Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Mehnat huquqi
775 22:06 | 09.12.2024 22:06

«UzAuto Motors Powertrain» korxonasida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?


Dunyoning turli mamlakatlarida korruptsiyaga qarshi turli usullar bilan kurashiladi. Ammo eng keng tarqalganlaridan biri, bu - komplaens-nazoratdir. Hozir mazkur tizimdan 100 dan ortiq davlat foydalanadi. Masalan, Frantsiya qonunchiligida 800 ming yevrodan ortiq kapitalga ega davlat korxonalarida komplaens-nazoratni joriy etish majburiy bo'lsa, Buyuk Britaniyadagi 1 milliard funt sterling kapitali bo'lgan davlat ulushiga ega 700 dan ortiq korxonada ushbu tizim yo'lga qo'yilgan.


Bizning yurtimizdagi ko'plab korxonalarda ham ushbu tizim amaliyotga tatbiq etilgan. Shulardan biri «O'zavtosanoat» aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «UzAuto Motors Powertrain» korxonasidir. Unda 2020 yilda komplaens-nazorat xizmati tashkil etilgan.


Xo'sh, o'tgan davrda bu xizmat o'zini qay darajada oqladi? Noqonuniy ishlarning oldini olishda u qanday samaralar berdi?


Korxona rahbari Saidazim G'ULOMOV bilan kechgan suhbatimiz shu xususda bo'ldi.


– Saidazim aka, avvalo, gazetxonlarga «UzAuto Motors Powertrain» korxonasi faoliyati haqida ma'lumot berib o'tsangiz.


– Korxonaning asosiy ish faoliyati 2012 yilda boshlangan. Dastlab «Spark» rusumli, keyinchalik «O'zavtosanoat»ning qo'llab-quvvatlovida «Lacetti», «Cobalt», «Tracker» avtomobillari dvigatellarini tayyorlash yo'lga qo'yilgan. 2022 yilda 225 mingta, 2023 yilda 228 mingta dvigatel' ishlab chiqardik. Ayni paytda ushbu ko'rsatkichni yiliga 415 mingtaga yetkazish salohiyatiga egamiz. 2022 yil dekabr' oyida yangi – CSS Prime ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirilgan bo'lib, yig'ish, mexanik ishlov berish, quyish tsexlarida tsilindr kalak gravitatsion yo'l bilan tayyorlanyapti. Bu nafaqat O'zbekiston, balki MDH davlatlari uchun ham yangi texnologiya hisoblanadi.


Bundan tashqari, 2 800 tonnalik yuqori bosim presslari yordamida alyumin blok ishlab chiqarish tsexi foydalanishga topshirilgan. Ushbu loyiha ichki va tashqi bozorga o'tgan yilgidan qariyb ikki barobar ko'p mahsulot yetkazib berish imkonini yaratadi. Biroq, ko'rib turibsizki, o'zbek avtobozorida mahsulotlar turi ancha kengaygan. Xitoydan elektromobillar kirib kelmoqda. Shunga qaramay, ichki yonuv dvigateli bilan ishlaydigan mashinalar, jumladan, «O'zavto Motors» avtomobillariga ham qiziqish susaygani yo'q. Ayni shu sabab korxonamizning ishlab chiqarish ko'rsatkichlari ham yil sayin o'sib bormoqda. 2024 yilda 270 mingta dvigatel' ishlab chiqarishni mo'ljallaganmiz. Ayni vaqtda Meksikaning Ramos shahridagi GM zavodiga dvigatellar blokini yetkazib beryapmiz. Qozog'istonning Kustanay zavodiga SKD usuli bilan «O'zavto Motors» orqali dvigatel' mahsulotlarini eksport qilyapmiz. Shu bilan birga, yangi bozorlar topish ustida ham izlanyapmiz. Qirg'iziston va Ozarbayjonda «O'zavto Motors»ning yangi yig'uv tsexlari tashkil etish ustida ish olib borilyapti. Bu loyihalar ishga tushsa, ularga ham dvigatel' yetkazib berishni boshlaymiz. Xullas, ish ­hajmimiz kamaygani yo'q.


Hozir korxonamizda 1300 nafar ishchi-mutaxassis mehnat qilmoqda. Ishxonada ichki tartib-intizom va mehnat xavfsizligiga qattiq rioya qilinadi.


– Mavzumiz zavodda korruptsiya­­ga qarshi kurashish borasidagi ishlar haqida edi. Shu bois so'zimizni xodimlarni ishga olish jarayoni bilan davom ettirsak...


– Albatta, zavod yurtimizdagi eng nufuzli korxonalardan biri. Uning salohiyati, kelajagi bu yerda ishlayotgan xodimlarning bilim va iqtidoriga bog'liq. Shuning uchun ishga olish jarayonidan boshlab shaffof va adolatli tizimni joriy etishga harakat qilganmiz.


Ishga kirmoqchi bo'lgan talabgorlar onlayn tarzda ham, an'anaviy shaklda ham o'zi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etishi mumkin. Maxsus bo'lim ular bilan tanishib chiqib, mutaxassisligiga oid shtat bo'sh bo'lsa, suhbatga chaqiradi. Ikki bosqichli test va suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgach, komplaens-nazorat bo'limi tomonidan yana bir bor o'rganilib, ijobiy xulosa berilgach, ishga qabul qilinadi. Suhbat jarayonlari shaffof va adolatli bo'lishi uchun videoyozuvga muhrlanadi. Talabgorning nafaqat bilimi va iqtidoriga, balki intizomga rioya qilishiga ham jiddiy e'tibor qaratamiz. Сhunki ishlab chiqarish jarayonida ishchining har bir xatti-harakati alaloqibat sifatga ta'sir etishi amaliyotdan ma'lum.


– Siz ishga kirmoqchi bo'lgan nomzodga komplaens-nazorat bo'limi xulosa beradi, dedingiz. Xo'sh, buning qanchalik ahamiyati bor?


– So'zimni sal uzoqroqdan boshlayman. 2020 yilda yurtimizdagi sanoqli yirik korxonalar qatorida «O'zavtosanoat» aktsiyadorlik jamiyati, shundan so'ng bizning ham zavodda korruptsiyaga qarshi kurashish yo'nalishida komplaens-nazorat xizmati tatbiq etildi. O'tgan vaqtda angladikki, bu xizmatning yo'lga qo'yilgani korxona uchun har tomonlama foydali bo'lmoqda. Korxonamizda komplaens-nazorat tizimi rahbari to'g'ridan-to'g'ri Kuzatuv kengashiga bo'ysunadi. Ularning ish ko'lami nihoyatda keng bo'lib, xomashyo va ehtiyot qismlarni sotib olish jarayonidan boshlab, davlat xaridlari, moliya­viy xavflarni aniqlash, ularning oldini olish, logistika va boshqa sohalar bo'yicha ish olib boradi. Muammolarni har tomonlama o'rganib chiqib, o'z xulosalarini beradi. Сhunki xavf oldindan aniqlanmasa va barvaqt bartaraf etilmasa, korxona, umuman, tizim uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi tayin.


Komplaens-nazorat xizmati erishilgan yutuqlar, tejab qolingan mablag'lar va korxonamizning moliyaviy ko'rsatkichlarida o'z aksini topgan bo'lsa, faoliyatimizdagi ochiqlik va shaffoflik jamoadagi muhit yaxshilanishiga olib keldi. Buning natijasida jamoaviy hamjihatlik mustahkamlandi, ishga, kasbga e'tibor va ishtiyoq kuchaydi. Shu sabab ishchi-xodimni ishga olishda ham ushbu bo'limning xulosasi muhim ahamiyat kasb etadi.


– Manfaatlar to'qnashuvi har qanday xarid tizimi bor joyda yuzaga kelishi mumkin. Zavod juda katta, xaridlar haj­mi ham shunga yarasha bo'lishi turgan gap. Qaysi masalalarda manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelishi ehtimoli ko'p va qanday qilib ularning oldi olinmoqda?


– Guvohi bo'lganingizdek, bizda ichki nazorat tizimi – komplaens tashkiliy tuzilmasi to'liq, barcha jabhada ishlaydi. Bundan maqsad korxona faoliyatida o'zaro tanish-bilishchilik, urug'-aymoqchilik, manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslikdir. Xodimlar bilan komplaens-nazorat xizmati o'rtasida chegara yo'q. Сhunki komplaens xizmati korxonaning jazolovchi, taqib qiluvchi tarkibiy bo'linmasi emas, balki «O'zavtosanoat» AJning Komplaens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish departamenti bilan bir maqsad – xavf-xatarning oldini olish va ularni bartaraf etish yo'lida faoliyat ko'rsatuvchi xizmatdir.


Korruptsiya omili nafaqat korxona yoki avtomobilsozlik sohasi, balki butun mamlakat investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta'sir qiladi. Xorijiy investitsiya kompaniyalari o'zlariga biznes hamkor tanlayotganlarida korxonada tom ma'nodagi komplaens-nazorat tizimining mavjudligi yoki yo'qligiga jiddiy mezon sifatida qaraydi. Shu bois korxonada Komplaens xizmati haqidagi alohida nizom ishlab chiqilgan. Unda huquqbuzarlik tomonga qadam tashlamaslik, terrorizmni moliyalashtirishga, manfaatlar to'qnashuvlariga qarshi sa'y-harakatlar va boshqa muhim omillardan keladigan xavf, ularning oldini olish va bartaraf etish choralari belgilab berilgan.


Manfaatlar to'qnashuvi davlat xaridlari, tenderlarda, xomashyo va ehtiyot qismlar sotib olishda uchrashi mumkin. Xaridlar bo'limi tomonidan amalga oshiriladigan har bir shartnoma ichki audit nazoratidan ham, komplaens xizmati nazoratidan ham o'tkaziladi. Xodimlar biror tender shartnomasini o'rganish jarayonida xavf sezishsa, darrov oldimga kirishadi «Mana bu tenderda qatnashayotgan ikkita firma affillangan ekan, ota-bola yoki aka-uka qarindoshlarga tegish­li ekan», deb. Birgalikda darrov holatni o'rganib, bunday firma egalariga tenderda qatnashish tartib-qoidalarni tushuntiramiz va chetlashtiramiz. Bir safar Xaridlar bo'limida ishlaydigan xodim zavodga zarur bo'lgan bir tovar sotib olish jarayonida o'z akasining firmasi mahsulotlarini «o'tkazmoqchi» bo'lgan. Komplaens xizmati tomonidan bu o'z vaqtida aniqlanib, noqonuniy savdoning oldi olingan. Qolaversa, o'sha xodimimizni ham ishdan bo'shatganmiz, firmani ham tenderdan chetlatganmiz. Sababi, xodim manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yish bilan birga, sotib olinayotgan mahsulotning narxini asl bahosidan oshirib ko'rsatgan. Agar bu shartnoma keyingi jarayonga o'tib ketganida zavodimizga moddiy tomondan zarar keltirgan bo'lardi.


Bu kabi holatlar, kam bo'lsa-da, uchrab turadi. Komplaens nazorati xizmati xodimlari shartnomani o'rganmaguncha xaridlarni amalga oshirmaymiz.


– Bo'lim yana qaysi yo'nalishlarda ishlaydi?


Savolimizdan keyin Saidazim G'ulomov «Ularning faoliyati haqida o'zlaridan ham eshiting», deya bizni Komplaens-nazorat xizmati bo'limiga boshlab bordi. U yerda bo'lim boshlig'i Dilshod Saidmuradov va bo'lim menejeri Mirlaziz Mirvosiqiy bilan muloqot qildik.


– Faoliyat yo'nalishlarimiz ko'p, – deya yuqoridagi savolimizga javob berdi Dilshod Saidmuradov. – Jumladan, xodimlarni ishga olish jarayonidan tortib, xodimlar bilan ishlash, xaridlar jarayonidagi shaffoflikni nazorat qilish, korruptsiyaga qarshi targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish... Ishga kirgan har bir xodim manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik haqidagi deklaratsiyani to'ldiradi. Bu hujjatga yaqin qarindoshlari qaerda ishlashi haqidagi va boshqa muhim ma'lumotlar kiritiladi. Masalan, ishchi-xodim biror xususiy ishlab chiqarish korxona egasi bo'lsa, albatta, deklaratsiyada buni ko'rsatishi kerak. Сhunki ertaga zavod bilan o'sha korxona o'rtasida manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelmasligi uchun, biz bundan xabardor bo'lishimiz zarur. Bundan tashqari, deklaratsiyada xodimlar bizning zavodimizga o'xshagan korxonalarda ­boshqa yaqin tanishi yoki do'stlari ishlayotgan bo'lsa, u haqdagi ma'lumotlarni ham kiritishi lozim. Сhunki korxonamizga tegishli ma'lumotlar bizning zavodga o'xshagan boshqa zavod yoki korxonalarga tarqab ketmasligi kerak.


Qolaversa, har hafta xodimlar uchun korruptsiyadan uzoq yurish, qanday xatti-harakatlar korruptsiya alomati bo'lishi mumkinligi, sovg'a-salom berish va olishning ahamiyati kabi mavzularda o'quv seminari o'tkazamiz. Unda ishchi-xodimlar navbat bilan qatnashadilar. Har yili 9 dekabr' – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kunida zavodimizda ochiq eshiklar tadbiri tashkil etiladi. Unda oliy ta'lim muassasalari talabalari, atrofimizdagi mahallalarda yashovchi yurtdoshlarimiz ishtirok etadilar. Ularga ham korruptsiyaning rivojlanishga zarari haqida tushunchalar beramiz. Korxonamizdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishtiramiz. Shu tariqa xodimlarning ham, hududimizga yaqin mahalla ahlining ham korruptsiyaga murosasizligini oshirib borishga, bu boradagi bilim va tushunchalarini kengaytirishga harakat qilamiz.


– Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotning sifatli tayyorlanishi qanchalik nazorat qilinadi?


– Albatta, bu muhim xususiyat, – deydi bo'lim menejeri Mirlaziz Mirvosiqiy. – Birinchidan, bizda ikki xil ko'rinishdagi ish tartibi bor. Birinchisi – ofis xodimlari. Ular orasida 3-4 nafar rahbar xodim va buxgalteriya bo'limi alohida xonalarda, qolganlari ochiq maydonda o'tiradi. Kim ishga qachon kelayotgani, nima ish bilan mashg'ulligi ko'rinib turadi va intizomni buzgan xodimlarga belgilangan tartibda chora ko'riladi. Aslida hamma intizomga yaxshi o'rganib ketgan, bu borada muammo bo'lmaydi. Ikkinchi ko'rinishdagi jamoamiz – bu ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadigan ishchi-xodimlar. Ular navbatchilik asosida ishlashadi. Сhunki zavodda ish 24 soat mobaynida davom etadi. Avvalo, ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilayotgan xodim ishga kirishdan oldin bajaradigan vazifalari bo'yicha o'qitib-o'rgatiladi. Сhunki zavodimiz standartlari bo'yicha shinalarning qismlarini qotirish, detallarni to'plash kabi ishlar hech qaerda o'rgatilmaydi. Masalan, ichkarida, albatta, maxsus ko'zoynak taqiladi. Oddiy shina yig'ishning ham o'ziga yarasha qoidalari bor, belga og'irlik tushirmasdan ishlash mumkin. Ayrimlar ishga kirishdan oldingi imtihon jarayonidayoq belgilangan tartibga toqatsizligini ko'rsatadi. Biz bunday xodimlar bilan boshidayoq xayrlashamiz. Сhunki hozir tartibga moslashishga toqati bo'lmayotgan ishchining xatti-harakati qachondir pand beradi. Ishlab chiqarish jarayonida rioya qilinmagan har bir qoida sifatga ta'sir ko'rsatishi mumkin.


Qolaversa, har bir mahsulotning, u katta texnikami yoki kichik mayda detalmi, raqami bo'lib, qaysi navbatchilik qismida, qaysi bosqichda, qaysi ishchining qo'lidan o'tganini bilib olish mumkin. Agar xodim qaysidir dvigatelning detal qismiga eringanidan, belgilangan normadan kam ishlov bersa yoki quyuv tsexidan belgilangan vaqtdan oldin olib chiqsa, bu dvigatel' sifatiga ta'sir qiladi. Bunday xatoga yo'l qo'ygan xodim, agar o'z vaqtida xatosini tan olib, bo'lim rahbariga ma'lum qilsa, xatoning asorati tezda bartaraf etiladi. Detallar keyingi jarayonga o'tib ketmasdan, musodara qilinadi. Agar xatosini o'z vaqtida aytmasa, ertaga mayda detal' boshqa qismlarga o'rnatilganda uning zarari ko'proq bo'ladi va xodimning xatosi kechirilmaydi. Bunday holatlarda unga nisbatan chora ko'riladi. Сhunki so'nggi sinov bosqichlarida har bir detalning kamchiligi bilinadi va kim, qaysi bosqichda xatoga yo'l qo'ygani ma'lum bo'ladi. Albatta, bunday holatlar juda kam bo'ladi. Shunday bo'lsa-da, biz har hafta bo'ladigan o'quv seminarlarda xodimlarga o'z ishini sifatli bajarishi va buning aksini qilishi o'zi va zavod kelajagi uchun qanchalik ta'sir ko'rsatishini tushuntiramiz. Yana bir jihat, ishlab chiqarishda ishtirok etadigan xodimlar tez-tez rotatsiya qilinadi. Bundan maqsad, ishchilarning faqat bir vazifani bajarishga o'rganib qolishi yoki nisbatan og'irroq ishlarda uzoq vaqt ishlashi salomatligiga salbiy ta'sir qilishi oldini olishdir.


– Demak, ishchi-xodimlar vazifasini sidqidildan va mas'uliyat bilan bajarishi uchun talab kuchli ekan, bu juda yaxshi. Xodimlarning ijtimoiy himoyasi ham ana shu talabga yarasha tashkil etilganmi?


– Bir narsani rahbar sifatida ta'kidlashni istardim, – dedi Saidazim G'ulomov. – Agar xodim o'z ishxonasida mehnatiga yarasha sharoitda ishlasa, munosib rag'bat va ish haqi olsa, u korruptsiyadan ancha uzoqda yuradi.


Zavodimizda mehnat ta'tiliga chiqayotgan xodimlarning ta'til puli oldindan alohida plastik kartochkasiga tushirib beriladi. Bayramlarda bayram puli, har oyda ish samaradorligiga qarab, maoshiga qo'shimcha tarzda rag'batlantirish pullari oladi. Bundan tashqari, bir yilda ikki marta moddiy ko'rinishda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatamiz.


Milliy bayramlarimizni ham, albatta, jamoamiz bilan nishonlaymiz. Kasaba uyushmasi tomonidan muhim sanalarga bag'ishlangan turli tadbirlar uyushtiriladi. Ularga ishchilarning oila a'zolari, farzandlari ham kelishadi. O'zimizning sport maydonchalarimizda xodimlar basketbol, voleybol, futbol o'ynashlari uchun sharoit yaratilgan. Navbatchilik qismidan chiqqan xodimlar o'zaro kelishgan holda xohlagan sport turi bilan shug'ullanishadi, ko'pincha futbol o'ynashadi. Eng sara o'yinchilardan iborat futbol jamoamiz ham bor. Ular «O'zavtosanoat» tizimidagi tashkilotlar o'rtasida bo'ladigan musobaqalarda ishxonamiz sha'nini himoya qilishadi.


Xullas, jamoamizda yaxshi mehnat qilgan odam kam bo'lmaydi. Ishga talabgorlar orasida ko'pchiligi, shu yerda ishlayotgan yaqini yoki tanishining tavsiyasi bilan ishga kirmoqchi bo'lganini aytadi. Biz bundan xursand bo'lamiz. Demak, yaratilgan sharoit, maosh va rag'batlantirishlar xodimlarimiz uchun manzur va ma'qul bo'layotgan ekanki, ular boshqa tanishlariga ham bu yerda ishlashni tavsiya qiladi. Tegishli sinovlarimizdan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirdagina, biz ularni safimizga qabul qilamiz. Kelgusida ham ana shu tartib-intizom va yaxshi an'analarimizga sodiq qolamiz. Sohamizni korruptsiyadan xoli tizimga aylantirish yo'lida barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.


«ISHONCH» muxbiri
Zebo NAMOZOVA
suhbatlashdi
Reklama huquqi asosida



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Mehnat huquqi
Shifokorlar huquqi tiklandi
0 1586 12:32 | 26.09.2023
Mehnat huquqi
Mehnat huquqi