Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+22c

  • Hozir

    +22 C

  • 03:00

    +21 C

  • 04:00

    +19 C

  • 05:00

    +18 C

  • 06:00

    +18 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +20 C

  • 09:00

    +23 C

  • 10:00

    +24 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +27 C

  • 13:00

    +27 C

  • 14:00

    +28 C

  • 15:00

    +28 C

  • 16:00

    +28 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +24 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +20 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 09-May

+22C

  • Hozir

    +22 C

  • 03:00

    +21 C

  • 04:00

    +19 C

  • 05:00

    +18 C

  • 06:00

    +18 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +20 C

  • 09:00

    +23 C

  • 10:00

    +24 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +27 C

  • 13:00

    +27 C

  • 14:00

    +28 C

  • 15:00

    +28 C

  • 16:00

    +28 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +24 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +20 C

  • Juma, 09

    +22 +20

  • Shanba, 10

    +18 +20

  • Yakshanba, 11

    +19 +20

  • Dushanba, 12

    +18 +20

  • Seshanba, 13

    +19 +20

  • Chorshanba, 14

    +19 +20

  • Payshanba, 15

    +18 +20

  • Juma, 16

    +19 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Jamiyat
51 21:41 | 08.05.2025 21:41

Pol'shadagi jangdamiz. Qop-qora osmon ostida, qor bosgan dalada yotibmiz. Sovuqdan suyaklar qaqshaydi. To'qqiz kundan beri to'yib ovqatlanmaganmiz. Doimiy hamrohim – miltig'im qo'limda. Bir payt to'satdan qarshimda dushman paydo bo'ldi. Yuragim go'yo urishdan to'xtaganday edi. O'q uzishga chog'landim. Xayolimda o'ldim, dedim, ammo... u o'q uzmadi. Bir zumga ko'zlarimiz uchrashdi. Ehtimol, u ham men kabi yosh bola, hayotdan umidvor va onasini sog'ingan edi... Ortiga qaytdi. Bu bir daqiqalik insoniylik edi...


Ikkinchi jahon urushining bu kabi g'amgin hikoyalari hali-hamon qalblarimizni titratadi. Yangiyo'l tumani, Qovunchi qishlog'ida yashovchi 101 yoshli Nodir Mansurov bugungi tinch va osoyishta kunlar qadrini boshqacha his etadi, chunki u o'sha dahshatlarni o'z ko'zi bilan ko'rgan. Biz Nodir ota bilan suhbatlashish uchun uyiga yo'qlab bordik.


– 1924 yilda tug'ilganman. O'sha mash'um yozni yaxshi eslayman. Oilada kenja farzand bo'lib, yosh yigit edim, – deydi Nodir ota. – Aksariyat bolalar qatori darslikni ketmon tutqichiga almashtirdim. Polizlarda tunu kun ishlab, ro'zg'orga qarashdim. Garchi urush yurtimizda bo'lmasa ham baxtiyor bolani ko'rmaganman. Akamni ko'p qatori urushga kuzatganimizdan keyin qiyinchiligimiz yanada ortdi. Oilaning butun mas'uliyati mening zimmamga tushdi. Ammo urushning badali faqat mehnat bo'lsa qaniydi... 1942 yili uyimizga «qoraxat» keldi: akam Turdiboy Stalingrad ostonasida shahid bo'lgandi. Onam hech bo'lmasa, Turdiboyimning sovuq vujudini quchoqlasam ham rozi edim, deya kuyindi. Akamdan bitta qiz yodgorlik qolgandi. Biroq yangam ko'p o'tmay oilamizdan butunlay ketdi. Jiyanim dardimizga malham bo'lib turgan ekan. Xonadonimiz huvillab qoldi.


...1944 yil. Hujjat bo'yicha 18, rosmana 20 yoshga kirganimda urushga chaqirishdi. Onamning ko'zlarida yosh bilan menga to'n kiydirayotib, «Jon bolam, yuraging pok, niyating halol bo'lsa, o'q ham seni chetlab o'tadi», degan gapi kechagidek qulog'im ostida jaranglaydi.


Urushga borganimizdan so'ng, avvalo, harbiy tayyorgarlikdan o'tdik. Keyin esa jangovar harakatga – Pol'shaga jo'nadik. O'qchi polkning oddiy askari sifatida xizmat qildim. Har bir otgan o'qim, bosgan qadamimda o'sha «qoraxat»ni yodga oldim.


Urushni eslasam, bir voqeani ko'p xotirlayman... Hal qiluvchi jang ketayotgandi. Snaryad va minalar portlashidan yer larzaga kelar, osmon qora tutunga burkanardi. Hozir ham ko'zlarimni yumsam, o'sha portlashlar qulog'im ostida jarang­laydi. Handaqda dushmanga xujum qilishni kutib o'tirgan edik. Har bir soniyada o'lim chang solardi. To'rt kun davomida na ovqat ko'rdik, na uyqu. Askarlar nihoyatda charchagan, ammo jon shirin, tuproqni changallab o'tirishardi. Hamqish­log'im Komil aka yonimizga kelib tushgan snaryaddan og'ir yaralandi. Qoni yuzimga sachradi. U so'ng­­gi nafasini olayotganda joyimizni tark etishga buyruq bo'ldi. Afsuski, uni hech bo'lmasa ko'mish nasib qilmadi...


Otaxon og'ir tin olib, so'ng so'zini davom ettirdi:


– G'alaba yaqin ekan. Og'ir yo'qotishlardan so'ng Pol'shani dushmandan tozaladik. Urush nafaqat g'alaba, balki yillar davomida ko'zda qoladigan yosh ham ekan. Ayniqsa, bolasini izlayotgan otani, «Dadam keladimi?» deya onasidan so'ragan murg'ak bolalarni ko'rganimda, yuragim qayta alanga olardi.


Urush tugab, g'alaba e'lon qilingan bo'lsa-da, o'q ovozlari tinmadi. 12 may kuni ham Сhexoslovakiyadagi janglarda qatnashdim. Sovet armiyasi tarkibida 1950 yilgacha Yevropaning vayron bo'lgan shaharlarini tiklash ishlarida xizmat qildim.


Vatanga yorug' yuz bilan qaytdim. Qovunchi qish­log'ining musaffo osmoni, mehrli nigohlar va tandirdan uzilgan issiq non hidi urushning barcha daxshatlarini, bir zum bo'lsa-da, unuttirdi. Afsuski, men qaytganimda onam bu dunyoda yo'q edi...


G'amni mehnat aritadi, deganlari rost ekan. O'zimni yumushga urdim. Yangiyo'ldagi yog'-moy kombinati, konserva, bioximiya zavodlarida uzoq yillar ishladim. 1974 yilda «Hurmat belgisi» ordeni bilan, keyinchalik ko'plab medallar bilan taqdirlandim.


Taqdirning menga mehribonligini qarang, Amina ismli sadoqatli ayol bilan hayot yo'limni bog'ladim. Bir umr bir-birimizga yelkadosh bo'ldik. Garchi farzandimiz bo'lmasa-da, birgalikda yaxshi umr kechirdik. Afsuski, ayolim 74 yoshida vafot etdi. Bu ayriliqdan so'ng ancha payt o'zimga kelolmadim. Keksalikning yolg'iz yillari bunchalar og'ir o'tishini va Yaratgan egam umrimni bu qadar uzun qilishini bilmagandim.


Yolg'izlanib qolganimdan so'ng, atrofimda yana bir mehr qo'rg'oni paydo bo'ldi. Jiyanim Hafizaxon va uning turmush o'rtog'i farzandsizligimni bildirishmaydi. Hurmat-izzatda umrguzaronlik qilyapman. Qo'ni-qo'shni, mahalla holimdan doim xabar oladi.


Mustaqillik yillarida faxriylarga e'tibor yanada kuchaydi. Men «Shuhrat» medali bilan taqdirlandim.


Bugungi dorilamon kunlar qadriga yetish kerak. Urush davrida bunday tinch-osuda hayotni orzu qilish emas, hatto tasavvur etishning o'zi mushkul edi. Tinim bilmasdik. Sovuqda muzlab qolmaslik uchun qalin qorni qazib, ostiga yotib jon saqlaganmiz. Bugungi yoshlarga shularni aytsangiz, xuddi ertak tinglayotgandek bo'ladi, – deydi Nodir ota. –101 yoshda insonda orzu bo'ladimi, deb so'radingiz. Ha, bo'ladi. Eng katta orzularimdan biri – Yurtboshimiz bilan uchrashish. Alloh umr bersa, bu ham amalga oshishiga ishonaman.


Xonadonni tark etar ekanmiz, Nodir ota yurtimiz tinchligi, davlatimiz rahbarining oqilona siyosatini alqab duo qilib, so'zining so'ngida shunday dedi: «Urushni biz ko'rdik, sizlar aslo ko'rmang! Tinchlikning qadrini urush ko'rganlar biladi».


Feruza Rahimova
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3960 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat