“Oq zahar“ yoki tuz haqida nimalarni bilamiz
Nima uchun tuz “oq zahar” deb ataladi, Shunday bo'lishiga qaramay, u tirik organizm uchun juda muhim ekanligini ham unutmasligimiz kerak.
Oziq-ovqat tuzi hammaga tanish mahsulot.
Aslida, tuz nima uchun kerak?
Osh tuzi (natriy xlorid) – natriy yetkazib beruvchi bo'lib, suv-tuz balansi va osmotik qon bosimini tartibga solishda, nerv impul'slarini uzatishda ishtirok etadi.
Shuningdek, bir qator muhim mikroelementlarni o'z ichiga oladi: magniy, yod, kal'tsiy, marganets, temir, kobal't.
Tuz yetishmasligi suvsizlanishga, «yomon» xolesterin darajasining oshishiga, diabetning rivojlanishiga va yurak yetishmovchiligidan erta o'limga olib kelishi mumkin.
Tuz yetishmasligi oqibatida quyidagi alomatlar seziladi:
• kamquvvatlik;
• bosh aylanishi;
• ko'ngil aynishi;
• muskular og'rishi.
Tuzdan butunlay voz kechish davolanishning bir qismi sifatida mumkin va faqat shifokor nazorati ostida amalga oshiriladi.
Tuzning kunlik iste'moli
JSST katta yoshlilar uchun natriy xloridning kunlik ehtiyoji – 5 g. (choy qoshiq), bu 2 g. natriy deb hisoblaydi. G'arb dietologlari norma chegaralarini 4-6 g.gacha ko'paytirdilar.
Belgilangan miqdorga yarim tayyor mahsulotlar, konservalar, souslar, chiplar va boshqa tayyor mahsulotlar tarkibidagi tuz kiradi.
Fast-fud restoraniga tashrif buyurib, bir o'tirishda tuzli idishga tegmasdan kunlik tuz iste'molini to'ldirishingiz mumkin.
Afsuski, xalqaro tibbiyot tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, butun dunyo bo'ylab bu me'yor ikki baravar oshib ketgan, bu esa kasallanishning ayanchli statistikasini keltirib chiqaradi.
Tuzni ortiqcha iste'mol qilishning zarari
Birinchi navbatda yurak-qon tomir patologiyalarini rivojlanish xavfi mavjud.
Natriy ionlari suvni bog'laydi va yurak uchun qonni tomirlar orqali haydashini qiyinlashtiradi. Shu sababli qon bosimi ko'tariladi, shish paydo bo'ladi, qon aylanishi buziladi, bu yurak hurujiga olib keladi.
Ko'rish organlari va buyraklar ortiqcha tuzdan aziyat chekadi, tana vazni ko'payadi, suyaklar mo'rt bo'ladi va onkologik xastaliklar (ayniqsa, oshqozon) xavfi ortadi.
Nima uchun u “oq zahari hisoblanadi?
Tuz haqli ravishda zahar hisoblanadi, ammo uning barcha turlari emas. Ishlab chiqarish texnologiyasi hal qiluvchi rol' o'ynaydi.
• Tuz yuqori haroratda qayta ishlanganda kamroq foydali bo'ladi: struktura o'zgaradi, ko'pchilik mikroelementlar yo'qoladi.
• Tuzning ikkinchi jihati xom ashyoni maxsus qo'shimchalar bilan boyitishdir. Oziq-ovqat tuzining tosh bo'lagiga aylanishiga yo'l qo'ymaslik uchun uni qayta ishlashda kristallarning bir-biriga yopishib qolishiga yo'l qo'ymaslik uchun moddalar qo'llaniladi.
Bir paytlar foydali deb hisoblangan dengiz tuzi okeanlarning global ifloslanishi tufayli o'z o'rnini yo'qotmoqda.
Bugungi kunda supermarketlarda siz bir xil xususiyatlarga ega bo'lmagan turli xil tuzlarni topishingiz mumkin.
Eng foydalilari minimal ishlov berishdan o'tadigan va ekologik toza konlardan olinadiganlardir.
Aksariyat iste'molchilar mahalliy osh tuzi bilan kifoyalanadilar.
Muhimi, osh tuzini oqilona ishlatish, undan me'yorida foydalanish zarardan ko'ra ko'proq foyda keltirishini unutmasligimiz kerak.
Anvarjon HALIMOV tayyorladi
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0