Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Mehnat bozorida Boltiqbo'yi tajribasi bizga nima beradi?

Yillar davomida o'zbek mehnat migrantlarining eng ko'p qismi Rossiya, Qozog'iston, Turkiya va Janubiy Koreyaga ketgan bo'lsa, hozirgi kunda vaziyat tubdan o'zgargan. Ularning aksariyati Yevropa Ittifoqi davlatlariga ishga ketyapti.
Tahlil
439 23:33 | 22.03.2025 23:33

Bundan 10 yilcha muqaddam birgina Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan vatandoshlarimiz soni uch million nafardan ortiq edi. Migratsiya jarayonlarining hozirgi bosqichida boshqa yurtlarga ko'cha supurish, qorovullik, enagalik, molboqarlik kabi malaka talab qilmaydigan ishlarga borish davri deyarli ortda qoldi. Сhunki bu ishlarda katta daromad olish imkoni nihoyatda kam. O'sha maoshni yurtimizda ishlab ham topish mumkin.


O'tgan 7 yil davomida mamlakatimizga kiritilgan chet el investitsiyalari hajmi 120 milliard AQSh dollaridan oshdi. Bu mablag'larni o'zlashtirish esa, tabiiyki, juda ko'plab ish o'rinlarini talab qiladi.


O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila a'zolarini ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash maqsadida «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi ro'yxatida turgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravariga, ularning «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro'yxatda bo'lgan yoki «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»dan biriga kiritilgan nogiron oila a'zolariga dori-darmon, nogironlik aravachasi, eshitish apparati va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravariga teng bir martalik moddiy yordam ko'rsatilyapti. Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O'zbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo'lgan oila a'zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo'llanma hamda bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo'llanma ajratilyapti.


Prezidentimiz tashabbusi bilan O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimi xodimlari tomonidan migratsiyada yurgan fuqarolar sonini aniqlash, ularning mehnat va ijtimoiy himoyalanish shart-sharoitlarini o'rganish bo'yicha juda katta ishlar amalga oshirilyapti. 2024 yilning iyul' holatiga ko'ra, mig­ratsiyadagi fuqarolar soni mamlakat bo'yicha 2 million nafarni, viloyat bo'yicha esa 104,2 ming nafarni tashkil etgan.


Yaqinda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ishchi guruhi tarkibida Latviya va Litva davlatlarida yurtimiz mehnat migrantlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mehnat va ijtimoiy himoya ahvolini o'rganish yuzasidan xizmat safarida bo'lib qaytdik. Safarimiz juda samarali kechdi, ko'p tajribalar almashdik, migratsiya darajasi haqida aniq ma'lumotlarga ega bo'ldik.


Ayni kunda Litvada 11 ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz istiqomat qilayotgani, ularning 30 foizidan ortig'i logistika, qurilish, xizmat ko'rsatish sohalarida mehnat qilayotgani va ijtimoiy himoyasi ta'minlanganiga amin bo'ldik.


Xizmat safari chog'ida bir necha vatandosh­larimiz bilan suhbatlashish imkoni ham tug'ildi. Shuningdek, Litva kasaba uyushmalari yordamida juda ko'plab vatandoshlarimiz ishlayotgan «Xoptrans» aktsiyadorlik jamiyatida bo'lib, u yerda haydovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ish haqi va boshqa qo'shimchalar, ijtimoiy himoya, malaka oshirish, mamlakat tilini o'rgatish masalalari qay darajada hal qilinayotganini o'rgandik. Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, 2024 yilda Litvadan davlatimizga kelib tushgan pul o'tkazmalarining umumiy hajmi 2023 yilga nisbatan 2,3 barobarga oshib, 62,6 million AQSh dollarini tashkil etgan.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, yoshlarimizdan hozirgi paytda mehnat bozorida dolzarb kasb-hunar egalarini tayyorlash uchun ­quyidagi masalalarga e'tibor qaratishimiz zarur, degan xulosalarga keldik. Eng avvalo, yoshlarga zamonaviy kasblar bo'yicha yetarlicha bilim va ko'nikma berilishi, xorijda mehnat qilib, daromad topishni istagan har bir shaxs o'z ona tilidan tashqari, chet tillaridan birini puxta o'zlashtirishi lozim.


Mamlakatimizda ayrim deputatlarning chet eldan yuborilayotgan valyutalardan soliq olinmayotgani haqidagi e'tirozlariga ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlardan xabardormiz.


Zotan, ular orqali mamlakatimizga yuborilayotgan pullar hajmi oltin eksporti tushumlari hajmidan ham ko'proq, yalpi ichki mahsulotning 14 foizidan oshadi. Birgina o'tgan yili chet ellarda ishlayotgan migrantlar hisobiga 15 milliard AQSh dollari miqdorida tushumlar kelib tushgan. Bu mablag'lar qaysi mamlakatdan jo'natilayotgan bo'lsa, o'sha davlat qonunlari asosida soliqqa tortilgan mablag'lardan keyingi qolgan summa hisoblanadi. Masalan, Litvada ishlovchi xodimlarning daromad solig'i 32 foizni tashkil qilar ekan. Binobarin, bir marta soliqqa tortilgan oylik maoshdan ­takror soliq undirish hech qaysi mantiq va adolat tamoyiliga to'g'ri kelmaydi.


Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijasida chet ellardan juda katta miqdorda investitsiyalar kiritilayotgani, aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida maktablar, maktabgacha ta'lim muassasalari, shifoxonalar, uy-joylar qurilishi amalga oshirilayotgani natijasida ko'plab yangi ish o'rinlari yaratilayotgani chet elga ishlashga ketayotgan fuqarolar soni biroz kamayishiga sabab bo'lmoqda.


Mamlakatimiz aholisi soni esa yiliga qariyb bir million kishiga ko'paymoqda. Bu kelgusida aholini ish bilan ta'minlash masalalarini yuzaga keltiradi, butun dunyoda zamonaviy bilim va intellektga ega yosh mutaxassis kadrlarga bo'lgan talab ham oshib boraveradi deganidir. Kelgusida migratsiyaga ketayotgan fuqarolar mehnat va ijtimoiy himoyasini yanada takomillashtirish, yoshlarimizga chet eldagi zamonaviy kasb va hunarlarni chuqurroq o'rgatish davr talabiga aylanib boraveradi.


Muhammadqosim OLIMOV,
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi
Buxoro viloyati kengashi raisi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1834 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1895 13:54 | 18.11.2023