Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+20c

  • Hozir

    +20 C

  • 05:00

    +19 C

  • 06:00

    +19 C

  • 07:00

    +21 C

  • 08:00

    +25 C

  • 09:00

    +28 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +31 C

  • 16:00

    +31 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 08-May

+20C

  • Hozir

    +20 C

  • 05:00

    +19 C

  • 06:00

    +19 C

  • 07:00

    +21 C

  • 08:00

    +25 C

  • 09:00

    +28 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +31 C

  • 16:00

    +31 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • Payshanba, 08

    +20 +20

  • Juma, 09

    +19 +20

  • Shanba, 10

    +15 +20

  • Yakshanba, 11

    +15 +20

  • Dushanba, 12

    +15 +20

  • Seshanba, 13

    +16 +20

  • Chorshanba, 14

    +17 +20

  • Payshanba, 15

    +17 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bosqinchiga tiz cho'kmagan Qurbonjon dodxoh kim bo'lgan?

Oloy malikasi jasorati Sankt-Peterburgdagi imperator saroyini qalqitgandi. Imperialistik tuzum nazdidagi “qoloq Osiyo”ning “haq huquqsiz” ayoli poyida yukingan Сhor Rossiyasi generali, yuzma-yuz jangdagi sharmandalikdan sulh orqali qutilib qolgani ham tarixiy haqiqat.
Kolumnistlar
1210 10:17 | 14.03.2024 10:17

Qo'qonlik kelinchak tarix sahnida paydo bo'ldi



Tarixiy manbalarda Qo'qon xonligi vaziri Olimbek dodxoh Qashqar safaridan qaytishda O'sh yaqindagi Modi qishlog'ida bu ayolni uchratib, o'ziga rafiqa sifatida tanlagani aytiladi. Xon saroyiga olib kelingan kelinchak Nodirabegim, Uvaysiy kabi o'z davrining mumtozlaridan saboq, tarbiya oladi, dunyoqarashi shakllanadi. Fisqu-fasod urchigan saroy muhitida pishgan. Andijonni boshqarib turgan Olimbek dodxohning hokimiyat uchun kurashlarda saroy fitnasi natijasida halok bo'lganidan so'ng bir muddat Andijonga hokimlik ham qiladi. Ammo muhit, ichki kurash, fitna va amaldorlardagi beoqibatlik sabab 7 nafar farzandini (5 o'g'il, 2 qiz) olib o'zi tug'ilib o'sgan ovulga qaytgan. Unda tashkilotchilik, odamlarni boshqara olishdagi iste'dodi balqib turgan.





Jilovning qo'lga olinishi



El-yurt hurmatiga erishgan, mard va jasur ayol Buxoro amiri Muzaffarxon tomonidan dodxoh unvoniga sazavor bo'ladi. Amir ko'magida Qo'qon taxtini egallagan Xudoyorxon esa Qurbonjon dodxohni Oloy vohasining hokimi etib tayinlaydi. Tashqi siyosat bobida ham Qurbonjon dodxoh anchayin iste'dod sohibasi sifatida tanilgan. Xususan, Qashqardagi Yettishahar uyg'ur davlati hukumdori Yoqubbek bilan yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini o'rnatgan. Qalqib turgan zamon, Сhor Rossiyasi mustamlakachilik siyosati va xonlikdagi chirish Oloy malikasini ham qo'liga qurol tutishga majbur etgandi. “Po'latxon” qo'zg'oloni maqomida tarixga muhrlangan tengsiz mahorabaga Qurbonjon dodxoh ham qo'shiladi. Сhor Rossiyasi armiyasi tomonidan “Po'latxon” qo'zg'oloni bostirilganidan so'ng ham Qurbonjon dodxoh va o'g'illari boshchiligida Oloy vohasida istiqomat qilayotgan o'zbek va qirg'izlar kurashni mardonavor davom ettirishadi.


Turkiston general gubernatori Fon Kaufman Oloy vohasidagi qo'zg'olonni bostirishga shafqatsizligi bilan dong chiqargan general Skobelevni yo'llaydi. Qariyb bir yil davom etgan urushdan bosqinchi armiya jiddiy talofat ko'radi. Qurbonjon dodxoh va uning farzandlari bosqinchilarga qarshi ayovsiz kurashgan. Kuchlar teng kelmasligi “ajdahoni” yengish mushkul ekanligini tushungan holda maydonni tark etmagan. Oxir oqibatda Farg'ona viloyati harbiy gubernatori Skobelev O'sh uezdi hokimi P. P. Ionov vositachiligida Qurbonjon dodxoh bilan aloqa bog'lagan. General va Oloy malikasining yuzma-yuz uchrashuvida tinchlik sulhi tuziladi.


Erk, ozodlik uchun kurashgan jasur ayol jasorati manguga aylandi. Uning nomi O'sh va Farg'onada abadiylashtirilgan.



Oloy malikasining ibrat jihati



Garchand u haqida ko'p aytilib, yozilgan bo'lsada jasorati ma'nosi kengayaveradi. Momolarimiz “Gender tenglik” deya olamga jar solib, dunyoga saboq berishga intilayotgan Ovro'podan ancha oldin uyg'ongani ham bor gap. Oloy malikasi kabi yuzlab ayollar jang maydonida javlon urishgani ham tarixiy haqiqatdir. Erk, yurt sha'ni uchun ot egarlagan ayollar oz emas.



Nurilla Shamsiev



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 1321 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 1444 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar