Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 933.16-14.94

  • EUR

    14 719.2323.14

  • RUB

    158.281.35

+24C Toshkent Shahri

+24C Toshkent Shahri

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+24c

  • Hozir

    +24 C

  • 14:00

    +25 C

  • 15:00

    +26 C

  • 16:00

    +26 C

  • 17:00

    +27 C

  • 18:00

    +26 C

  • 19:00

    +25 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +21 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +17 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 30-April

+24C

  • Hozir

    +24 C

  • 14:00

    +25 C

  • 15:00

    +26 C

  • 16:00

    +26 C

  • 17:00

    +27 C

  • 18:00

    +26 C

  • 19:00

    +25 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +21 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +17 C

  • Chorshanba, 30

    +24 +20

  • Payshanba, 01

    +27 +20

  • Juma, 02

    +28 +20

  • Shanba, 03

    +32 +20

  • Yakshanba, 04

    +33 +20

  • Dushanba, 05

    +34 +20

  • Seshanba, 06

    +35 +20

  • Chorshanba, 07

    +36 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Dermatolog: Teri saratoniga chalinish ko'paygan

Bugungi kunda tibbiyotning dermatologiya va kosmetologiya yo'nalishi shiddat bilan rivojlanib borayotganini alohida e'tirof etish joiz. Sohada erishilayotgan yutuqlar tahsinga loyiq. ishonch.uz muxbiri tibbiyot fanlari doktori, professor Ulug'bek Sobirov bilan aholida eng ko'p uchraydigan teri kasalliklari bo'yicha suhbatlashdi.
Jamiyat
1437 13:15 | 09.03.2024 13:15

– Teri kasalliklari ichida eng keng tarqalgani va ularning og'ir shakllari qanday holga olib keladi?


– Hozirgi kunda teri kasalliklari bilan xastalangan bemorlar soni ortib bormoqda. Bulardan psoriaz ya'ni qipiqli temiratki, vitiligo – xalq tilida oq dog' deb ataladi. Terining allergik xastaliklari, husnbuzar, po'rsildoq yara kasalligi keng tarqalgan. Bizga ma'lumki teri butun inson tanasini qoplab turuvchi a'zo bo'lib qolmay, balki barcha ichki a'zolar bilan uzviy bog'liq xolda,qator muhim vazifalarni bajaradi. Odamning sog'lig'i , yurak-qon tomir, asab, oshqozon-ichak trakti, endokrin tizimi bilan bir qatorda, terining funktsiyasi, xususiyatiga ham bog'liq.


Psoriaz – keng tarqalgan teri kasalligi bo'lib, bemorning hayot tarziga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu kasallik oqibatida bo'g'imlar va tayanch-harakat tizimi zararlanadi. Psoriazning og'ir shakli bemorni nogironlikkacha olib kelishi mumkin.


Vitiligo –bemorlar hayot sifatining keskin pasayib ketishiga olib keladi.


Po'rsildoq yara – bu og'ir kechuvchi teri kasalligi bo'lib, zudlik bilan davolash choralari ko'rilmasa o'lim holatiga olib kelishi mumkin.


Qolaversa, terining allergik kasalliklari ham keng tarqalgan. Agar kasallik og'ir kechsa va davolash choralari cho'zilsa, terining o'sma kasalliklariga aylanish ehtimoli bor.


Husnbuzar – o'smirlar orasida keng tarqalgan. Asoratli kechsa chandiqlar paydo bo'lishiga olib keladi.


– Yosh bolalarda gerpes virusi uchrab turadi. Onalarning hammasi ham bu nimadan kelib chiqqanini bilmaydi. Ushbu virus haqida ma'lumot bersangiz…


– Viruslar sabab kelib chiquvchi dermatozlar teri kasalliklari ichida salmoqli o'rinni egallaydi. Uchuq (gerpes virusi), kontagioz mollyuska, so'gallar bolalarda ko'p uchraydi.


Oddiy uchuq virusi boshqa viruslardan farq qilib, u inson organizmida yillab saqlanishi, ba'zi noxush xolatlar ta'sir etganda faollashib, kasallikni yuzaga keltirib chiqaradi. Aksariyat hollarda qo'rqish, sovqotish, shamollash, gipovitaminoz holatlari ham viruslarni qo'zg'atib oddiy uchuqqa sabab bo'ladi. Ba'zan bemor bilan muloqotda bo'lganda ham kasallik yuqishi mumkin. Kasallik onadan bolaga muloqot vaqtida,tug'ruq yo'llari orqali, ifloslangan homila oldi suyuqligi orqali va platsenta orqali yuqishi mumkin. Bunday hollarda kasallik og'ir, asoratli kechishi mumkin. Kasallik O'RVI kasalliklar bilan birga kechganda havo-tomchi yo'li bilan yuqishi mumkin.


– “Piling”, “botoks”, “mezoterapiya” xizmatlari ommalashdi. Mutaxassis sifatida yuzga shu usulda “ishlov” berishlariga qanday qaraysiz? Yuzga yuboriladigan ukollar keyinchalik yuzning go'zalligiga, yoshligiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydimi?


– Aholi orasida kosmetologik uslublar asossiz keng tarqalishi kuzatilmokda. Bu muolajalar so'zsiz mutaxassislar tomonidan bajarilishi zarur va maxsus protseduralar in'ektsiyalar, botulotoksin, mezoterapevtik protseduralar, pilinglar aniq ko'rsatmalar asosida, tavsiyalarga ko'ra bajarilishi shart. Kosmetologik muolajalar malakali mutaxassislar tomonidan kat'iyan nazorat bilan maxsus sharoitda o'tkazilishi kerak. Tanlangan mahsulotlarda davlat sertifikati bo'lishi zarur. Kosmetologik muolajalarni aynan yoshiga, terining holatiga karab, mutaxassis tanlaydi va tavsiya kiladi. To'g'ri tanlangan tibbiy kosmetologik muolajalar, mezoterapiya, piling, botoks albatta terini go'zallashtiradi va yoshartiradi.


– 20-25 yoshdagi yigitlarda ham sochning siyraklashishi yoki ma'lum qismlarida butunlay o'smasligi kuzatilmoqda. Bu ham bir kasallikmi?


– Aholimizning har to'rttadan biri soch to'kilishi muammosiga duch keladi. Bu holat mikroelementlar tanqis bo'lgan hududlarda ko'p uchraydi. Organizmda yod, selen, magniy, tsink moddalari yetishmasa soch bilan bog'liq muammolar yuzaga keladi. Qolaversa doimiy stresslar noto'g'ri ovqatlanish va parhez bevaqt soch to'kilishiga olib keladi. Bir kecha-kunduzda sochning 60-80 ta to'kilishi me'yoriy holat. Agar soch tolasining miqdori undan oshsa, albatta mutaxassisga murojaat qilish zarur. Shifokor kerakli tekshiruvlarni o'tkazgandan keyin davo choralarini tavsiya qiladi.


– Xalqimiz orasida oq dog'lar baliq, sut, tuxum mahsulotlarining aralashtirib yeyishdan kelib chiqadi, degan qarash bor. Aslida vitiligo kasalligining kelib chiqish sabablari qanday? Bugungi kunda hatto yosh bolalarda ham uchrayotganini qanday izohlaysiz?


– Vitiligo orttirilgan teri kasalligi bo'lib, turli shakl va o'lchamdagi aniq chegaralangan oq dog' bilan xarakterlanadi. Bu kasallikning kelib chiqishiga ko'plab omillar sabab bo'ladi. Ya'ni asab, endokrin va immunitet tizimi va lipidlar pereks oksidlanishi tizimining buzilishi natijasida hujayralarni o'z-o'zini yemirishi, shuningdek, terining mikroelement tarkibi va metabolik jarayonning o'zgarishi bilan bog'liq. Vitiligo surunkali avj olib kechishi bilan ajralib turadi. Ayol va erkakda bir xilda uchraydi. Vitiligo kasallikka moyillik (genetik) va qo'zg'atuvchi (tashqi) omillar ta'sirida paydo bo'ladi. Tashqi omillarga emotsional asabiylashish va quyosh ta'sirida kuyish, ichki a'zolarning surunkali yallig'lanishi, zaharlanish, disbakterioz, gijja va endokrin va immun tizimi buzilishlari sabab bo'lishi mumkin.


Vitiligo odatda to'satdan boshlanadi. Bemor eng avvalo depigmentatsiya o'chog'i (yoki o'choqlari)ni sezadi. Vitiligoning klinik ko'rinishi teri qoplami turli sohalarida gipo va depigmentatsiya o'choqlarining mavjudligi bilan xarakterlanadi va vaqt o'tishi bilan kattalashishga moyil bo'ladi.


Vitiligo kosmetik nuqson bo'lib, ko'pincha bemorga ruhiy tushkunlikni keltirib chiqaradi.


– Nasldan-naslga o'tadigan teri kasalliklariga qaysilar kiradi?


– Terining irsiy kasalliklari genodermatozlar deb ataladi. Hozirgi kunda terining irsiy kasalliklarining 200 dan ortiq turi mavjud bo'lib, ular butun teri kasalliklarining 10% ni tashkil etadi.Ushbu kasalliklar ma'lum bir genga bog'liq bo'lib, nasldan naslga o'tadi. Kasallikni kelib chiqishida qarindoshlar o'rtasidagi nikoh, onaning homiladorlik vaqtidagi turli xil genital va ekstragenital kasalliklar bilan kasallanishi sabab bo'ladi.


– Teri saratoni bilan kasallangan bemorlarning soni ortmoqda. Oldini olish choralari haqida ham ma'lumot bersangiz...


–Teri saratoni terining turli qismlarida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan saraton turidir. Teri saratoni odatda terining yuqori qatlamlarida boshlanadi va turli sabablarga ko'ra rivojlanishi mumkin, jumladan, quyoshga haddan tashqari ta'sir qilish, irsiy omillar va qarish.


Teri saratonining eng jiddiy va o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan turi bu melanomadir. Melanotsitlar teridagi rangli pigment bo'lgan melanin ishlab chiqaradigan hujayralardir. Melanoma odatda teri yuzasidagi oddiy teri to'qimalaridan paydo bo'lishi mumkin bo'lgan va tez tarqalishi mumkin bo'lgan saraton turidir. Teri saratoni belgilari har xil bo'lishi mumkin, ammo ba'zi umumiy simptomlar:


• yangi xol yoki dog'ning shakllanishi


• mavjud xol hajmi, shakli yoki rangi o'zgaradi


• xol yuzasida qichishish, qon ketish yoki qobiq paydo bo'lishi


• terida yaralar yoki yaralar paydo bo'lishi


• terining qattiqlashishi yoki pufaklanishi


• suv bilan to'ldirilgan pufakchalar yoki pufakchalar shakllanishi


Teri saratoniga chalinmaslik uchun, terini to'g'ri parvarish qilish, teri gigienasiga rioya qilish, teri kasalliklarini o'z vaqtida shifokor nazoratida, asoratlarsiz, to'g'ri davo muolajasini olib borish, quyosh nuridan saqlanish va quyosh nuridan to'g'ri foydalanish, terini turli xil jarohatlardan himoya qilish, bilib bilmasdan terida paydo bo'lgan nuqsonlarni tabiblarda shifokor ko'rigisiz davolamaslik zarur. Dermatoonkologiya hozirgi zamonaviy tibbiyotda rivojlanib kelayotgan sohalardan biri bo'lib, ushbu soha kasallikka o'z vaqtida, erta, zamonaviy ilg'or tibbiyot diagnostikasi usullardan foydalangan holda aniq tashxis qo'yish, zudlik bilan davo choralarini ko'rishga va kasallikni oldini olish uchun aholi orasida tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan.


– Qaysi ichki kasalliklar hisobiga yuzga dog' tushadi?


– Ko'zgu qarshisiga turib, yuzingizga diqqat qiling: rangi tiniqmi, husnbuzar yoki toshma bo'lsa, kattaligi, holati va miqdori qancha? Dog'ni ko'rsangiz uning o'lchami va yuzning qaysi qismidan joylashganiga qarang. Ishonish qiyin-u, lekin yuzning har bir qismidagi kamchilik ichki a'zolarning u yoki bu turi bilan bog'langan bo'ladi. Masalan, oshqozon-ichaklarda muammo bo'lsa, yuz yonoqlarining o'rta qismida husnbuzar paydo bo'ladi. Bezovtalik surunkali tus olib, xastalikka aylansa, dog' paydo bo'lishi mumkin. Yuz tuzilish, holati va ko'rinishiga qarab tashxis qo'yish tibbiyotda ommalashgan usullardan biri. Zero, yuz sohasiga dog' tushishi, husnbuzar yoki toshma chiqishi o'z-o'zidan sodir bo'lmaydi. Odatda mazkur holat bir qator omillar bilan taxmin qilinadi.


Feruza RAHIMOVA


Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 554 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 816 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 845 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 8940 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 565 21:55 | 12.10.2024