Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Afg'oniston Markaziy Osiyoning uzviy bo'lagiga aylanadimi?

Tolibon harakatining terrorchi tashkilotlar ro'yxatidan chiqishi xususidagi o'ylar
Tahlil
1001 11:59 | 13.06.2024 11:59

Bu borada o'tgan oy oxirida geosiyosiy nuqtai nazardan ancha qiziq bayonotning guvohiga aylandik. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda Tolibon harakatini terrorchi tashkilotlar ro'yxatidan chiqarish masalasi muhokama etilayotganini aytdi.


«Biz hamisha real voqelikdan kelib chiqib ish yuritganmiz. Tolibon Afg'onistondagi hokimiyatni nazorat qilyapti... Tolibon hukumati bilan aloqalarni yo'lga qo'yish zarur», dedi u O'zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko'chimovning savoliga javob berar ekan.


Putin Afg'onistondagi barqarorlik Rossiya uchun ham, O'zbekiston uchun ham muhim ekanini va bu masala yaqinda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev bilan bo'lib o'tgan muzokaralar chog'ida ham muhokama etilganini alohida ta'kidladi.


«Biz barcha kelishuvlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi kelishuvlarning ham amalga oshirilishini, shuningdek, hukumatning barcha etnik guruhlar ishtirokidagi inklyuzivligini ta'minlashimiz kerak», dedi u Afg'onistondagi vaziyat «juda nozik masala» ekaniga urg'u berar ekan.


Rossiya Prezidentining fikricha, O'zbekistonning dunyo okeaniga chiqishini hal qilish yo'llaridan biri — Afg'oniston hududi orqali logistikani yo'lga qo'yish.


«Afg'onistonda muammolar bor, ularni inkor etib bo'lmaydi va buni hamma yaxshi biladi. Hozirgi hukumat bilan munosabatlarni qanday yo'lga qo'yish kerak, bu — boshqa masala. Bu odamlar (toliblar) mamlakatni, hududni nazorat qilyapti. Ular bugungi Afg'onistonning hukumati», dedi Rossiya Prezidenti.


3 iyun' kuni esa Qosim-Jomart Toqaev Qozog'iston Tolibon harakatini terrorchi tashkilotlar ro'yxatidan chiqarganini e'lon qildi.


Xo'sh, bir-biri bilan uzviy bog'liq ushbu ikki bayonot ortida qanday maqsadlar bor?


Avvalambor, toliblar Afg'onistonni uch yildan buyon boshqarib kelyapti. Tashqi kuchlar bu hukumatni hali-hanuz tan olmayotgan bo'lsa-da, mamlakatda yaxshimi-yomonmi, davlatchilik unsurlari ko'zga tashlanyapti. Bugun Afg'onistonda nisbatan barqarorlik bor, korruptsiyaga qarshi kurashilyapti, biznes rivojlanyapti, qishloq xo'jaligi tiklanyapti, iqtisodiy munosabatlar shakllanyapti, soliq tizimi ishlayapti, qolaversa, giyohvand moddalarni yetishtirish va sotish, iste'mol qilish taqiqlandi.


Sh


u bilan bir qatorda, mamlakat o'z infratuzilmasini yaratish, logistikani yaxshilash, energetikani tiklashga muhtoj. Ayni bir sharoitda Rossiya, Qozog'iston kabi davlatlar, jumladan, O'zbekiston uchun ham Tolibon harakatini de-yure terrorchi tashkilotlar ro'yxatidan chiqarish zarurati yuzaga keldi. Сhunki toliblar bu ro'yxatda bor ekan, u bilan har qanday aloqalar mavjud qonunlarga zid bo'lur edi.


Xullas, BMT sanktsiyalari ostida qolgan Tolibon harakati bilan bog'liq vaziyat bugun avvalgisidan tubdan farq qiladi va uning terrorchilar ro'yxatida bo'lishi faqat qiyinchiliklarni keltirib chiqaryapti.


Dastlab Tolibon xalqaro sanktsiyalarga duchor bo'lgan va terrorchilar ro'yxatiga o'z harakatlari uchun emas, balki boshqa terroristik tashkilotlarni qo'llab-quvvatlagani uchun ham kiritilgan. Masalan, Al-Qoida vakillari Afg'onistondan boshpana topgan edi.


Albatta, Tolibon fundamentalistik harakat bo'lgan va shunday bo'lib qoladi. Lekin hozir ham, Afg'onistonning ilk Islomiy Amirligi davrida ham ular ochiq-oydin terrorchilik harakatlaridan uzoqlashgan. Tolibon Al-Qoida va IShIDdan farqli o'laroq, hech qachon dunyo tartibini buzish va «global jihod» tarafdori bo'lmagan. 1990-yillardagi birinchi davlatchilik davrida ular Saudiya Arabistoni, BAA va Pokiston bilan diplomatik aloqalarni davom ettirganlar. O'shanda qo'shni Turkmaniston ham ularni tan olish arafasida edi.


Ayni paytdagi vaziyat ham Tolibonning qo'shni davlatlarga nazariyaviy ekspansiyasi haqidagi barcha xavotirlar o'rinsiz ekaniga umid bag'ishlayapti. Tolibon harakati Afg'oniston yonidagi davlatlar bilan yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini o'rnatish niyatida ekanini namoyish etmoqda.


Tabiiyki, 2021 yilning avgustida Tolibon hokimiyatga qaytgandan buyon Afg'oniston hali-hamon jiddiy iqtisodiy, gumanitar va ijtimoiy muammolar girdobidan chiqa olgani yo'q. Mamlakat iqtisodiyoti sanktsiyalar, xalqaro ko'makning to'xtatilishi va moliya tizimining qulashi oqibatida inqirozga uchragan. Aholining katta qismi o'ta qashshoqlikda yashaydi, bu vaziyat Tolibonning ayollarga qo'ygan cheklovlari va ularning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki tufayli yanada og'irlashgan.


Ushbu qiyinchiliklar fonida Tolibon repressiv taktikalar va ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati ustidan qattiq nazorat o'rnatish orqali o'z hokimiyatini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Xotin-qizlarning mavqeini yaxshilashga qaratilgan ayrim chora-tadbirlar, xususan, ularning nikoh va meros huquqlarini himoya qiluvchi qarorlar qabul qilinganiga qaramay, ayollarning ta'lim olishi va ish bilan ta'minlanishiga cheklovlar saqlanib qolmoqda.


Afg'onistondagi vaziyat qo'shni davlatlarga, jumladan, O'zbekistonga ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi, albatta. Xo'sh, ushbu ta'sirning ijobiy va salbiy jihatlarini nimalarda ko'rish mumkin?


Birinchidan, geosiyosiy imkoniyatlar: Afg'oniston xalqaro maydonda yakkalanib qolayotgan bir sharoitda O'zbekiston vositachilik qilish va mintaqada barqarorlikni saqlashda muhim rol' o'ynashi mumkin, bu mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlaydi.


O'zbekiston Afg'onistonni qayta tiklashda ishtirok etish, energetika, transport yo'laklari va logistika yordamini taklif qilish orqali o'zining iqtisodiy va savdo ta'sirini kengaytirishi mumkin.


I


kkinchidan, O'zbekiston o'z chegaralarini mustahkamlash va terrorizmga qarshi kurash choralarini takomillashtirish imkoniyatiga ega, bu esa mamlakat ichkarisida va umuman mintaqada barqaror vaziyatni yuzaga keltiradi.


Xatarlarga keladigan bo'lsak, AQSh Tinchlik instituti ekspertlarining fikricha, Afg'onistonda turli terrorchi guruhlarning mavjudligi mamlakatimiz xavfsizligiga bevosita tahdid soladi. Bu guruhlar Afg'onistondan mintaqada terrorchilik hujumlarini rejalashtirish va amalga oshirish uchun baza sifatida foydalanishi mumkin. Shuningdek, Afg'onistondan kelayotgan qochqinlar oqimi O'zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy resurslariga bosim o'tkazmoqda. Mamlakat katta moliyaviy va ma'muriy harakatlarni talab qiladigan qochqinlar soni ortib borayotganiga dosh berishga majbur. Qolaversa, Afg'onistonga nisbatan qo'llanilayotgan sanktsiyalar va iqtisodiy inqiroz mamlakatlar o'rtasidagi savdoga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Afg'oniston O'zbekiston uchun muhim savdo sherigi bo'lib kelgan va iqtisodiy beqarorlik savdo hajmini kamaytirishi hamda iqtisodiy hamkorlikka to'sqinlik qilishi mumkin.


Ammo O'zbekiston Afg'oniston bilan keng ko'lamli hamkorlik tarafdori. O'zbekiston Afg'onistonga oziq-ovqat, dori-darmon va eng zarur mahsulotlar kabi insonparvarlik yordami jo'natib kelyapti. Bu chora-tadbirlar gumanitar inqirozni yumshatish va Afg'oniston xalqining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Mamlakatimiz Afg'oniston bilan savdo aloqalarini faol rivojlantirmoqda. Mamlakatlar o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi qo'shma iqtisodiy zonalar va transport yo'laklarini yaratish haqida shartnomalar bor. Xususan, eksport-import va tranzit yuk tashishlarni qulaylashtirish maqsadida Termiz shahrida Afg'oniston bilan chegaradan 2 kilometr uzoqlikda salkam 50 gektar maydonda bojxona terminaliga ega «Termiz Kargo» xalqaro logistika markazi tashkil etildi.


Shuningdek, O'zbekiston Afg'onistonga elektr energiyasini yetkazib berayotgan asosiy davlatlardan biri sanaladi. Xususan, mamlakatimiz yiliga 2 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berayotgan bo'lsa, undan keyingi o'rinlarda Tojikiston (1,2 mlrd. kVt/soat), Eron (724 mln. kVt/soat) va Turkmaniston (658,8 mln. kVt/soat) turadi.


Afg'oniston hududida mamlakatimizning bevosita ishtirokida uzunligi 260 km. bo'lgan «Surxon — Puli-Xumri» 500 kVt elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish ham rejalashtirilgan.


Shuningdek, O'zbekiston Afg'oniston hududida Janubiy Osiyo temir yo'l tizimini Markaziy Osiyo va Yevroosiyo temir yo'l tizimlari bilan bog'laydigan muhim ahamiyatga ega «Mozori Sharif — Kobul — Peshovar» temir yo'li qurilishi loyihasini amalga oshirishdan manfaatdor. Bu temir yo'l O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga Pokistonning Karachi, Qosim va Gvadar dengiz portlariga chiqish imkonini beradi, shuningdek, yuk tashish vaqti va narxini sezilarli darajada kamaytiradi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, loyiha to'liq amalga oshirilsa, Pokistondan O'zbekistonga yuk tashish 35 emas, 3-5 kun davom etishi, bitta konteynerni tashish narxi esa qariyb 3 barobarga arzonlashishi mumkin. Bunday loyihalarning amalga oshishi mintaqa davlatlariga faqat va faqat manfaat olib keladi.


X


ulosa qilib aytganda, Tolibon harakatini terrorchi tashkilotlar ro'yxatidan chiqarish masalasi mintaqa davlatlari kun tartibiga chiqishining o'ziyoq Markaziy Osiyo taraqqiyoti va tinchligi yo'lida tashlangan ulkan qadamlardan biri, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Qolaversa, bu O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ilgari surayotgan mintaqa davlatlari, xususan, Afg'oniston bilan yaxshi qo'shnichilik, birodarlik, barcha sohalarda samarali hamkorlikni xalqaro qonunchilik va o'zaro do'stlik hamda ishonch asosida rivojlantirish siyosatining asl mevasidir.


O'zbekistonning Afg'oniston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan, infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni ilgari surishdan ko'zlagan asosiy maqsadi — tinch taraqqiyot yo'lida sobit qo'shni davlatni qurishga ko'maklashish, uning tinch, farovon, terrorizm, urush va giyohvandlikdan xoli davlat sifatida jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi uchun sharoitlar yaratishdan iboratdir. Bu esa Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va taraqqiyot uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.


Jahongir Nahanov,


«Ishonch»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1834 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1895 13:54 | 18.11.2023