Valyuta UZS
  • USD

    12 593.7790.78

  • EUR

    14 698.19213.48

  • RUB

    158.492.55

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +28 C

  • 10:00

    +30 C

  • 11:00

    +32 C

  • 12:00

    +35 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +37 C

  • 15:00

    +37 C

  • 16:00

    +37 C

  • 17:00

    +37 C

  • 18:00

    +36 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +27 C

  • 23:00

    +25 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 09-August

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +28 C

  • 10:00

    +30 C

  • 11:00

    +32 C

  • 12:00

    +35 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +37 C

  • 15:00

    +37 C

  • 16:00

    +37 C

  • 17:00

    +37 C

  • 18:00

    +36 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +27 C

  • 23:00

    +25 C

  • Shanba, 09

    +18 +20

  • Yakshanba, 10

    +19 +20

  • Dushanba, 11

    +21 +20

  • Seshanba, 12

    +20 +20

  • Chorshanba, 13

    +21 +20

  • Payshanba, 14

    +20 +20

  • Juma, 15

    +22 +20

  • Shanba, 16

    +20 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Soxta xat bilan kimni aldash mumkin? Murojaatchi masalaning mantiqiy yechimini kutmoqda

Ishdan horib qaytgan Dildora «Yuvinib-taranib olsam, yengil tortaman, keyin ovqatga unnasam bo'ladi», deb o'ylab, jo'mrakni buradi. Suv yo'q. Ertalab ishga otlanayotganida ham shu ahvol edi. «Suvta'minot» tuman bo'limidagilar «Suvni belgilangan tartibda, ma'lum soatlarda beryapmiz» deyishadi. Ammo aynan o'sha ko'rsatilgan muddatlarda ham suv bo'lmaydi.
Jamiyat
853 08:12 | 19.02.2025 08:12


Dildora Normatova Xovos tumanining «Gulbahor» mahallasidagi ko'pqavatli uyda turadi. II guruh nogironi. Kun bo'yi ishda bo'ladi. Suv ta'minotidagi uzilishlar haqida tuman bo'limiga qayta-qayta murojaatlari besamar ketgach, 1211 raqamli «Ishonch telefoni»ga qo'ng'iroq qilishga majbur bo'ldi.


– Ichimlik suv ta'minotidagi uzilishlar bor gap, – deydi muhandis Anvar Olimov, – «Xovos city»da «600»lik tarmoq yorildi. Uni bartaraf etish uchun bir necha kun vaqt sarflandi. Bu paytda aholiga transport yordamida suv yetkazib berishga to'g'ri keldi. Bu birgina holat emas. O'tgan yil dekabr' oyining o'zida suv tarmog'idagi ana shunday turli holatlar to'g'risida aholidan 11 ta murojaat kelib tushgan. Ular bo'yicha dalolatnomalar tuzilib, muammo hal etilgan.


O'z-o'zidan ichimlik suv ta'minotidagi bunday uzilishlarning asl sababi nimada, degan savol paydo bo'ladi. 2011 yili Jahon banki ajratgan katta miqdordagi kredit hisobiga Xovos tumani mahallalarida ichimlik suv ta'minotini yaxshilash bo'yicha loyiha qilinadi. Uni amalga oshirishni bir nechta mas'uliyati cheklangan jamiyat o'z zimmalariga oladi. Ish boshlanib ketadi-yu, biroq oxiriga yetkazilmaydi. Tortilgan tarmoqlar umuman talabga javob bermasligi, sifatsizligi, ajratilgan mablag'lar o'zlashtirilgani ma'lum bo'ladi. Ayni paytda o'z ishlariga mas'uliyatsizlik bilan yondashganlar qonun oldida javob bermoqdalar. Ularning qo'l uchida qilgan ishlarining jabrini aholi tortyapti. «Suvta'minot»ning Xovos tumani bo'limi 28 ta mahalladan 26 tasiga xizmat ko'rsatadi. «Sohibkor» va «Qayirma» mahallalariga esa suv transport yordamida yetkazib beriladi.


Murojaatchiga holat «Suvta'minot» tuman bo'limi tomonidan yozma yoki og'zaki tarzda tushuntirilmagan, aksincha murojaatni qonunchilik doirasida ko'rib chiqish uchun o'zlariga jo'natilgan xatga D.Normatova nomidan «hamma muammolar bartaraf etilgani» haqidagi soxta xatni ilova qilib, javob berishgan. Ahvol esa hamon o'sha-o'sha. Murojaatchi mutasaddilar tomonidan masalaning mantiqli yechimini kutmoqda.


Bahor XOLBEKOVA
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 1292 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 922 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 1210 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 1213 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 10733 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 926 21:55 | 12.10.2024