Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 880.35-29.8

  • EUR

    14 535.47-125.3

  • RUB

    156.68-3.1

+17C

+17C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+17c

  • Hozir

    +17 C

  • 05:00

    +17 C

  • 06:00

    +17 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +33 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +32 C

  • 19:00

    +30 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 12-May

+17C

  • Hozir

    +17 C

  • 05:00

    +17 C

  • 06:00

    +17 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +33 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +32 C

  • 19:00

    +30 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +21 C

  • Dushanba, 12

    +17 +20

  • Seshanba, 13

    +18 +20

  • Chorshanba, 14

    +18 +20

  • Payshanba, 15

    +19 +20

  • Juma, 16

    +19 +20

  • Shanba, 17

    +19 +20

  • Yakshanba, 18

    +20 +20

  • Dushanba, 19

    +17 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Paradoks: Jinoyatchilikka qarshi keskin kurash ketayotgan bir davrda jinoyatlar soni ortib bormoqda

O'tgan yili 3 mingdan ortiq bola (314 nafari qiz bola) jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 1602 nafari o'g'rilik, 453 nafari bezorilik va 135 nafari firibgarlik bilan ayblangan.
Jamiyat
469 11:38 | 11.03.2024 11:38


Ularning 744 nafari 13-15, 2 ming 855 nafari esa 16-17 yoshdagilardir. Nomusga tegish va qotillik jinoyatlari ko'rsatkichlari ham o'tgan yillarga nisbatan anchaga ortgan.


Yaqinda statistika agentligi 2023 yilda sodir etilgan jinoyatlar (88 ming 913 nafar shaxs) sonini ochiqladi. Holat shunchaki dahshat – ta'riflashga til ojiz, hatto.


Mana bu raqamlar esa yurt kelajagiga befarq bo'lmagan har qanday kishini yanada qattiq xavotirga solmay qolmaydi: Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatga qo'l urgan shaxslar soni 2022 yilga nisbatan 487 kishiga yoki 15,6 foizga, 2021 yildagidan 1,4 barobarga ko'paygan.


Afsus, bu yo'nalishlarda olib borilayotgan sa'y-harakatlarga qaramay, voyaga yetmagan shaxslar orasida jinoyatchilik tobora ortib bormoqda. Demak, qaerdadir bo'shliq bor. Balki eski qoliplar bo'yicha ish tutayotganimiz, tadbirbozlikdan nariga o'tolmayotganimiz, sabablar qolib, oqibatlar bilan kurashib yotganimiz «hosilasi»dir bu.


Bir ko'z oldingizga keltirib, tasavvur qilib ko'ringga: o'tgan yili 3 mingdan ortiq bola (314 nafari qiz bola) jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 1602 nafari o'g'rilik, 453 nafari bezorilik va 135 nafari firibgarlik bilan ayblangan. Yosh toifasiga ko'ra, ularning 744 nafari 13-15, 2 ming 855 nafari esa 16-17 yoshdagilardir. Tahlillarga ko'ra, nomusga tegish va qotillik jinoyatlari ko'rsatkichlari ham o'tgan yillarga nisbatan anchaga ortgan.


14 yoshning nari-berisidagi o'spirin – Xolmurod (ism-familiyalar o'zgartirilgan) qarovsiz qoldirilgan mashinaning oynasini sindirib, o'g'rilik qilgan. Mana shu qilmishi uning hayotini buzib yubordi.


Otasi tashlab ketgach, bemor onasi bilan yolg'iz qolgan. Aytishicha, onasiga dori olish uchun mashinaning oynasini sindirib, pul olgan. Bir oz muddat qamoqda jazo o'tagan. Voyaga yetmagani, oilaviy ahvoli inobatga olinib, ozod qilingan. Ammo bir qo'shnisi «o'g'ri-o'g'ri» deb yuziga solavergan. Haqoratlar jonidan o'tib ketgach, o'sha qo'shnining uyini tunab yetgan. Oqibatda yana qamoqqa olingan.


– Onamni qiynalayotganini ko'rib, chidab turolmadim, – deya o'sha kunlarni yodga oladi Xolmurod. – Unga yordam berish uchun shu ishni qildim. Ammo volidamga qayishish o'rniga uni battar azobda qoldirdim.


Aslida birinchi marta jazolanganimdayoq o'zim uchun xulosa chiqargan edim. Biroq qo'shnimning ta'na-dashnomlariga bardoshim yetmadi. Qiziqqonlik qildim. Afsus, bu menga battar qimmatga tushdi. Shu tobda faqat onamga achinyapman, xolos. Unga munosib o'g'il bo'lolmaganim ichimni yondiryapti. Har safar meni ko'rishga kelganlarida o'zimni qo'yarga joy topolmayman. Ich-ichimdan zil ketaman. Mushfiq onam kulib tursa-da, qalbi iztirobda, azob-uqubatda, ko'zlarida ulkan dard mujassam… va bunga esa men sababchiman…


Bir bolaga yetti mahalla ota-ona, degan purma'no maqolimiz bor. Lekin mazkur ibora allaqachon o'z qiymatini yo'qotganga o'xshaydi. Yon qo'shnisi tugul, bir pod'ezdda bir-birini tanimaydigan odamlar ham bor. Ayni zamonda birovning bolasini to'g'ri yo'lga boshlab, dakki berib ko'ringchi, ota-onasi «o'z bolangga xo'jayinlik qilasan», deb og'zingizga uradi. Hamsoyasining kichkina aybini surnay qilib chaladigan, yuziga solib, kun bermaydigan qo'shnilar ham istagacha topiladi.


Xullas, qadriyatlar tobora yo'qolib, o'lib borayotgan bir davrni yashab o'tyapmiz. O'zimizni oqlash uchun sabablar yetarli, hatto keragidan ortiq, ammo unutmaslik kerak: aynan sabablar oqibatlarni yetkalab keladi.


O'zaro gap talashish, haqorat ortidan yuzaga kelgan janjalda tengdoshini urib, o'ldirib qo'ygan Maqsud ham jazo muddatini o'tamoqda. Har qancha afsus-nadomat chekmasin, vaqtni orqaga qaytarolmaydi. Hasratiga uncha-muncha odam bardosh berolmaydi. Birovning umid bilan o'stirayotgan bolasini umriga zomin bo'lish, uning tushiga ham kirmagan edi.


Qarshibekning ham hayoti havas qilgudek emas. Ota-onasi avtohalokat tufayli olamdan o'tgach, tog'asi qaramog'iga o'tgan. Yangasining turtkilaverishidan zada bo'lib, uydan qochib ketgan. O'g'irlik qilayotganda qo'lga tushgan...


Taassufki, bu kabi misollarni yana ko'plab keltirish mumkin. Biroq bundan kimga ne foyda?


Ma'lumotlarga ko'ra, yoshlar an'anaviy giyohvandlik moddalaridan voz kechib, psixotrop va kuchli ta'sir etuvchi moddalar, masalan, «tramadol» va yangi paydo bo'lgan «tropikamid» dorilarini iste'mol qilishga ruju qo'ymoqda.


Yana bir og'riqli holat: maktab o'quvchilari orasida sigaret va nos chekadiganlar ko'payib ketgan. Hisob-kitoblarga ko'ra, respublikada 13-15 yoshdagi maktab o'quvchilarining 1,7 foizi tamaki chekadi. Betayin va tarbiyasiz o'quvchilarning o'qituvchiga munosabati esa ijtimoiy tarmoqlarning «bezagi»ga aylanib ulgurdi. Ular orasida hatto ustozga qo'l ko'tarayotganlari ham borligi fojea. Fojeaki, ko'lami keng, zarari butun bir umrga tatigulik…


«Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”. Bu so'zlar bundan qariyb bir asr oldin taniqli ma'rifatparvar olim Abdulla Avloniy tomonidan aytilgan bo'lsa-da, bugungi kunda ham o'z mohiyatini yo'qotmagan – hali-hanuz dolzarb... Zotan, har qanday illatning ildizi tarbiyasizlikka borib taqaladi.


Birovga maslahat berish, vazxonlik qilishdan osoni yo'q, aslida. Jinoyatchilik bo'yicha ko'p va xo'p yozildi, yozilyapti, aytildi, aytilyapti ham. Respublikamizda o'smirlar, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlash, ularni uyushtirish, biron bir kasb-hunarga yo'naltirish, umuman, jinoyachilikning oldini olish uchun yuzlab tashkilotlar faoliyat yuritmoqda, hatto. Biroq natija kutilganidek emas. Сhunki... qayta-qayta aytilaverib, siyqasi chiqib ketgan haqiqat shuki, biz sabablar qolib, oqibatlar bilan kurashamiz, xolos. Bundan bir ish chiqishi esa dargumon...


G'ulomjon Mirahmedov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 608 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 881 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 898 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 9353 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 634 21:55 | 12.10.2024