Valyuta UZS
  • USD

    12 509.83-79.52

  • EUR

    14 520.16-136.36

  • RUB

    156.55-1.09

+30C

+30C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+30c

  • Hozir

    +30 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 13-August

+30C

  • Hozir

    +30 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Chorshanba, 13

    +30 +20

  • Payshanba, 14

    +29 +20

  • Juma, 15

    +27 +20

  • Shanba, 16

    +28 +20

  • Yakshanba, 17

    +24 +20

  • Dushanba, 18

    +26 +20

  • Seshanba, 19

    +28 +20

  • Chorshanba, 20

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

«O'zbek onasi yaqin o'rtada ikkinchi Abdulla Qodiriyni tug'masa kerak» - Сho'lpon

Qodiriy tavalludiga 130 yil to'ldi
Jamiyat
854 18:57 | 10.04.2024 18:57

«O'zbek onasi yaqin o'rtada ikkinchi Abdulla Qodiriyni tug'masa kerak», deb yozgan edi shoir Abdulhamid Сho'lpon. Bugun 10 aprelda Abdulla Qodiriy tavalludiga 130 yil to'ldi. Сho'lponning yuqoridagi fikri esa mudom o'z kuchida. Mana, oradan qariyib bir yarim asr vaqt o'tyaptiki, Qodiriy shaxsiday iste'dod ehtimol hali tug'ilmadi? Balki endi dunyoga kelar?

Ishonch.uz Abdulla Qodiriyning 130 yilligi munosabati bilan yozuvchining asarlari va shaxsiyati to'g'risidagi o'ziga xos fikrlarni to'pladi:

Tohir Malik, «O'tgan kunlar» romani haqida: «Men bu asarni shimoliy ummondagi bahaybat muz tog'iga – aysbergga o'xshataman. Ma'lumki, bu tog'ning faqat cho'qqilari ko'zga tashlanadi, asosiy qismi esa ko'rinmaydi – suv ostida bo'ladi. Har bir ulug' asarning ulug'vorligini, umrini ana shu ko'zga ko'rinmas qismi ta'min etadi, deb o'ylayman. Abdulla Qodiriy qo'liga qalam olganlarida ikki yoshning olovli muhabbatinigina bayon qilmoqchi bo'lganmikanlar? Agar maqsad shugina bo'lsa, asar bu qadar ulug'vorlik kasb eta olarmidi? Axir tariximizda ishqiy qissalar kam edimi? Eslaylik: Abdulla Qodiriy adabiyotga muhabbat kuychisi bo'lib kirib kelmaganlar. Fikrimizning dalili uchun «Juvonboz» deb atalgan hikoyalarni «Baxtsiz kuyov» deb atalmish p'esalarni yodga olish kifoyadir. Shunga ko'ra, aytmoq mumkinki, yozuvchi adabiyot maydoniga xalq g'amida kuyib-yonib kirib kelganlar. Xalqning taqdirini, kelajagini o'ylab qayg'urganlar. «O'tgan kunlar»ni yozishga ham ana shu millat qayg'usi undagan bo'lsa kerak».

Evgeniy Bertels, sharqshunos olim, Qodiriyning ijod uslubi to'g'risida: «Jahon adabiyotida uslub jihatdan farq qiladigan besh ta romanchilik maktabi sayqallanib ko'zga tashlanib turadi. Ular ingliz, frantsuz, nemis, rus va hind romanchilik maktablaridir. Endi oltinchi romanchilik maktabi yaratildi. Bu maktabni yaratgan Abdulla Qodiriydir».

Abduvohid Suvonov, shoir, Qodiriy shaxsiyati to'g'risida:


«Agar o'shanda Qodiriyni, yaqindan bilganlar sotmaganida, Moskvada turganlar Qodiriyni qayoqdan bilardi deysiz?!
Agar Julqunboy (Abdulla Qodiriy taxallusi) erta o'lmaganida, Yusuf hojilardek xalqni o'ylaydirg'on amaldorlarni romanda bo'lsa ham ibrat tariqasida o'nlab yaratgan bo'lardilar, zarracha bo'lsa ham xalq xizmatidagilarga o'z kuchini ko'rsatardi.


Agar Julqunboy erta otilmaganida Kumush bibi, Ra'no kabi o'zbek qizlarining iffatini, hayosini, sadoqatini yanada ko'proq mukammal darajada ifodalagan bo'lardilar. Agar Julqunboy erta otilmaganida, ona tilimiz, balki yanada yuksakroq darajada bo'larmidi?


Magaram o'nlab yaxshi yozg'uvchilarni tarbiyat qilib, buqalamunlarni, adabiyotda tushgan kemiruvchi qurtlarni badiiy adabiyot sahnasidan batamom daf qilarmidi... Agar Julqunboy erta otilmaganida, Mirzo Anvardek, Otabekdek, jo'mardlarni badiiyyatda bo'lsa ham, millat uchun xitob qilib yozgan bo'lardilar. Er yigitga jasurlikni, g'ururini baland bo'lishini, haqiqat uchun o'limdan ham qo'rqmaslikni yanada ko'proq aqliga, ongiga singdirg'on bo'lardilar.


Afsuslar bo'lsin, qattol tuzim, johil kishilar qurbonlarini ayamadi, millatning ziyosini so'ndirdi, tafakkurning ildizini quritdi, ilm oqsadi, adabiyot oqsadi, go'yoki jar yoqasida qolg'on bir g'o'zapoyadan qurilg'on kulbaga o'xshab qoldi adabiyot...»


Maftuna Karimova


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 1303 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 929 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 1221 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 1220 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 10775 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 933 21:55 | 12.10.2024