Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zgarishsiz o'zgarayotgan ta'lim...

Bilganlarimni boricha bayon qilishdan avval bir gap: men ta'limga befarq va begona emasman. Сhunki otam ham, onam ham o'qituvchi bo'lishgan. Hozirda akam bilan ukam o'qituvchi. Qolaversa, tanish-bilishlarim orasida ham muallimlar ko'p. Shunday ekan, gapiraman desam, gap ko'p, aslida esa...
Tahlil
925 10:57 | 27.03.2024 10:57

Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda o'qituvchilar faoliyati bilan bog'liq ayanchli va achinarli holatlar juda ko'p kuzatilmoqda. Ularning ichida eng ko'p uchraydigan «kino» – o'qituvchi o'quvchini urgan va yoki aksincha. Bilmadim, muallimning o'quvchiga qo'l ko'tarishini (sababsiz oqibat bo'lmaydi) qaysidir ma'noda tushunish mumkin. Ammo ota-ona yoki o'quvchining muallimga xezlanishini, haqorat qilishini hecham hazm qilib bo'lmaydi.


Bugun o'qituvchilarga qiyin. Сhunki o'quvchilar orasida sirkasi suv ko'tarmaydigan bezbetlar ko'p. Ular to'g'ri talabni hech vaqt to'g'ri qabul qilishmaydi. Sal narsaga «bosh ko'tarishadi» yoki ota-onasini maktabga boshlab kelishadi. Bunday boshog'riqlardan bezgan o'qituvchi nima qiladi? «Bor-e...» deb, beparvo bo'ladi-qoladi. Bundan kim yutqazadi? Albatta, jamiyat!


Tan olish kerak, o'qituvchilar orasida institutni «karidor»da o'qib, tugatganlar ham «achib yotibdi». Bu achchiq haqiqat, ya'ni o'qituvchilarning bilimsizligi, savodi va saviyasi haminqadarligi ayrim dars jarayonlaridan tasvirga olinib, internetga joylanayotgan lavhalarda ham yaqqol ko'zga tashlanyapti. Bir qarashda kulgili tuyulgan bu tasvirlarni ko'rib, ko'pchilik rosa «qotyapti». Yo'q, aslida, kuyish kerak, kuyish...


Bundan bir necha yil burun Andijon viloyatining Marhamat tumanida o'tkazilgan bir «tadbir» internetni «portlatib», ta'limga oid «poyga»da «uloqni ilib ketgandi». O'shanda mutasaddi va mas'ullarning «marhamati» bilan o'qituvchilar doskaga, yo'g'-e, sahnaga chiqib, (o'quvchilarning o'qishga kirish darajasi pastligi uchun) ota-onalardan uzr so'rashgan edi.


Ochig'i, o'sha uzr so'rash «pandemiyasi»ning Marhamatdagi ko'rinishi bu – illyuziya! Afsuski, bu holat boshqa bir hududda, boshqa bir tumanda, boshqa bir maktabda ham kuzatilishi mumkin edi. Сhunki...


Biz – boshqachamiz...


Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiyada iqtisodiy tanglik kuzatiladi. Zo'rg'a kun ko'rayotgan odamlar soliqlarni to'lashmaydi. Shunda hukumat bu og'ir vaziyatdan chiqish, bo'shab qolgan byudjetni shakllantirish uchun antiqa yo'l tutadi. Hukumat qarori bilan maktabga ko'z ko'rib, quloq eshitmagan vakolat beriladi, ya'ni soliqlarni to'lamagan kishilarning farzandlari maktabga qo'yilmaydi. Qachonki, ota-ona to'lovlar to'langani to'g'risidagi «kvitantsiya»ni maktab ma'muriyatiga taqdim etsagina, farzandi o'qishga qabul qilinadi yoki sinfdan sinfga o'tkaziladi. Bu yondashuv tezda o'z samarasini beradi. Yaponlar bolalarini o'qitish uchun tish kavagida asralgan narsalardan ham voz kechishadi.


Endi tasavvur qiling: bizda ham shunga o'xshash «yangilik» joriy qilinsa, nima bo'ladi? Menimcha, maktab­lar huvillab qoladi. U-bu narsasini sotib bo'lsa-da, soliqlarni to'lab, farzandini maktabga jo'natish o'rniga «Nima... yaxshi bo'libdi, bor, molingni boq», «Aravangni tort...», «Ishingni qil...» deguvchi ota-onalar xamma joyda topiladi. Topilganda qandoq!


Oramizda shunday ota-onalar borki, ular dars qilayotgan dilbandi bilan birga shug'ullanish o'rniga unga bir dunyo ish buyuradi. Yoki bahorda ekin ekish, kuzda hosilni yig'ishtirish mavsumida bolasini maktabga jo'natmasdan, mardikorlikka chiqaradigan ota-onalar yo'qmi? Bor!


Agar yaqinda joriy etilgan yangi amaliyot bo'yicha Milliy gvardiya vakillari kuzda yoki bahorda maktablardagi davomatni tekshirishsa, menimcha, haqiqiy manzara namoyon bo'ladi. O'zi shu Milliy gvardiyaning maktabga «qo'shin kiritishi» haqida ko'p fikr-mulohazalar bildirish mumkin. Bu – alohida mavzu!


Xullas, fadzandining kelajagiga befarq qaraydiganlar bor ekan, o'quvchilarning bilim darajasi va davomat masalasida bechora o'qituvchilar aybsiz aybdor bo'lib qolaveradi. Aslida, bolasini mavsumiy ishlarga jo'natadigan ota-onalarning barchasini ham butkul qoralab bo'lmaydi, ularga ham qiyin. Ular imkonsizlikdan, ilojsizlikdan shunday yo'l tutishadi.


Ta'lim haqida Yaponiyadan yana bir misol: Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatni oyoqqa turg'azish uchun bilimdon va yetuk kadrlarga ehtiyoj seziladi. Yaponiya imperatori hukumatdagi mulozimlarni yoniga chorlab, mamlakat bo'yicha eng iqtidorli yoshlardan 400 nafarini tanlab olishni va ularni xorijdagi nufuzli oliy o'quv yurtlariga o'qishga yuborishni, bu jarayonda hech qanday tanish-bilishchilikka yo'l qo'ymaslikni tayinlaydi. Shunday qilib, turli fanlar bo'yi­­cha eng iqtidorli bolalar bir necha bosqichdan iborat imtihonlar asosida saralab olinadi. Har xil sohalar bo'yi­­cha xorijga o'qishga yuborilayotgan yoshlarni shaxsan imperatorning o'zi qabul qilib, ulardan yaxshi o'qib-o'rganishni, chet eldagi shart-sharoitlar Yaponiyadagidan zo'r bo'lsa-da, bunga e'tibor bermasdan, yurtga qaytib kelishni va bor bilim-tajribalarini mamlakat taraqqiyoti uchun sarflashni so'raydi.


Ma'lum muddatdan so'ng, o'sha 400 nafar talabadan birortasi ham xorijda qolib ketmaydi, hammasi qaytadi. Buni yurtga sadoqat deydilar!


Yillar o'tadi... Keyinchalik e'tirof etilishicha, kunchiqar yurtni dunyo tan olgan davlatga aylantirish kontseptsiyasi 4 ta «ustun»dan iborat bo'lgan ekan. Va aynan o'sha 400 nafar kadr 4 ta ustunning biri bo'ladi.


Bizda ham bir vaqtlar «Umid» jamg'armasi tashkil etilgandi. Yoshlarimiz ezgu maqsad-niyatlar bilan dunyo­dagi eng ilg'or mamlakatlarga davlat hisobidan o'qishga yuborilgandi. Lekin ularning hammasi vatanga qaytmadi-ku! Aynan shu qaytmaslik loyihaning to'xtatilishiga sabab bo'lmadimi? Ma'lumot uchun: «Umid» jamg'armasi ko'magida 1997-2003 yillar davomida ­dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalari (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Kanada, Italiya)ning bakalavriat va magistratura ta'lim yo'nalishlarida jami bo'lib, 828 nafar istiqbolli yoshlar tahsil olgan.


Agar taqqoslaydigan bo'lsak, bizda chetda o'qiganlar soni yaponlarga nisbatan ikki baravar ko'p. Ammo natija?..


Darvoqe, yurtdoshlarimiz orasida turli xorijiy grantlarni yutib, o'zlari harakat va xarajat qilib, xorijda tahsil olganlar ham, malakasini oshirganlar ham ko'p. Inchunin, qaytmaganlar ham...


Xo'sh, qaytmaslikka sabab nima? Albatta, ish, taqsimot, munosabat, maosh masalasi va ayrim «toifa»lar...


«Toifa»


Ta'limdagi kadrlarni uch toifaga bo'lish mumkin. Birinchisi – bilimli, salohiyatli; ikkinchisi – kimningdir kimi; uchinchisi – «ko'kat»ning quvvati bilan yurganlar.


Afsuski, tizimda ikkinchi va uchinchi toi­fadagi kimsalar ham yo'q emas. Uzoq va yaqin yillarda sohada shunday «ish»lar kuzatildiki, ularni ko'rib, yoqa ushlaysan, kishi. O'qishni bitirib, mehnat faoliya­tini bosh­laganiga bor-yo'g'i ikki-uch yil bo'lgan xodimning «bir dumalab» maktab direktori bo'lib qolishi yoki uzoq yillar maktabda ishlamasdan, «Damas»da kirakashlik qilib yurgan sobiq o'qituvchining tuman xalq ta'limi bo'limiga mudir bo'lishi nimani anglatadi? Yoki ishi, faoliyati umuman qoniqarsiz deb topilib, hisobot yig'ilishida mudirdan gap eshitib, hamkasblari (maktab direktorlari) oldida izza bo'lgan rahbarning ertasi kuniyoq boshqa maktab jamoasiga direktor sifatida tanishtirilishi – bu nima? Bu – yashasin, tanish-bilishchilik, bor bo'lsin, korruptsiya degani!


Ta'limda yana shunday toifadagi kishilar borki, ular uchun xalq ta'limi – «etti xazina»ning biri. Men bir mudirani bilardim. U maktablarga ta'lim sifatini oshirish, shart-sharoitlarni yaxshilash uchun emas, ko'proq «yig'-yig'», «ber-ber» uchun borardi. U ulug' dargohlardan pullashga arziydigan narsalarni olib ketishga shu darajada «astoydil» harakat qilardiki, kerak bo'lsa, buzib-uzib olib ketardi.


Men yana bir maktab direktorini bilaman. U o'qituvchilarga (bildirmasdan) mukofot pullari yozib, «yutib yuborgan». Eng qizig'i, bu holatdan ta'lim mudiri xabardor. Ammo direktor bir yildan beri bemalol ishlab yuribdi. Taajjub...


Ma'lumki, har yili ta'lim sifatini yaxshilash, sohani rivojlantirish uchun byudjetdan juda-juda katta miqdorda mablag' ajratiladi. Afsuski, bu mablag' to'liq maqsadli va manzilli ishlatilmayapti. Milliardlarni o'marish, o'zlashtirish bor. Ta'lim vazirligi korruptsiyaga botgan tashkilotlar ro'yxatida «kuchli beshlik»ka kirgani bejiz emas, albatta.


Savodli savodsizlar


Bir vaqtlar oddiy qishloq maktabini bitirganlarga ham Rossiya yoki bosh­­qa davlatlardagi oliy o'quv yurtlariga kirish chikora edi. Сhunki ular bilimli bo'lishgan. Ularga haqiqiy bilimdonlar, o'z kasbining fidoyilari dars berishgan. Bugun-chi?


Bugun maktablarda bilimsizlik borligi bor gap. O'z ustida ishlaydigan o'qituvchilar kam. Qog'ozbozlik ko'p, tadbirbozlik ko'p. O'yinqaroq o'quvchilar uchun kim darsni bo'sh o'tsa, kim talabchan bo'lmasa, o'sha – eng zo'r muallim.


Bilimli, salohiyatli o'qituvchilar hamma joyda hurmat va e'tiborga loyiq. Lekin, afsuski, ular ham ustozlikka noloyiq, «alifni kaltak» deydigan «pedagog»larni ko'rib, ko'p narsaga ko'z yumishi, bamaylixotir yurishi mumkin.


Xo'sh, maktablardan savodli savodsizlar nega bu darajada ko'p chiqyapti? Bunga asosiy sabablardan biri shuki, o'qituvchi dars o'tayotganda uning fikr-xayoli darsda emas, ko'proq uy-ro'zg'or tashvishlarida bo'ladi. Сhunki maosh bo'sh qopni tik turg'azishga yetmaydi. Muallimlarda esa bo'sh qoplar ko'p...


Endi o'zingiz ayting, darsdan chiqib, kirakashlik yoki mol bozorda dallollik qilayotgan o'qituvchilardan nimani kutish mumkin?! Yoki bo'lmasa, olti oylik (pullik) kurs­larda o'qib, mutaxassisligini o'zgartirgan muallimlardan-chi?..


Maktabda o'quvchi ayniqsa, o'qituvchi ko'p chalg'iyapti. Ya'ni ta'lim keraksiz darajada keragidan ortiq isloh qilindi va qilinmoqda: turli dasturlar ishlab chiqildi, darsliklar nomigagina yangilanib, har ikki-uch yilda qayta nashr qilinaverdi, millat uchun eng kerakli fanlar – tarix, ona tili va adabiyot dars­lari qisqartirildi...


Qiziq, qachongacha o'qituvchilar islohotlar qurboni bo'lishadi?


Erkaklar kam maktab...


Agar eslasangiz, Marhamatdagi maktabda ota-onalardan uzr so'ragan o'qituvchilarning aksariyati xotin-qizlar edi.


Ha, maktablarda erkak o'qituvchilar kam, ayniqsa, shaharda! Nega erkaklar maktabdan qochishyapti? Oliy o'quv yurtini tugatib, o'qituvchilik qilmasdan yurganlar ham kam emas. Biri maosh kamligi, biri maktabdagi muhitdan ko'ngli to'lmagani, boshqasi esa ayol rahbarning qo'lida ishlash yoqmagani uchun maktabdan narida yuribdi.


Xo'sh, keyingi o'ttiz yilda pedagogika oliy o'quv yurtlarini bitirgan erkak mutaxassislarning necha foizi maktabda ishlaydi? Shunday tahlil, ma'lumot bormi o'zi?


Ayollar tabiatan ko'ngilchan bo'lishadi. Agar maktablarda erkak o'qituvchilar qancha ko'p bo'lsa, bu – ta'limga ham, tarbiyaga ham, va albatta, muhitga ham ta'sir qiladi.


Biz ta'limga mas'ul o'qituvchilardan tarbiya masalasida ham ko'p narsani talab qilyapmiz. Aslida esa, tarbiya oiladan boshlanadi. Xulqi, ruhiya­­ti uyida o'zgargan o'quvchini maktabda tarbiyalash mushkul, «qush uyasida ko'rganini qiladi».


To'rga chiqing, muallim!


Ijtimoiy tarmoqda «Qishloqlik o'qituvchi» degan ancha mashhur profil bor. Uning egasi ta'limga, maktab hayotiga oid bir dunyo muammolarni birda kinoya, birda hazil bilan bayon qilib turadi. Uning kulib-kuyinib yozganlari ko'pchilik uchun tanish holat, ya'ni ayni haqiqat!


Hech ahamiyat berganmisiz, joriy qilinayotgan shuncha o'zgarishlar va yangiliklarga qaramasdan, tizimda holat o'zgarmayapti, aksincha, «holat»lar ko'paymoqda. Nega?


Ko'p joylarda zamonaviy maktablar qurildi, shart-sharoitlar, imkoniyatlar o'zgardi, bu yaxshi, ammo, afsus­ki maktabda bilim berish o'zgarmadi. Nimaga?


Ta'lim tizimida shunday tizim yaratish kerakki, toki ishlaydigan tizim bo'lsin!


O'qituvchining hurmati, nufuzi qachon oshadi? Qachonki, davlat va jamiyat uni hurmat qilsa, nufuzini oshirsa!


O'qituvchilik eng nufuzli kasblardan biriga aylangan mamlakatlarga bir qarang, ular qanchalar taraqqiy etgan. Bunga misollar juda ko'p va bu ko'p narsani anglatadi...


Alijon ABDURAHMONOV
«Ishonch»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1834 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1895 13:54 | 18.11.2023