Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+7C

+7C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+7c

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+7C

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • Chorshanba, 27

    +7 +20

  • Payshanba, 28

    +10 +20

  • Juma, 29

    +8 +20

  • Shanba, 30

    +6 +20

  • Yakshanba, 01

    +4 +20

  • Dushanba, 02

    +4 +20

  • Seshanba, 03

    +3 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Eynshteyn va da Vinchidan ham aqlliroq: Ginnesni zabt etgan ayol

Merilin vos Savant nomi ko'pchilikka notanish. Har holda Albert Eynshteyn, Leonardo da Vinchi yoki Dmitriy Mendeleev kabi olimlar undan ko'ra bizga ancha tanish va mashhur. Bu ayol IQ darajasi bo'yicha hatto britaniyalik fizik-teoretik Stiven Xokingni ham ortda qoldirishga muvaffaq bo'lgan edi. Quyida IQ shkalasi bo'yicha 224 ball to'plab Ginnesning rekordlar kitobiga kirishga muvaffaq bo'lgan aqlli ayol – Merilin vos Savantning hayot yo'li bilan tanishamiz.
Kolumnistlar
414 12:39 | 19.06.2024 12:39

Otasi italiyalik, onasi esa germaniyalik bo'lgan vos Savant 1946 yilda AQShning Missuri shtati Sent-Luis shahrida tug'ilgan. Uning ilg'or aqliy qobiliyatlari yoshligidanoq namoyon bo'ldi. Bunda ayrimlar gen omilining ham hissasi borligiga ishonadi, chunki vos Savant taniqli fizik va faylasuf Ernst Maxning avlodi sanaladi. Merilin bolaligidanoq raqamlar va algoritmlarning murakkab dunyosi bilan tanishgan. Qiz otasiga tez-tez investitsiya biznesida yordam berdi va kechqurunlari onasi bilan klassik adabiyotni o'qib-o'rgandi. 14 yoshida vunderkind qizaloq rivojlanishda tengdoshlaridan oldinda edi va o'rta maktab o'quv dasturini allaqachon o'zlashtirgan edi. Shu bilan birga, Savant mahalliy gazetada maqolalar chop qilishni boshladi, lekin u buni yashirincha – taxallus ostida amalga oshirdi. Umuman olganda, Merilin hech qachon o'zining ustunligi bilan maqtanmagan. Keyinchalik ayol ota-onalar farzandlarida intellektual mehnatga muhabbatni imkon qadar erta singdirishlari kerakligini aytgandi.


Samarali o'tgan bolalik Savantga yorqin kelajakni taqdim etdi. Merilin osongina Sent-Luisdagi Vashington universitetiga (o'sha paytdagi eng yaxshi oliygohlardan biri) o'qishga kirdi va keyin N'yu-Yorkka ko'chib o'tdi. U yerda qiz yirik jurnalga ishga joylashdi, uning zimmasiga intellektual mavzudagi ruknlarni tayyorlash topshirildi. Jurnalist bu vazifani a'lo darajada bajardi – bir necha oy o'tgach, muallifning IQ viktorinalari nashr auditoriyasini bir necha bor oshirdi.


Tahririyat jamoasi ham o'z hamkasbining o'tkir aqliga e'tibor qaratdi va dastlab hazil aralash IQ testini topshirishni taklif qildi. O'sha vaqtga kelib, Merilin allaqachon bunga o'xshash sinovlardan o'tib ko'rgandi. Savant o'zining birinchi sinovini 10 yoshida topshirdi. Natija o'ta hayratlanarli bo'ldi – 228 ball! Aytgancha, kattalarning o'rtacha IQ ko'rsatkichi odatda 115 dan oshmaydi. Shubhasiz, imtihon topshiruvchilar ko'zlariga ishonishmadi va testni xato deb hisoblashdi. O'shanda kamtar Merilin tortishishga jur'at eta olmadi va sabr bilan o'zining eng yaxshi vaqtini kutdi.


Va nihoyat o'sha vaqt keldi. Bu safar Savant bolalikdagi voqeani takrorlamaslik uchun Ginnesning rekordlar kitobi qo'mitasiga murojaat qildi. Merilin bir vaqtning o'zida ikkita sinovdan o'tdi: Stenford-Binet va Megatest. Natija komissiyani hayratda qoldirdi – u Stenford shkalasi bo'yicha rekord darajadagi 224 balni to'pladi va sayyoradagi eng aqlli ayolga aylandi. Taqqoslash uchun, Leonardo da Vinchining aql-zakovati 220, Albert Eynshteyn va Stiven Xoking esa 213 balga baholangan. Merilin vos Savant eng yuqori IQ egasi sifatida tarixga kirdi.


Merilinning o'zi aqlni o'lchashga juda shubha bilan qaraydi. U hatto qiyosiy testlarni o'tkazishni noto'g'ri deb hisoblaydi, chunki odamlar hali ham inson miyasi va ongining sirlari haqida juda kam bilishadi.


Ammo ayol sog'lom turmush tarzi va ichki uyg'unlik aqliy qobiliyatlarni sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligiga chin dildan ishonadi. Aqlni o'lchash okeandagi tomchilarni sanashga o'xshaydi, deb tushuntiradi Merilin. Gap shundaki, har qanday IQ testi aqliy qobiliyatlarni faqat qisman aniqlaydi. Bu hech qachon to'liq holatni ko'rsatmaydi, deydi nevrologlar. Rekordchi bu fikrga qo'shiladi. O'zaro suhbatlarda vos Savant bir necha bor insonning cheksiz imkoniyatlarini ramkaga majburlash mumkin emasligini aytdi.


O'shandan so'ng rekordchi yozuvchilikni boshladi. Zamondoshlarning ta'kidlashicha, ilmiy ishlarning muvaffaqiyati nafaqat ayolning iste'dodi, balki uning nomi atrofidagi shon-shuhrat va shov-shuv bilan bog'liq. Shunga qaramay, Merilinning asarlari talabga ega edi va shaxsiy o'sish uchun qo'llanma bo'lib xizmat qildi. Masalan, Brain power (Aql qudrati) kitobida u o'zining miya mashg'ulot dasturini ishlab chiqdi. Savantning ishonchi komilki, bor-yo'g'i bir yillik mashaqqatli mashg'ulotlardan so'ng odam o'zining IQ darajasini oshirishda ajoyib natijalarga erishishi mumkin. “Bilim olish uchun o'rganish kerak, donolikka ega bo'lish uchun esa kuzatish kerak”, deydi yozuvchi ayol.


Merilinning ta'kidlashicha, insonga aqlning 40-60 foizi meros bo'lib qoladi, ya'ni irsiy ta'sir muhim. Uning so'zlariga ko'ra, to'g'ri ovqatlanish tufayli aqliy darajani o'rtacha 20 foizga oshirish mumkin. Merilindan aql nima ekanligini so'rashganda, u shunday javob berdi:


“Aqlning mohiyati turli xurofotlarga berilmasdan, haqiqatni izlash qobiliyatidir. Buning uchun jasorat va hissiy barqarorlik kerak. Meni daho, ziyoli deb bilishadi, chunki voqealarga sovuqqonlik bilan baho beraman, ob'ektiv, muz nigoh zarur. Rassomlik, haykaltaroshlik va boshqa tasviriy san'at – bu ijodkorlik emas, balki faqat his-tuyg'ularning ifodasidir. Intellekt bilan ob'ektiv bog'liq bo'lgan fanlar matematika va yadro fizikasidir.


Merilin faoliyati davomida miyani rivojlanishiga hissa qo'shuvchi kitoblarni yozdi. Ular sirasiga “Merilindan so'rang”, “Jahondagi eng mashhur matematik masala”, “Ulg'ayish: klassik amerikacha bolalik” va boshqalar kiradi.


1986 yildan beri vos Savant Parade jurnalida (AQShdagi eng mashhurlaridan biri) “Merilindan so'rang” ruknini boshqaradi va jurnal o'quvchilarining savollariga javob beradi. Ba'zan uning javoblari bahsli: xususan, uning Monti Xoll paradoksiga yechimi ko'plab matematiklarning tanqidiga sabab bo'ldi. Hatto Merilinning javoblarini tanqid qilishga bag'ishlangan alohida veb-sayt mavjud.


Merilin vos Savant 1987 yilda olim Robert Jarvik bilan turmush qurdi. Uning turmush o'rtog'i ham ilm-fan odami sanaladi. Jarvik 1982 yilda o'zi yaratgan sun'iy yurak haqidagi yangiliklardan keyin mashhur bo'ldi. Yangi yurak birinchi marta 1982 yil 2 dekabrda keksa stomatolog Barni Klarkga implantatsiya qilingan. Keyingi 112 kun ichida u tez-tez kasalxonaga tekshiruvga kelishga majbur bo'ldi, shundan so'ng u vafot etdi. Ikkinchi bemor Uilyam Shreder esa sun'iy yurak bilan naq 620 kun yashadi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 804 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 902 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar