsiyaga almashtirishlari mumkin.


***


Qorovullar sutkali ishda 1 sutka ishlab, 2 kun dam olsa, ular o'rindoshlik asosida yarim stavkada ishlay oladimi?


Ha, bunday ish tartibida bo'lgan qorovul xodim o'zining asosiy ishidan bo'sh vaqtida, ya'ni 2 kunlik dam olish kunlarida o'rindoshlik asosida ishlashi mumkin.


Bu holat Mehnat kodeksining quyidagi normalariga tayanadi:


  • 432-moddaga ko'ra, o'rindoshlik asosida ishlash – bu xodimning asosiy ishidan bo'sh vaqtida boshqa doimiy haq to'lanadigan ishni bajarishi hisoblanadi.
  • 433-moddada ayrim cheklovlar belgilangan bo'lsa-da, qorovullik kasbi bevosita “noqulay mehnat sharoitlari” toifasiga kirmasa va sog'liq yoki xavfsizlikka tahdid tug'dirmasa, o'rindoshlik qilish taqiqlanmaydi.
  • 437-moddaga asosan, o'rindosh sifatida ishlashda haftalik ish vaqti normasi asosiy ish stavkasining yarmidan oshmasligi kerak (ya'ni 0.5 stavkagacha).

Bundan tashqari, xodim asosiy ishidan bo'sh kunlarda to'liq ish kunida ishlashi mumkin.


Xulosa shuki, agar qorovul asosiy ishida 1 kun ishlab 2 kun dam olayotgan bo'lsa, u o'sha 2 kunlik dam olish kunlarida boshqa ish joyida 0.5 stavkada o'rindosh sifatida ishlashi mumkin, bu Mehnat kodeksiga muvofiq hisoblanadi.


***


Bankda ishlayman. Bir oylik muddatli harbiy xizmatga borsam, menga ish haqi qanday hisoblanadi?


Mehnat kodeksining 282-moddasiga asosan, ish beruvchi xodimning davlat va jamoat majburiyatlarini, jumladan, harbiy majburiyatlarni bajarish vaqtida uni ishdan ish joyini (lavozimini) va o'rtacha oylik ish haqini saqlagan holda ozod etishi shart.


Mehnat kodeksining 257-moddasida esa o'rtacha ish haqi va uni hisoblab chiqarish tartibi belgilab qo'yilgan.


Manba


Savollarga TDYuU Mehnat huquqi kafedrasi katta o'qituvchisi
Muhammadamin Karimjonov javob bergan.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Mehnat huquqi
Shifokorlar huquqi tiklandi
0 1847 12:32 | 26.09.2023
Mehnat huquqi
Mehnat huquqi