Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Oila institutining o'zbekcha qiyofasi va dunyo statistikasidagi ayanchli raqamlar

Oilaparvarlik bizning qon-qonimizga singib ketgan. Ota-ona va farzand oldidagi mas'uliyatning ham o'zbekcha qiyofasi bor asli. Bu qiyofa onaning ulug'lanishida ham, farzandlik burchda ham, oilaviy sadoqatda ham ko'rinadi. Bu qiyofa ota-onaga hurmatsizlik – ularning ko'zlariga tik boqish gunoh sanalishida, ajrim nafaqat shu oila, balki shu avlod uchun ham isnod hisoblanishadi gavdalanadi. “Bizning avlodimizda bunday bo'lmagan”, – deb qo'yishadi ota-momolarimiz bosh chayqab. “Bizning ota-onalarimiz bunday qilishmagan” – deyishadi yoshlar ham bo'ynini ko'tarib. Bu – oilaparvarlikning o'zbekcha qiyofasi, ona va bola munosabatlarining o'zbekcha qiyofasi...
Tahlil
1141 15:43 | 05.06.2024 15:43

Bunday qiyofa qariyb o'ttiz asrlardan buyon, ehtimol bizning o'lkalarda ilk oilaviy rishtalar bog'lana boshlangandan buyon shakllanib kelmoqda.



Birgina misol. Qiz bola kelin bo'lib ota uyidan chiqib ketayotganda otaning, otasi bo'lmagan holatlarda esa ota o'rnini bosguvchi tog'alarning qiz yelkasiga qoqib, ikki og'iz pand-nasihat bilan yangi hayot sari oq yo'l tilab duo qilishi ota-bobolarimiz zardushtiylik diniga e'tiqod qilgan davrlardan beri amal qilib kelinar ekan. Zardo'shtiylik dinining asoschisi Spitamon Zardo'sht qizini o'z shogirdiga uzatayotib, shu amalni qilgan, ya'nikim, qiz “ota rizosi” bilan uzatilgan ekan. Xususan, Zardo'sht shunday pand qiladi:



“Ey Pruchisto, ey kenja qizim! Men sening otang ekanman, mazdoparastlik dinining targ'ibotchisi Jomaspni senga jufti halollikka intihob etdim... Endi men sizlarga shaxsan murojaat etaman: pandimga quloq soling va aytganlarimni xotirangizga muhrlab oling. Halollik bilan kun kechirish yo'lida g'ayrat va shijoatli bo'ling. Har biringiz yaxshi xulqingiz bilan bir-biringizga mehr qo'ying, tokim muqaddas er-xotinlikni xursandlik va xushbaxtlik bilan o'tkazing.”


“Muqaddas” so'ziga alohida urg'u berdikkim, oila muqaddasligi bizga azaliy meros ekanligini ta'kidlash maqsadida. Yana, “Avesto” Yashtida shunday o'gitlar keltiriladi:


«Tangri o'zining donolik va go'yolik qudrati bilan insonni barcha jonzotlardan sharafli qilib yaratdi. Binobarin, bandalarining hayot nizomi birodarligu-do'stlik bo'lmog'i darkor. Bas shunday ekan, andisha (niyat) bilan ham, guftor (kalom) bilan ham, kirdor (amal) bilan ham odamlarga ozor yetkazmang. Biron bir begona sizning huzuringizga kelsa, g'izo bering, o'tirish uchun joy ko'rsating. Ajdodlarni ochlik va tashnalikka, issiqlik va sovuqlikka giriftor etmang. Qo'l ostingizdagilar va bolalarga mehribon bo'ling: ulug'lar va keksalarni hurmat qiling.”


“Avesto”ga murojaat qilganimizning boisi – bu din aynan bizning zaminimizda dunyoga kelgani bois, asosan shu zaminning azaliy urf-odatlari, milliy qadriyatlari to'g'risida xabar beradi.


Ona va bolani, oilani e'zozlash – azaliy qadriyat. Oilani e'zozlash zamirida milliy qadriyatlar, milliy an'analarga, shuningdek ajdodlar ruhiga hurmat va minglab yillar davomida sayqallanib, qadrlanib, uzatilib kelayotgan o'gitlariga sadoqat ham bor. Milliy qadriyatlarga sadoqat esa sharqona tarbiyaning asosidir.


