Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga sanatoriylarga yuboriladigan o'qituvchilar sonini 2 barobarga oshirish taklif qilindi
Ta'lim sohasi vakillari bilan bo'lib o'tayotgan muloqotda Prezident Shavkat Mirziyoev kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi har yili sog'lig'ini tiklash uchun sanatoriy va dam olish maskanlariga yuboriladigan o'qituvchilar sonini 2 barobar oshirsa, maqsadga muvofiq bo'lishini qayd etib o'tdi.
Shuningdek, rektorlar ham oliygohlarni rivojlantirish jamg'armasi hisobidan professor-o'qituvchilar uchun sihatgoh yo'llanmalari sonini 50 foizga oshirishlari lozimligi ko'rsatib o'tildi.
“Bir yil oldin maktab direktorlarini o'qitish tizimi joriy etilgan edi. Bugungi kunda ulardan 1 ming 206 nafari menejerlik sertifikatiga ega bo'ldi. Hozir ana shu direktorlarga ustama berilmoqda.
Endi bu amaliyot 2025-yil 1-sentyabrdan bog'cha mudiralariga ham tatbiq etiladi va ularga har oyda 30 foizgacha qo'shimcha ustama to'lanadi”, – dedi davlat rahbari.
Shu bilan birga, maktab direktori, uning boshqaruvchilik mahorati haqida muhim qo'llanma bo'ladigan kitoblar yo'qligi qayd etilib, tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda maktab direktorlari haqida ana shunday kitob tayyorlansa, ayni muddao bo'lishi ta'kidlandi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0