Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 931.94-8.17

  • EUR

    14 107.4551.9

  • RUB

    150.184.56

+6C

+6C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+6c

  • Hozir

    +6 C

  • 08:00

    +6 C

  • 09:00

    +8 C

  • 10:00

    +10 C

  • 11:00

    +12 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +17 C

  • 15:00

    +18 C

  • 16:00

    +18 C

  • 17:00

    +18 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +15 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +11 C

  • 22:00

    +10 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 12-March

+6C

  • Hozir

    +6 C

  • 08:00

    +6 C

  • 09:00

    +8 C

  • 10:00

    +10 C

  • 11:00

    +12 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +17 C

  • 15:00

    +18 C

  • 16:00

    +18 C

  • 17:00

    +18 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +15 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +11 C

  • 22:00

    +10 C

  • 23:00

    +10 C

  • Chorshanba, 12

    +6 +20

  • Payshanba, 13

    +5 +20

  • Juma, 14

    +6 +20

  • Shanba, 15

    +5 +20

  • Yakshanba, 16

    +4 +20

  • Dushanba, 17

    +6 +20

  • Seshanba, 18

    +9 +20

  • Chorshanba, 19

    +9 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Buxoroning adolatli amiri

Tarixdan saboq olish o'tmishdagi xatolardan xulosa chiqarish uchun kerak. Tarixdagi hukmdorlar orasida shaxsiy hayoti, davlat boshqaruvidagi islohotlari bilan keyingi davr hukmdorlari va bugungi kun boshqaruvchilari uchun ham o'rnak bo'la oladigan shaxslar yetarlicha topiladi.
Kolumnistlar
1306 13:57 | 28.12.2024 13:57

Ulardan biri yaqin tariximizda Buxoro amirligi hukmdori bo'lgan amir Shohmuroddir. XIX asrning mashhur tarixchi olimi, mang'it hukmdorlariga nisbatan tanqidiy yondashgan Ahmad Donish hukmdor Shohmurod haqida “zero, uni ikkinchi Umar deb ham atasalar arziydi”, deya baho bergan edi. Rus sharqshunosi N.Ostroumov Shohmurodga quyidagicha ta'rif beradi:


“Shohmurod xazinadan faqatgina o'z xizmati uchun qancha haq berilsa, shuncha olgan, bu o'sha davr Rus pulida bir kunga 40 tiyinni tashkil qilgan. O'zini va oilasining kamtarona xarajatlarini esa shaxsiy mehnati bilan qoplagan. Bir kuni u moliyaviy qiyinchilikka uchraganda, bitta-yu bitta po'stinini sottiradi, u kiyilaverib shunchalik titilib ketgan ediki, unga atiga 35 tiyin beriladi. Bunday misollar mahalliy xalq orasida juda kam bo'lsa-da uchraydi”.


1794 yil Buxoroga kelgan Rossiya elchisi T.Burnashev esa Buxoro amiri Shohmurod saroyida zarracha dabdaba yo'q edi. Faqat ikkita xotini bo'lib, kun kechirishlari uchun nihoyatda kam pul xarj qilinardi. Shu sababli ular tinimsiz turli qo'l mehnati bilan mashg'ul bo'lardi va tirikchiligi shundan edi. U hech kimnikidan farq qilmaydigan oddiy kiyim kiyardi. Uning odatiy ovqati non va suv edi. Xalq unga alohida ehtirom bilan munosabatda bo'lardi. Uni Muhammad (s.a.v) shariatiga haqiqiy amal qiluvchi va hatto avliyo darajasida bilishardi. 1785 yilda Shohmurod taxtga o'tirgach, hokimiyat ancha mustahkamlanadi. U otasi Doniyolbiy davrida davlat idorasi tepasiga chiqqan yuqori lavozimlardagi amaldorlarni xalqqa zulm o'tkazganliklari va soliqlarni haddan oshirganliklari uchun qatl ettiradi.


U qozilik ishlarini tartibga soladi. Shohmurod davrida agar qonunga xilof ish qilinsa, xo'jayin ustidan qoziga arz qilish, hatto qul ham bu borada murojaat qilishi mumkin bo'ldi. Ko'p hollarda qozilik jarayonida amirning o'zi ham ishtirok etib borgan. Shohmurod kamtarona hayot kechirgan; o'zi uchun kundalik xarajati bir tangadan oshmagan, yeb-ichishi va kiyinishi oddiy bo'lgan, biron-bir amaldorning uyiga ziyofatga bormagan, o'z sharafiga turli dabdabali tadbirlar uyushtirilishiga yo'l qo'ymagan.


Ma'lumotlarda yozilishicha, u pichoqqa qin yasab tirikchilik qilardi va xukmdorlik yillari o'g'rilik, qaroqchilik, bosqinchilikka qarshi qat'iy chora-tadbirlar ko'rdi. Shuningdek, suv inshootlarini ta'mirlashga alohida e'tibor qaratdi va harbiy sohada ma'lum bir o'zgarishlar qildi. Ahmad Donish “Risola yoxud Mang'itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” asarida Shohmurodning shaxsiy hayoti va fe'l-atvori haqida ba'zi ma'lumotlarni keltirib o'tadi, xususan, unda yozilishicha, Amir Shohmurod ramazon kunlaridan birida xarajatga mutasaddi vakiliga “bugun ramazon oqshomida ko'nglim palov istayapti. Xazinadan mening xarjimga beriladigan qismidan ol. Yetmasa qarz olib, iftorga bir tovoq osh tayyorla” deya buyruq berdi. Oshni shomga tayyor qilishdi. Amir atrofdagilari bilan qizg'in suhbat qurar ekan, birdan “borib, madrasadan to'rt nafar qashshoq talabani keltiringlar” deb buyurdi. Mutasaddilar buyruqni bajarib, talabalarni keltirdilar. Xukmdor talabalarga qarata: “Bu osh tamom bo'lguncha yeysizlar, qolmasin shunda, yana xazinadan bir dinordan beraman. Agar oshni orttirib qoldirsanglar, tillo ham yo'q" dedi. Talabalar oshni ishtaha bilan tanovul qilishdi. Amir hazratlari bu vaqt mobaynida o'tirib tasbeh o'girish bilan mashg'ul bo'ldi. Keyin buyurdiki: “Ular(talabalar)ga bir dinordan beringlar, ramazon oyida iftorlikka sarflasinlar" dedi.


Xulosa qilib aytganda, adolat so'zdan amalga ko'chsa, xalq hayotining yaxshilanishiga sabab bo'ladi. Yo'qsa, adolat va razolat bir bo'lib qolaveradi. Tarixni tanqidiy ko'z bilan o'rganishimiz kerak, shu bilan birga, ajdodlarimiz xatolaridan xulosa chiqarib, yaxshi ishlaridan o'rnak olishimiz darkor.


Yunusjon Asatov,
Jizzax Davlat pedagogika universiteti
tarix fakul'teti talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
5/5

2

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (2)

Усмонхон

20:44 | 28.12.2024

Офарин. Мақола учун ташаккур. Аллоҳ Сиздан рози бўлсин. Мурувватни ҳам, ибратни ҳам ва зулмни билгувчи ягона Аллоҳдир. Бу мақолангиз, амалдорларга ва пулдорларга, ажабмас, асқотса...

Расулов Бекзод.

00:01 | 01.01.2025

Яхши

Maqolaga baho bering
5/5

2

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 1115 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 1265 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar