+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

O'zbekistonda eng ishchi ko'p talab qilinayotgan soha qaysi ekani ma'lum bo'ldi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchiga bo'lgan talabni mutaxassisliklar kesimida o'rganish maqsadida 180 ta tuman va shaharda istiqomat qiluvchi 7843 nafar ish beruvchi ishtirokida so'rov o'tkazilgan. So'rovnoma 172 ta mutaxassislikni o'z ichiga qamrab olgan.
Jamiyat
1418 10:34 | 05.12.2024 10:34

So'rovnoma tahlillariga ko'ra, bugungi kunda O'zbekiston mehnat bozorida savdo sohasi, xususan, onlayn savdo sohasida mutaxassislarga talab juda yuqori.


Misol uchun, so'rovda qatnashgan ish beruvchilarning katta qismi (23,4 foizi) savdo sohasida faoliyat yuritishini bildirgan.
Ma'lumot uchun, respublikadagi jami korxonalar orasida savdo korxonalarining ulushi eng yuqori bo'lib, bu 32,5 foizni tashkil etadi. Ushbu ko'rsatkich esa o'z navbatida aynan savdo sohasi mutaxassislariga talab yuqoriligini asoslaydi.


Keyingi o'rinda esa qishloq xo'jaligi va sanoat sohasi mutaxassislari joy olgan. Jumladan, so'rovnoma yakunida qishloq xo'jaligi va sanoat uskunalari mexanigi (1,7 foiz), qishloq xo'jaligi va qurilish texnikasi mutaxassislari (1,4 foiz), traktor, buldozer, kombayn haydovchilari (1,4 foiz), agronomlar (1,3 foiz), kashtachi, tikuvchi va to'quvchilarga ham talab yuqoriligi (1,7 foiz) oydinlashgan.


Shuningdek, ta'lim muassasalarida xorijiy tillar (ingliz, nemis, koreys va boshqa chet tillar), matematika va IT o'qituvchilariga (1,2 foiz) ham talab bor.


Tahlillarga ko'ra, hozirgi kunda davlat sektori va xususiy sektorga tegishli korxonalarda marketolog, IT dasturchilari, buxgalterlar, kadrlar bilan ishlash bo'yicha xodimlarga talab sezilarli darajaga yetgan.

Malaka talab etilmaydigan farrosh, haydovchi va bog'bonlarga ham talab yuqori ekanligi aniqlangan.


“Buni ular orasida qo'nimsizlik darajasi yuqoriligi bilan izohlash mumkin”, deyiladi tahliliy ma'lumotda.


MHTI ekspertlari respublika miqyosida 172 turdagi mutaxassisliklarga talab borligini aytar ekan, hududlar kesimida ayrim turdagi mutaxassislarga talab umuman yo'qligi ta'kidlaydi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2415 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 2116 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2718 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2394 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat