Valyuta UZS
  • USD

    12 437.1562.6

  • EUR

    14 480.5755.56

  • RUB

    153.340.21

+32C

+32C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+32c

  • Hozir

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +25 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 05-September

+32C

  • Hozir

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +25 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • Juma, 05

    +32 +20

  • Shanba, 06

    +32 +20

  • Yakshanba, 07

    +31 +20

  • Dushanba, 08

    +29 +20

  • Seshanba, 09

    +30 +20

  • Chorshanba, 10

    +28 +20

  • Payshanba, 11

    +27 +20

  • Juma, 12

    +22 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Samarqanddagi hasham saboq chiqarishga asosmi?

Bir insonning yig'ib-tergani havoga sovurildi. Uni qurib bitirguncha qancha mehnat, sarf-xarajat ketgandi. Bu yo'lda chekilgan zahmatlarni-ku, aytib adog'iga yetish qiyin. Xom sut emgan bandamiz-da. Bu qo'tir ko'nglimiz nimalarni tusamaydi, deysiz!
Kolumnistlar
697 11:17 | 28.07.2025 11:17

To'yda tirik baliqni dasturxonga bezak sifatida tortiq qilishdan tortib, lagan-lagan tillalarni ko'z-ko'z qilishdan huzur-halovat topadigan bo'lib qoldik. Kamiga “mardikor”ni Yaponiyadan yollab “qo'ziqorin” shaklidagi inshootga poydevor ham qo'yvordig-ey. Ammo nega hech kim qandingni ur demayapti, deya hayron bo'layotganimiz ortiqcha. Aynan qonunning g'ashiga tegadigan ishlarga ruju qo'ya boshladik chog'i.


Samarqand tumanidagi Juyisoy mahallasida aytilishi bo'yicha o'n yildan ortiq muddatda qurib bitkazilgan ko'p qavatli bino ozmuncha tortishuvlarga sabab bo'lmadi. Hayhotdek shaharda shuncha yil qurilish talablariga zid bunyodkorlik ishi bajarilsa-yu, to qurib bitkazilgunicha biror-bir mas'ulning ko'zi tushmagan bo'lsa-ya? Axir bitta tovuqqa katak qursang noqonuniy qurilish, deya jarimaga tortadiganlarning ko'zi shuncha yil qayoqqa qaradi? Ko'p muhokama-yu tortishuvlardan so'ng holat bo'yicha Samarqand tumani hokimligi rasmiy munosabati e'lon qilindi.


Unda bayon etilishicha, “Fuqarolik ishlari bo'yicha Toyloq tumanlararo sudining 2022 yil 6 iyuldagi hal qiluv qarori bilan javobgar F.X. tomonidan tumandagi “Juyisoy mahallasi hududida o'ziga tegishli yer maydonida o'zboshimchalik bilan, shaharsozlik me'yorlari qoidalariga zid ravishda hamda “O'zog'irsanoatloyiha” institutining xulosasiga ko'ra zilzilabardoshlik talablariga javob bermaydigan, qurilish osti yer maydoni 160 kv.m.dan iborat 12 qavatli bino (mehmonxona)sini o'z hisobidan buzdirish belgilangan. Mazkur qarorga nisbatan F.X.ning shikoyatlari apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibidagi sudlarida rad etilgan. Qaror ijrosi Majburiy ijro byurosi Samarqand tumani bo'limi tomonidan ijro etilmoqda".


Bunday buzish talabi qo'yilgan inshoot Samarqandda yagona emas. Shaharning Dahbet ko'chasidagi 14 qavatli turar-joy binosiga ham shunday talab qo'yilgandi. Qurilish tashkilotchisiga qonuniy chora ham qo'llanildi. Ammo binoning katta qismida aholi yashab kelayapti.


Qurilishi chala qismiga ham odamlar allaqachon pul to'lab, egalik qilolmasdan kelmoqda. Mana 4-5 yildirki, bu bino na buziladi, na qurilishi davom ettiriladi. Turizm salohiyati kundan kunga gurkirayatgan shahri azim husniga mazkur inshoot choldevori xunuk manzara kasb etayotgani ham bor gap. Ushbu inshoot taqdiri xususida mutasaddilarning chaylanib qolganligini sira tushunib bo'lmayapti.


Nurilla Shamsiev,
Ishonch


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 1720 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 1781 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar