+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

O'limidan so'ng asarlarini yoqib yuborishni istagan yozuvchi:

Tahlil
706 16:45 | 25.01.2026 16:45

Kafka haqida bilgan va bilmaganlarimiz


O'zbek adabiyotiga "Jarayon", "Qal'a", "Evrilish" kabi asarlari bilan ma'lum bo'lgan, jahon adabiyotiga o'zining betakror uslubi bilan kirib kelgan yozuvchilardan biri Frants Kafkadir. U 1883 yil 3 iyul' kuni Avstro-vengriya imperiyasi tarkibida bo'lgan Praga shahrida tug'ilgan. Nemis tilida ijod qilgan.


Buyuk adibning bolaligi


Kafkaning bolaligi oson kechmagan. Otasi German Kafka qattiqqo'l va juda talabchan inson bo'lgan. Frants esa juda nozik tabiatli, hissiyotlarini ich-ichiga yutadigan, hayotni qalban qabul qiladigan bola edi. Otasi bilan munosabati umr bo'yi uning ruhiyatiga ta'sir qilgan. Bu holat keyinchalik uning asarlarida – ayb, qo'rquv, kuchli tizim oldida ojiz inson obrazlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Shunga qaramasdan u yaxshi ta'lim olgan. Universitetda yurisprudentsiya yo'nalishida o'qiydi. Asosiy kasbi sug'urta yo'nalishi bo'lishiga qaramay, adabiyotni juda sevardi va uning uchun adabiyot hayotni anglash usuli edi.


Yozuvchilikka qanday kirib keldi?


Kafka yoshligidan yozishni boshlagan, ammo hech qachon o'zini “katta yozuvchi” deb hisoblamagan. Asarlarini chop etishga ishonchsiz munosabatda bo'lgan, ko'pincha yozganlarini yirtib tashlagan. Uning birinchi hikoyalari do'stlari orqali adabiy muhitga kirib kelgan. Kafkaning eng mashhur asarlaridan biri "Jarayon"dir.


U insonning noma'lum ayb uchun jazolanishi, adolatsiz tizim oldida ojizligi haqidagi asar bo'lib, uni o'zbek tiliga vafo Fayzulloh tarjima qilgan. Kafka asarni 1914-15 yillarda yozib, 1925 yilda e'lon qilgan. Bugungi kungacha 60 dan ortiq davlatlarda chop etilgan. Asar falsafiy va chuqur psixologik yondashuvga egaligi bilan ham millionlab o'quvchilar e'tiborini tortgan. Qolaversa, huquqsiz inson, byurokratiya mavzulari har qanday jamiyat odamlari uchun qiziqardir. «Qal'a» asari esa insonning noma'lum maqsad va tizim oldida o'z o'rnini topa olmasligi haqida bo'lib, bu asarni ham adabiyotimizga vafo Fayzulloh taqdim etgan. Bundan tashqari adibning Amerika haqidagi asari ham qisqa hikoya va kundaliklar shaklida yozilgan bo'lib, ancha mashhur. Uning asarlarida aniq vaqt va joy ko'rsatilmaydi. Hammasi qandaydir bezovta tushda kechayotgandek ifodalanadi. Shu sababdan adabiyotda uning usuli haqida gapirilganda “Kafka dunyosi” degan atama ham qo'llaniladi. Uning o'ziga xos mahorati tufayli kitobxonlar inson va tizim to'qnashuvi, aybsiz aybdorlik hissi, yolg'izlik va begonalashuv, ma'nosiz byurokratiya mavzularini absurd janrda, qiziqarli tasvirlarda o'qiy oldi.


Oilaviy hayoti


Ma'lumotlarda yozilishicha, Kafka uylanmagan. Bir necha marta turmush qurishga chog'langan, ammo oilaviy hayotni ijodga xalaqit beradi deb bilgan. Shu bois uning ayollar bilan tanishuvlari oila qurish darajasiga yetib kelmagan. Farzandlari ham bo'lmagan. U kamtarona, ijara uylarda yashagan, ko'pincha kasallik bilan kurashgan.


Nega qo'lyozmalarini yoqib yuborishni vasiyat qilgan?


Kafka umrining oxirida do'sti Maks Brodga shunday vasiyat qilgan: “Mening barcha qo'lyozmalarimni o'qimay turib, yoqib yubor.” Buni mutaxassislar uning o'z ijodiga nisbatan ishonchsizligi, komillikka intiluvchanligi va ichki olami, hissiyotlari bilan bog'liq deyishadi. U asarlarini tugallanmagan va mukammal emas, deb hisoblagan.


Ammo Maks Brod bu vasiyatni bajarmagan. Aksincha, Kafkaning asarlarini saqlab qolgan va chop ettirgan. Shu bois bugun insoniyat Kafka asarlarini o'qish imkoniyatiga ega. Yozuvchi 1924 yil 3 iyun' kuni, Avstriyaning Kirling shahri yaqinida, sil kasalligidan vafot etgan. O'shanda u 40 yoshda bo'lgan. Ovqat yeyishga ham qiynalgan, ovozi chiqmay qolgan holda hayotdan ko'z yumgan. Unga adabiyotchilar shunday ta''rif berishadi va bu haqiqat:


Kafka – faqat yozuvchi emas. U inson qo'rquvlarining tarjimoni, zamonaviy jamiyatning ichki og'rig'ini sezgan mutafakkir. Uning asarlari bizga shunday savol qo'yadi – inson tizim uchun yashayaptimi, yoki tizim inson uchunmi?


Zebo Namozova
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 2883 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 3214 13:54 | 18.11.2023