Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+7C

+7C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+7c

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+7C

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • Chorshanba, 27

    +7 +20

  • Payshanba, 28

    +10 +20

  • Juma, 29

    +8 +20

  • Shanba, 30

    +6 +20

  • Yakshanba, 01

    +4 +20

  • Dushanba, 02

    +4 +20

  • Seshanba, 03

    +3 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'z sog'ligingizga e'tiborsiz bo'lmang!

Deyarli har kuni yo'l yoqasida sotilayotgan non, meva, ayronu yaxna ichimliklar, muzqaymoq va somsalarni ko'rsangiz kerak. Ehtimol, shunday mahsulotlardan iste'mol qilgan ham bo'lib chiqarsiz. Hech o'ylab ko'rganmisiz, yo'lda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya - gigiena qoidalariga qanchalikto'g'ri keladi?
Kolumnistlar
523 22:40 | 19.06.2024 22:40

Bu borada O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi 2-qismiga tegishli 402-moddasida tovarning sifati masalasiga urg'u berilgan. Unga ko'ra sotuvchi sotib oluvchiga sifati oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan tovarni topshirishi shart.


Qo'shimchasiga sotuvchi bilan sotib oluvchi o'rtasidagi kelishuvga muvofiq qonunda nazarda tutilgan tartibda tovarning sifatiga qo'yilgan majburiy talablarga qaraganda yuqoriroq talablarga javob beradigan tovar topshirilishi mumkin. 405-moddaga muvofiq sotuvchi yaroqlilik muddati belgilangan tovarni sotib oluvchiga shunday mo'ljal bilan topshirishi kerakki, toki undan yaroqlilik muddati tugagunga qadar o'z vazifasi bo'yicha foydalanish mumkin bo'lsin.


Endi o'ylab ko'ring, qachon, qaerda, qanday sharoitda ishlab chiqarilganligi tarkibi va yaroqlilik muddati sizga noma'lum bo'lgan mahsulotlar sog'ligingizga qanday ta'sir qiladi? Yaxshi emas, albatta.


Сhunki yo'l nafaqat chang-g'ubordan «to'yingan», balki quyoshning issiq to'lqinlaridan ham «haroratlangan» bo'ladi.


«Sanepid» qo'mita xabarida, muzqaymoq iste'moli haqida xaridorlar ogohlantirilib, jumladan, shunday deyiladi:


«Muzqaymoq solingan idishlarning bugungi kunda sanitariya-gigiena jihatdan holati talabga mutlaqo javob bermaydi. Mahsulotni ko'cha-kuyda sotish uchun tegishli ruxsatnoma va sertifikat yo'q. Sotuvchilar maxsus ust-bosh, kiyim bilan ta'minlanmagan.


Qolaversa, tibbiy ko'rik daftarlari ham mavjud emas. Talabga ko'ra, oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug'ullanadigan xodimlar har 6 oyda tibbiy ko'rikdan o'tishi shart.


Iste'molchi ushbu sifati kafolatlanmagan mahsulotni iste'mol qilishi oqibatida zararlanish ehtimoli yuqori. Shuningdek, yuqumli kasalliklarning tarqalishiga ham zamin yaratiladi.


Ko'chma bochkalarda saqlanadigan va sotiladigan turli yaxna ichimliklar haqida ham shunday deyish mumkin.


Somsalarga kelsak, mikroblanishdan tashqari, yo'lda sotiladigan somsalarning sifati, ayniqsa, go'shtining yangi-eskiligi, iste'mol uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekani doimo shubha ostida. Tabiiyki, issiq ob-havo terib qo'yilgan somsalar yaroqliligiga putur yetkazadi. Bunda somsa ichidagi mahsulot oshqozon yoki ichakda og'riq va bezovtalik paydo qilishi mumkin.


Qisqasi, duch kelgan joyda sotavermay, tegishli o'rinlarda savdo qilish, ko'rsatilgan talablarga mos keladigan holatda saqlash, faqat iste'molga yaroqli mahsulotlarnigina sotish aholi salomatligini muhofaza qilibgina qolmay, oldi-sotdi madaniyatini ham shakllantiradi. Bu, hech shubhasiz, rivojlanish yo'lidagi yana bir qadamdir.


Hulkar ESONBEKOVA,
O'zDJTU xalqaro jurnalistika fakul'teti talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 804 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 901 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar