Xodim maoshini oldindan olishi mumkinmi?
— Farzandim yoki o'zimning kontraktimni to'lash uchun kelajakdagi ish haqimni oldindan olishim mumkinmi?
Shoira Hakimova, Toshkent shahri
Ushbu savolga mehnat huquqi bo'yicha mutaxassis Muhammadamin KARIMJONOV javob beradi.
— Ha, mumkin. Agar so'ralgan pul miqdori bir oylik ish haqi miqdoridan oshmasa, uni “avans” to'lovi sifatida berish mumkin.
So'ralgan pul miqdori bir oylik ish haqi miqdoridan ortiq bo'lsa, u qarz sifatida baholanadi.
Buni ikki shaklda rasmiylashtirish mumkin:
1) Xodim kelajakda qaytarish sharti bilan ma'lum miqdorda mablag' so'rab ariza yozadi, – “kelgusi maosh hisobidan” iborasi shu ma'noni anglatadi. Ish beruvchi esa kerakli miqdordagi mablag'ni berishga buyruq chiqaradi;
2) Ish beruvchi va xodim o'rtasida Fuqarolik kodeksi 732–742-moddalariga ko'ra qarz shartnomasi tuziladi.
FK 732-moddasiga (Qarz shartnomasi) ko'ra, qarz shartnomasi bo'yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo'la yoki bo'lib-bo'lib, o'shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0