Valyuta UZS
  • USD

    12 768.26-62.87

  • EUR

    14 400.04-142.76

  • RUB

    162.631.56

+17C

+17C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+17c

  • Hozir

    +17 C

  • 01:00

    +16 C

  • 02:00

    +16 C

  • 03:00

    +16 C

  • 04:00

    +16 C

  • 05:00

    +15 C

  • 06:00

    +16 C

  • 07:00

    +18 C

  • 08:00

    +21 C

  • 09:00

    +24 C

  • 10:00

    +26 C

  • 11:00

    +27 C

  • 12:00

    +28 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +30 C

  • 15:00

    +30 C

  • 16:00

    +30 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 31-May

+17C

  • Hozir

    +17 C

  • 01:00

    +16 C

  • 02:00

    +16 C

  • 03:00

    +16 C

  • 04:00

    +16 C

  • 05:00

    +15 C

  • 06:00

    +16 C

  • 07:00

    +18 C

  • 08:00

    +21 C

  • 09:00

    +24 C

  • 10:00

    +26 C

  • 11:00

    +27 C

  • 12:00

    +28 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +30 C

  • 15:00

    +30 C

  • 16:00

    +30 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • Shanba, 31

    +17 +20

  • Yakshanba, 01

    +19 +20

  • Dushanba, 02

    +19 +20

  • Seshanba, 03

    +20 +20

  • Chorshanba, 04

    +21 +20

  • Payshanba, 05

    +23 +20

  • Juma, 06

    +27 +20

  • Shanba, 07

    +18 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Poytaxtda bosh reja yo'qligi bois muammolarga duch kelayapmiz-arxitektor

Ishonch.uz ning bugungi suhbatdoshi arxitektor Dildor Begmatova. Suhbatdoshimiz asli Samarqandlik va aynan arxitektor bo'lishiga qadimiy shaharning ko'hna me'moriy binolari va boy tarixga egaligi sabab bo'lgan. Qahramonimiz ko'p yillardan beri Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida"Arxitektura" kafedrasining katta o'qituvchisi va PhD tayanch doktoranti hamdir.
Jamiyat
1154 17:15 | 15.08.2024 17:15

– Dildor, sizga ilk savol Toshkentdagi doimiy qurilishlar shaharsozlik rejasi bilan amalga oshirilmoqdami?


– Ma'lumki, har qanday barqaror rivojlanayotgan shaharlar o'z hududida yangilik qilish uchun oldindan tuzib chiqilgan bosh loyihaga ko'ra ish ko'radi. Jumladan, Toshkent ham qachonlardir bosh rejaga ega bo'lgan. So'nggi 30-40 yillikda shaharda aholi sonining ortishi ortidan Toshkent yangi bosh rejaga muhtoj bo'ldi, ammo ishlab chiqilgan loyihalar xomaki bo'lgani bois, o'zini oqlamadi. Oqibatda poytaxt ko'plab muammolarga yuz tuta boshladi. Yo'llarning asossiz kengayib ketishi shahar ichida mashina harakatining ko'payishi, "probka"larning ortishi jamoat transportiga ham ta'sirini o'tkazdi. Shuningdek, tijoriy ob'ektlarning noqonuniy qurilishi shaharda yashillikning kamayib ketishiga, havoning ifloslanishiga olib keldi. Bularning barchasi, albatta, shaharda bosh reja yo'qligidan dalolat beradi. Bo'lgan taqdirda ham "loyihachi"lar tomonidan qo'l uchida qilinganini isbotlaydi. Aytishim mumkinki, biz yashab turgan bugungi Toshkentda bosh reja bo'lgani bilan amalda “ishlamaydi”.


Toshkent shahar arxitekturasi haqida nima deya olasiz?


Toshkentda saqlanib qolingan binolar arxitekturasi to'rt davrga oid. Qadimgi davr me'morchiligidan Shosh hamda Oqtepa arxeologik yodgorliklari, "Ko'kcha", "Samarqand darvoza", Xasti Imom" mahallalari kiradi. Sobiq Ittifoq davri arxitekturasidan "Xalqlar do'stligi" kontsert zali, teatr hamda tsirk binolari bor. Mustaqillik davri me'morchiligidan Milliy bank binosi, "Nest one" majmuasi, "Humo arena" yopiq sport inshooti bor. Mustaqillik davrigacha Toshkent ma'lum bir dizayn ko'rinishida bo'lgan. Binolar bir-biriga kompozitsion bog'liq holatda loyihalashtirilgan. Masalan, cobiq Ittifoq davrida Toshkentda qurilgan binolarning ko'pchiligida beton ashyosi ustunlik qiladi. Bu uslub san'atda post-modern deyiladi. Ko'p asrlik binolar arxitekturasining asosi xom va pishgan g'ishtdan qurilgan. Mustaqillikning ilk davrida bu ashyo marmarga ko'chdi, bugungi kunda esa shisha va po'lat asosiy qurilish materialiga aylangan.


Arxitektura nima degani? O'zi umuman O'zbekiston shaharlari bugungi kunda qay tartibda rivojlanyapti?


Arxitektura ko'p qirrali. U jamiyatning tarixi, madaniyati va texnologik darajasini aks ettiradi. U shaharlar va landshaftlarning ko'rinishini belgilaydi hamda odamlar hayotining sifati va qulayligiga ta'sir qiladi.


O'zbekiston shaharlarining me'moriy rivojlanishi rang-barang. Zamonaviy tendentsiyalarga amal qiladi, biroq bu jarayonda an'analar va mahalliy xususiyatlar ham hisobga olinmoqda.


Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon kabi O'zbekistonning ko'plab shaharlarida zamonaviy turar-joy majmualari, biznes markazlar, savdo markazlari va mehmonxonalar faol ravishda qurilmoqda. Bu inshootlarning qurilishida ilg'or qurilish materiallari — shisha, po'lat va betondan foydalanmoqda. Me'moriy rivojlanish shahar infratuzilmasini yaxshilaydi. Shu munosabat bilan yangi yo'llar, ko'priklar qurilmoqda. Bu esa shaharlarning o'sishiga va ularning aholisi uchun hayot sifati yaxshilanishiga yordam beradi.


Shaxsan meni xursand qilayotgani — tarixiy ob'ektlarning restavratsiya qilinishi: me'moriy rivojlanishning muhim qismi tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish va saqlashdan iborat. Xiva, Samarqand va Buxoro kabi shaharlarda qadimiy madrasalar, masjidlar, saroylar va boshqa madaniy meros ob'ektlarini qayta tiklash bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Maqsad kelajak avlodlar uchun tarixni saqlab qolish.


Shuningdek, yangi arxitekturani o'zida jamlagan loyihalar ham qurilmoqda. Ularda an'anaviy o'zbek me'morchiligi elementlari, masalan,arkali oynalar, dekorativ mozaikalar va ornamental detallar o'z ifodasini topmoqda.


Yurtimizda turizmni rivojlantirish va yaxshilash uchun yangi mehmonxonalar, muzeylar, madaniyat markazlari va boshqa ob'ektlari qurilmoqda. Bu loyihalar ko'pincha zamonaviy dizaynni an'anaviy o'zbek madaniyati elementlari bilan uyg'unlashtiradi.


Toshkentning yagona qiyofasi bormi? Toshkent deb qidirsak atigi 2-3 ta binolarimiz chiqadi xolos…


– Toshkent – "toshdan qurilgan shahar"imiz nafaqat Markaziy Osiyoning yirik sanoat markazi, balki mamlakatning boy tarixini bag'rida saqlab kelayotgan shahar hamdir.


Kelajakda tarixiy binolarni saqlab qolish va zamonaviy qurilishni me'moriy yodgorliklar bilan uyg'unlashtirish vazifalarini hal qilish zarur.



Samarqandliksiz va bu qadimiy shaharning taqdiriga befarq emassiz, albatta. Shaharning bugun judayam tartibsiz bo'lib ketgani samarqandliklarni tashvishga solmay qolmayapti. Bu holatni qanday izohlagan bo'lar edingiz?


– Samarqandning me'moriy ko'rinishi benihoya go'zal va bir-biriga hamohang yaratilgan. Afsuski, so'nggi yillarda shahar tartibsiz. Bu holatga kelishiga bir necha sabablar bor va men ularning ayrimlarini sanab o'taman.


Yagona me'moriy kontseptsiyaning yo'qligi: Samarqand tez rivojlanmoqda, biroq shahar rivojlanishining aniq rejasi va tarixiy qurilish bilan uyg'unlashgan yagona me'moriy loyihasi mavjud emas. Shu sababli, yangi qurilayotgan binolar atrofdagi boshqa binolarga mos tarzda qurilmayapti.


Iqtisodiy omillar: Quruvchilar qisqa muddatda maksimal daromad olishga intiladi. Loyihalashtirish hamda qurilish sifatiga yetarlicha e'tibor qaratmaydi. Shuningdek, shahar rivojlanishiga yetarli darajada sarmoya yo'qligi yangi binolarning qurilish sifati va me'morchiligiga ta'sir qilmoqda.


Tarixiy merosni saqlab qolish muammolari: Tarixiy binolarni restavratsiya qilish va saqlash katta mablag' talab qiladi.


Mutasaddi mutaxassislarning yetishmasligi: Tarixiy binolarni barcha me'yorlarga rioya qilgan holda restavratsiya qilish uchun yetarli tajribaga ega bo'lgan restavratorlar va me'morlar sanoqli.


Aholi faolligining yetishmasligi: Shahar aholisi ham tarixiy merosni saqlash va shaharni uyg'un rivojlantirishning ahamiyatini to'liq anglagan emas. Ayrim hollarda aholi yangi binolar qurilishi loyihalari haqida fikr bildirish imkoniyatiga ega emas.


Albatta, bu muammolar og'riqli. Shuni unutmaslik kerakki, Samarqand – O'zbekistonning durdonasi bo'lib qoladi.


– Sobiq ittifoq paytida qurilgan qaysi binoning arxitekturasi sizni hayratga soladi, yaqin yillarda qurilganlardan-chi?


– Sobiq ittifoq davrida Toshkentda ko'plab ajoyib inshootlar qurilgan bo'lib, ular bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Ularning ayrimlarini sanab o'taman:


“O'zbekiston” mehmonxonasi: Bu faqat me'moriy shedevr emas, balki Toshkentning ramzi hamdir. Mehmonxona shaharning ko'plab nuqtalarida ko'rinib turadi va eng mashhur turistik ob'ektlardan biri hisoblanadi. Bu inshoot Toshkentning sovet davridagi me'morchilik va shaharsozlik tarixini aks ettiradi.


Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri: 1947 yilda qurilgan, sovet modernizmi uslubidagi teatr.


O'zbekiston Fanlar akademiyasi binosi: Klassik arxitekturaga ega bo'lgan bu bino O'zbekistonning bosh ilmiy markazi hisoblanadi.


Toshkent metropoliteti: Metro loyihasida turli uslublar, modernizmdan tortib to an'anaviy motivlargacha qo'llanilgan. Ko'plab stantsiyalar mozaika, relef va boshqa dekorativ elementlar bilan bezatilgan.


Umuman olganda, Toshkentning sovet davri me'morchiligi turli uslublarning aralashmasidir, klassikadan tortib modernizmgacha.


Zamonaviy me'morchilikka kelsak, bugungi kunda Toshkent tez sur'atlarda rivojlanmoqda. Men hozirda doktoranturada tahsil olayotganim va zamonaviy binolarni tadqiq qilayotganim uchun menga "TrilliantTower" kompleksi yoqadi. Loyihada energiya tejash uchun zamonaviy texnologiyalar (quyosh panellari, ventilyatsiya tizimi, yoritish) qo'llanilgan. Xonadonlarda "aqlli uy" tizimi mavjud bo'lib, yoritish, iqlim va boshqa funktsiyalarni mobil ilova orqali boshqarish imkonini beradi.


Binolar juda tez qurilyapti, sifatli qurilyaptimi?


– Har qanday shaharda, jadal qurilish kuzatilayotgan bo'lsa, qurilish sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi quyidagi omillarga e'tibor qaratish muhim:


Tartibga solish va nazorat: Davlat organlari qurilish me'yorlari va standartlariga rioya etilishini qay darajada qattiq nazorat qiladi?


Quruvchilarning tajriba va malakasi: Loyihalarda qanchalik tajribali va malakali qurilish brigadalari jalb qilingan?


Materiallar sifati: Yuqori sifatli qurilish materiallaridan foydalanilayaptimi?


Davlat organlariga murojaat qilish: Qurilish nazorati uchun mas'ul bo'lgan davlat organlari va qurilish bo'yicha mutaxassislardan maslahat olish.


Binoning tez qurilishi o'z-o'zidan past sifatda qurilyapti degan ma'noni bermaydi. Qurilishning yuqori sifatga erishishi qat'iy nazorat, sifatli materiallardan foydalanish va malakali mutaxassislarni jalb qilishni o'z ichiga olgan kompleks choralar bilan ta'minlanadi.



Toshkent Mallga bordingizmi? Binoning arxitekturasini ko'pchilik maqtadi?


Ko'p marotaba bordim va shu bilan birga men bu ob'ektni puxta o'rganib chiqdim. Toshkent Mall faqat savdo markazi emas, balki Toshkent qiyofasini o'zgartirish va uni zamonaviy megapolisga aylantirishga hissa qo'shgan butun bir arxitektura kompleksi hisoblanadi.


Bino zamonaviy modernizm uslubida barpo etilgan. U ajoyib shakllar, yangi materiallar (shisha, metall)dan foydalangani bilan ahamiyatlidir. Shu bilan birga, ob'ektning arxitektura yechimlarida an'anaviy o'zbek me'morchiligi elementlari, masalan, dekorativ elementlar va ranglar qo'llanilgan. Bino fasadi shisha va metalni o'zida mujassam etgan bo'lib, unga yengillik va zamonaviy ko'rinish beradi.


Savdo markaziga kirish yo'lagi katta shishali eshiklar va monumental elementlar bilan bezatilgan. Qiyofasi salobatli ko'rinishga ega. Binoning tomi g'ayrioddiy shaklga ega bo'lib, dekorativ elementlar bilan bezatilgan. Kompleksning ichki inter'eri keng va yorug', savdo, dam olish, ovqatlanish va ko'ngilochar kabi turli hududlarga bo'lingan.


Savdo markazida qulay o'tish yo'laklari, yerosti parkovkasi mavjud. Namoz o'qish uchun mo'ljallangan xonalar ham bor. Menimcha, bu poytaxtni zamonaviy megapolisga aylantirishga hissa qo'shayotgan ob'ektlardan biridir.


Ilmiy izlanishdasiz, sir bo'lmasa qaysi mavzuda PhD yozayapsiz?


– Marhum bobom tarix va madaniyatshunoslik bo'yicha professor, pedagog bo'lgan. Otam fizika-matematika fanlari professori. Kitoblar va qog'ozlar orasida ulg'aygan. Bu tabiiyki, bizda kitoblarga mehr qo'yishimizga sabab bo'lgan. Men arxitekturani tanladim, chunki rasm chizish eng sevimli mashg'ulotim bo'lgan. Qolaversa, Samarqand shahri muhiti arxitektura kasbini tanlashga undadi. Pedagog bo'lib, talabalarga dars berish qaroriga kelishim uchun yillar kerak bo'ldi. Ishonch bilan ayta olamanki, o'zimni aynan o'qituvchilik faoliyatida topganman. Hozirgi kunda men arxitektura universitetida bulajak arxitektorlarni bo'lajak arxitekturlarni o'qitayapman va PhDdoktoranturaning ikkinchi bosqichida tahsil olyapman. Ilmiy ishimning mavzusini to'liq ochmoqchi emasman. Maqsadim innovatsion binolarni loyihalashda nafaqat energiya, suv va havodan ham samarali foydalanishga o'tishimiz zarur.


O'zbekistonning tabiiy-iqlim sharoiti innovatsion yechimlarni olish uchun foydali, biroq bu salohiyat kam foydalanilgan. Arxitektorning vazifasi – zamonaviy shaharlar va megapolislarda shahar ritmlariga moslashish jarayonida insonga yordam berish va uning jamoat ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishdir.


Feruza RAHIMOVA, ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 1070 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 702 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 975 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 986 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 10030 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 716 21:55 | 12.10.2024