“Parkovkachi bloger” – “Stoyanka” xodimi bir oyda qancha pul topadi?
ishonch.uzning bugungi qahramoni xalq tili bilan aytganda “parkovkachi”. Biroq shunga qaramay u bo'sh vaqtida ijtimoiy tarmoqda blog yuritadi va allaqachon “Abror parkovka” nomi bilan ko'pchilikka tanish.
Yoshligidan iqtisodchi bo'lishni orzu qilgan Abror Narzullaev ayni paytda Toshkent Menejment va Iqtisodiyot institutining birinchi bosqich talabasi hamdir.
“Asli jizzaxlikman. Toshkentga qarindoshim bilan qurilishda ishlash uchun kelgandim. Yuqoridan shaharning harakatini kuzatardim va katta restoran oldiga mashinalar ko'p kelishini, ammo parkovka xodimi yo'qligini ko'rib, tushib gaplashishga qaror qildim.
Restoran rahbariyati maqsadimni eshitgach, ish boshlashim mumkinligini aytdi va o'sha kundan ya'ni bir yildan beri mashinalarning tartibli kelib ketishini nazorat qilaman. Mehmonlarni kutib olaman. Yigit kishi topgan pulini nima ham qilardi? Jizzaxdagi o'zim ulg'aygan uyni ta'mirladim, singlimni turmushga uzatdim” –deydi video lavhamiz qahramoni.
Feruza Rahimova
Mirnodir Mirakmalov
ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0