+30C

+30C

    Kutubxona
    • Adabiyot
    • Ilmiy ishlar
    • Maqolalar
    • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
    Boshqalar
    • Suratlar so‘zlaganda...
    • Kolumnistlar
    • Arxiv
    • O'zbekiston jurnalistlari

    Telefon raqamingizni kiritng

    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

    Kirish

    “Baribir o'qigan boshqachada…” – safar hangomalaridan

    Mashinada edim. Yonimdagi odamlarning gaplaridan ta'sirlandim; – O'g'lingiz o'qishni bitirdimi? – Ha, tugatgan, ishlayapti. – Qaerda? – Qozon quyish tsexida...
    Kolumnistlar
    1355 12:01 | 24.12.2024 12:01

    – Iee... Institutda o'qigandi shekilli?..


    Suhbatga boshqalar qo'shildi.


    O'qigan yaxshi-yu, bitirsa bir tayinli ish yo'q ekan-da, mana bizni qishloqdagi yigitlar ko'pi oliygohni tugatgan, hozir Rossiyada ishlayapti. Ish bo'lsayam, unga joylashish uchun “otning kallasidek” pul kerak ekanda.


    Qo'shnimni o'g'li bitirib bir ishga joylashdi, bir oy ishladi, kechgacha ish, "boshog'riq ekan, ikki million oylikka yuramanmi" deb chetga ishlagani ketvordi.


    Joylashsa ham tanishi bor, puli bor, boyni bolasi yog'liroq joylarda ishlayapti. Shu korruptsiya, tortim-tortim, tanish-bilish bormi, kambag'alni bolasi, kallalilarga ish yo'q!


    Bahsga ayollar ham qo'shildi.


    “Unaqa demanglar, biz umid bilan bolalarimizni maktab yoshidan repititorga berib o'qityapmiz, ilmli odam bo'lsin deb.


    – Maktabda yaxshi o'qitsa repititorga bermasdingiz, maktab yaxshi o'qitmaydi-da.


    – Endi, qo'shimcha o'qityapmizda…”


    “Afsuski aytganingiz ko'pi haqiqat, umid qilamiz bir kun bu muammolar o'z yechimini topar, ammo baribir ilmdan yaxshi narsa yo'q. O'qisa, ilmli bo'lsa, yaxshi tarbiya olsa, hayotda inson bo'lib yashaydi. Yomonlik bilmaydi,odamlarga ziyon yetkazmaydi. Muhimi halol yashaydi.


    O'qib, uqib turib shu ishlarga qo'l urayotganlarga Alloh o'zi to'zim bersin.”


    – To'g'ri aytasiz,–dedi yonimdagi ayol. – Baribir o'qigan boshqachada…


    Hilola Mamajonova


    Izoh qoldirish
    Jo‘natish
    Maqolaga baho bering
    0/5

    0

    0

    0

    0

    0

    Maqolaga baho bering
    0/5

    0

    0

    0

    0

    0

    Mavzuga oid

    Kolumnistlar
    Kolumnistlar
    Kolumnistlar
    Turkistonlik legionerlar qismati
    0 2944 13:27 | 02.10.2023
    Kolumnistlar
    Kolumnistlar
    Kolumnistlar
    Kolumnistlar
    Fevral' oyi nega buncha qisqa?
    0 2870 14:07 | 10.02.2024
    Kolumnistlar