Men oilaviy munosabatlarning ildizlari xususida bejiz to'xtalmadim. Eng yuksaklarga bo'y cho'zgan chinorga qarang: agar u ildizidan uzilsa nima bo'ladi? U zabt etgan yuksaklik bir zumda yer bilan bitta bo'ladi – chinor yerga qulab, quriy boshlaydi. Eng baland cho'qqilikni zabt etgan imoratlaru, minoralarni ko'ring: agar uning poydevori nurasa nima bo'ladi? Yana topdingiz: yerga qulab uyum tuproqqa aylanadi. Salobatu-viqordan asar ham qolmaydi.


Afsuski, globallashuvning “erkinlik” niqobi ostida kirib kelayotgan turli buzg'unchi g'oyalar bugun oilaviy munosabatlarning nozik va muqaddas rishtalariga ham chang solmoqda. Bu rishtalar, ildizlarni qurtday yemiruvchi bunday qarashlar Yevropadan Sharqqa, Osiyoga ham oqib kirib kelmoqda. Keling, yevropalik ekspertlar e'tirofidagi ayrim rasmiy va norasmiy statistikaga e'tiborni qarataylik: Keyingi yillarda Portugaliya, Ispaniya, Lyuksemburg va Rossiyada bir yilda oilaviy nikoh qurganlarga nisbatan ajrashganlar soni 70 foizdan ko'pni tashkil etmoqda. AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreyada bu ko'rsatkich ellik foizga yaqinlashib qolgan. Oilaning muqaddasligi u yoqda tursin, umuman zarurati-yu, qadr-qimmati tushib borayotganini, axloqiy qadriyatlarning qadrsizlanishini Yevropada nikohsiz bolalar tug'ilishiga nisbatan oddiy holat deb qaralayotganidan ham bilsa bo'ladi. Masalan, J.Millar va A.Rovlingsonning yozishlariga ko'ra, Buyuk Britaniyada 2008 yildayoq tug'ilgan bolalarning 40 foizini nikohsiz tug'ilgan bolalar tashkil etgan. Keyingi yillarda ham bu ko'rsatkichlar kamaymagani holda, Frantsiya, Portugaliya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda nikohsiz tug'ilgan bolalar soni 50 foizdan ham yuqori ko'rsatkichni tashkil etgan. Frantsiyada o'quv muassasalarida o'tkazilgan so'rovlar natijasida shu narsa ma'lum bo'ladiki, o'quvchi qizlarning 48 foizi nikohsiz farzand dunyoga keltirishni ayb sanashmas ekan.


Yoki, Yevropada oila baxti, farzandni dunyoga keltirib tarbiyalash, to'laqonli oila qurish tushunchalari oxirgi o'rinlarga tushib borayotganligi ham nafaqat achtinarli, balki yuqumli holatga ham aylanmoqda. Nafaqat oila qurish, balki farzand ko'rishni istamaslik, egoizm g'oyalarining ustunligi holatlari tufayli ayrim davlatlarda tug'ilishlar soni kamayishini ham kuzatish mumkin. Masalan, tug'ilish ko'rsatkichi pasayishi evaziga Belarussiya aholisi 2023 yil hisobiga ko'ra 55 ming nafarga kamaygan.


Bular oddiy raqamlarga o'xshaydi. Ammo, ularning ortida oilasizlik, axloqsizlik, xudbinlik g'oyalari yotgan bo'lib, yomg'irdan so'ng chiqqan qo'ziqorinday dunyo bo'ylab potirlab tarqalib borayotgani mamlakatlarni ma'naviy tanazzulga yetaklab borayotgan og'ir natijalarni ko'rsatadi. Va o'z navbatida bu raqamlar millat sifatida o'zligini saqlab qolishni istagan har bir xalqni, davlat sifatida o'z mavqeyini yuksaltirishni maqsad etgan har bir mamlakatni ogohlikka chorlab turish kerak. Jumladan bizni ham.


Unutmaslik kerak: oilaviy munosabatlar asosida inson omili shakllanadi. Oilaviy tarbiya, oilaviy qadriyatlar, oilaviy an'analar asosida milliy tarbiya yaraladi. Zero oila millatning eng dastlabki o'zagi, birlamchi bo'g'ini, yacheykasidir. Demak, oilalarda sog'lom ma'naviy muhit yaratishga, xususan, er-xotin, ota-ona va farzandlar, qaynona va kelin o'rtasidagi munosabatlar, qo'shnichilik munosabatlarining o'zaro hurmat, mehr-oqibat asosiga qurilishi o'ta muhim ahamiyatga ega. Bu – jamiyat ma'naviy barqarorligining ijtimoiy asoslarini belgilab berishini hamisha e'tiborga olish lozim.



Shahlo Ahrorova,


RMMM huzuridagi Ijtimoiy ma'naviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari doktori(PhD)


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1834 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1895 13:54 | 18.11.2023